Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.32K subscribers
21K photos
4.35K videos
464 files
9.27K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#2_bosqich
#Xorazm

🔴 Ayni damda Urganch tumanidagi
Bilim va malakalarni baholash agentligi Xorazm viloyati bo‘limi binosida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabining 2-bosqich imtihonlari bo'ib o'tmoqda.

✔️ Talabgor o'quvchilar uchun

matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;

ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.

🕰 Imtihonlar 10:00 da boshlandi.

📸 Jarayondan fotolavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#Xorazm

➡️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Prezident maktablarining 2-bosqich imtihonlari yakunlandi.

📸 Xorazm viloyatida o‘tkazilgan imtihon jarayonlaridan fotolavhalar.

📝 Ro‘yxat bo‘yicha - 480 nafar
🙇‍♂️ Ishtirok etdi -  480 nafar

🌐 Telegram | Facebook
#seminar_trening
#2_kun
#Xorazm

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazida Singapurning “Marshal Cavendish Education“ xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi “Muvaffaqiyatli islohotlar-yuqori natijalar” mavzusidagi seminar-treningning 2-kuni davom etmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#XORAZM_BABM

TO'GARAKLAR FESTIVALI BO'LIB O'TDI

Xorazm viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan to'garaklar festivali o'tkazildi.

Festival qadimiy va ko'hna Xiva shahrida joylashgan ochiq osmon ostidagi muzey ya'ni Ichanqal'ada bo'lib o'tdi.

🎉Festival kuy-qoʻshiqlar bilan koʻtarinki kayfiyatda tashkil etildi.

⚡️Mahorat bilan ishlangan qo'l ishlari ko'rgazmasi va to'garak a'zolarining badiiy chiqishlari chet ellik mehmonlarda yuqori taassurot qoldirdi

Festivalni o'tkazishdan maqsad:
📌to‘garaklarda o‘quvchilar qamrovini oshirish,
📌ichki turizmni rivojlantirish,
📌tajriba almashish,
📌to‘garaklar faoliyati bilan tanishish,
📌madaniy-ommaviy tadbirlarni samarali tarzda o‘tkazish,
📌ta'lim jarayonini turli innovatsion metodlardan foydalangan holda tashkil etishdan iborat.
#XORAZM_BABM
#Ochiq_eshiklar_kuni

"OCHIQ ESHIKLAR KUNI" TADBIRI O'TKAZILDI


▪️Xorazm viloyati Hazorаsp tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Bir bo'lsak-yagona xalqmiz, birlashsak-Vatanmiz" shiori ostida “Ochiq eshiklar kuni” bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

❇️ Bunda to'garak a'zolari tomonidan tayyorlangan ijodiy ishlar ko'rgazmalari va sahna chiqishlari namoyish etilib, tashrif buyurgan ota-onalarga quvnoq kayfiyat ulashildi.

🔹Tadbirni o‘tkazishdan maqsad, o'quvchi-yoshlarni to‘garaklarga jalb qilish, ota-onalarni ushbu to‘garaklar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish hamda o‘quvchi-yoshlarni kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sinf_sardori_saylovi
#Bolalar_harakati
#Oʻzbekiston_bolalar_tashkiloti
#Xorazm

⚡️ Xorazm viloyatidagi umumtaʼlim maktablarida Oʻzbekiston bolalar tashkilotining "Bolalar harakati" sinf sardori saylovlari davom qilmoqda.

Oʻquvchi-yoshlar saylovlarda oʻz loyihalari va tashabbuslari bilan faol ishtirok qilmoqdalar.

🌟 Sardorlar saylovida faol ishtirok qiling.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Boshlang'ich sinf o'quvchilari planshetlar bilan ta'minlandi

muxbir: Shahnoza Qalandarova

#Xorazm viloyati

15:00 05.11.2024

@hududtv
#2_Choraklik_summativ_baholash
#Xorazm
#1_kun

▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarida 2-chorak bo'yicha ChSB summativ yakuniy imtihonlariga start berildi.

Ayni damda imtihonlar 6-sinf o'quvchilariga online tarzda bo'lib o'tmoqda.

Fotolavhalarda:

▫️Bog‘ot tumani IM
▫️Urganch shahar 1-son IMI
▫️Shovot tumani IMI
▫️Xiva shahar 2-son IM
▫️Xiva shahar 1-son IMI
▫️Yangibozor tumani IMI
▫️Tuproqqal'a tumani IM

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Audio
#Xorazm_radiosi
#OAV_biz_haqimizda

"NAJOT BILIMDA"

Xorazm teleradiokompaniyasi 106.7 radioto'lqinining "Najot bilimda" deb nomlangan eshittirishida Bogʻot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ingliz tili fani o'qituvchisi Muyassar Adamboyeva ishtirok etdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
📌Qishki ta’tilni biz bilan maroqli o‘tkazing!

Xorazm viloyat Bolalar kutubxonasi qishki ta’tilda maktab o‘quvchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli o`tkazish va ularning kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida "Ma`naviyatli yoshlar - yurtimiz iftixori" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi bosh mutaxassisi, taniqli shoir Boltaboy Bekmetov tashrif buyurdi. Uchrashuvda faol kitobxonlar, maktab oʻquvchilari va o'qituvchilar, ota-onalar ishtirok etib, ustoz ijodkorning suhbatlari va sheʼrlaridan bahramand boʻlishdi. B.Bekmetov adabiyotga qanday kirib kelgani, ijodiy faoliyati to‘g‘risida so‘zlab berdi va o‘z ijodidan namunalar o‘qidi. Uchrashuvda shoirning yosh ijodkor shogirdi O'zJOKU talabasi Asadbek YUSUF ham o'z ijodi to'g'risida gapirib berdi. Oʻquvchilar shoir she'rlaridan parchalar aytishdi, shu bilan birga o'z ijodlaridan ham namunalar o'qib, ustozdan ijod yuzasidan tavsiyalar olishdi. Uchrashuv jonli muloqot tarzida o'tkazilib, taassurotlarga boy bo'ldi. Oʻquvchilar o'zlari uchun katta hayotiy tajribaga ega bo'ldilar.


#Xorazm_viloyat_Bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati

Web-site|Telegram|Facebook|Instagram| You tube
#Xorazm_BABM

Tumanlarga amaliy yordam ko'rsatildi


Xorazm viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi mas'ul xodimlari tomonidan barcha tuman, shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi faoliyatlari o'rganilmoqda.

Xususan, Urganch tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan toʻgaraklar hamda tarmoq to'garak faoliyati koʻzdan kechirilib, kerakli tavsiyalar berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌