Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.39K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.32K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Iqtibos

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#Iqtibos

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ot tumani 25-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Alisher Bakiyev mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashdagi fidokorona xizmati hamda maktab hududida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarni namunali tashkil qilganligi uchun Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Xonqa tumanidagi 48-son ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o'quvchisi Sevara Rustamova Ingliz tili fanidan C1 darajadagi milliy sertifikatni qo'lga kiritib, OTM ga kirish imtihonlarida ushbu fandan maksimal ballga ega bo'ldi.

O'quvchimizning keyingi o‘qishlariga zafarlar tilaymiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yil 30-mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Xiva shahar 15-son DMTTda bolalarning haqqi berilmayabdimi?” sarlavhasi ostida videolavha tarqatildi. Mazkur lavhada Xiva shahridagi 15-sonli DMTTda tarbiyachi lavozimida ishlab kelgan fuqaro ish joyida yuz berayotgan talon-torojliklar holati yuzasidan tuman va viloyat MMTB hamda tuman prokuraturasiga qilgan murojaatlaridan samara bermagani, aybdorlarga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.

Mazkur holat Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Videomurojaatda keltirilgan holatlar boshqarma hamda vakolatli tashkilot vakillaridan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘rganilib, o‘z tasdig‘ini topmadi.

Xususan, ishchi guruhi tomonidan o‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bilan kelishilgan “Namunaviy mavsumiy taomnoma” asosida taomlar tayyorlanayotgani, har bir bolaga o‘rtacha 11 000-13 000 so‘m atrofida yetarlicha oziq-ovqat mahsulotlari berilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotida hamshira tomonidan tuzilgan taomnoma “Namunaviy mavsumiy taomnoma” bilan mos bo‘lib, jami yozilgan oziq-ovqat mahsulotlari xo‘jalik ishlari mudiri tomonidan oshpazga kundalik taqdim qilinganligi aniqlandi.

Tashkilot omborxonasiga kirim qilingan 56 xil mahsulotning barchasida sifat sertifikatlari mavjud bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini tashqariga olib chiqib ketilgani holati isbotini topmadi.

Shuningdek, tashkilotda mavjud 14 ta guruhda yuritilayotgan davomat jurnalida bolalar soni va taomnomaga taqdim qilingan talabnomalar tanlanma asosida solishtirib ko‘rilganida bolalar soni o‘rtasida farq aniqlanmaganligini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Joriy yil 26-aprel kuni Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Urganch shahridagi 22-son ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida eshitishida, tayanch-harakat a’zolarida nuqsoni bo‘lgan, psixik va aqliy rivojlanishidan kechikkan jami 117 nafar tarbiyalanuvchilar chukurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Tibbiy ko‘rikda aniqlangan kasalliklar bo‘yicha tarbiyalanuvchilarning 63 nafari ambulator, 14 nafari shifoxona sharoitida sog‘lomlashtirish ishlari olib borish bo‘yicha tavsiyalar berildi hamda 30 ta jamlanmada polivitamin va boshqa dori-darmon vositalari berildi.

Tashkil etilgan press tadbirda ixtisoslashtirilgan MTT direktorlari, uslubchi va maxsus pedogoglar hamda OAV vakillari ishtirok qilib, muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan ham yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Bizning_faxrimiz

🔰Tuproqqal'a tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf o‘quvchisi Ilxomova Charosxon Javlonbek qizi ingliz tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi B2 sertifikatni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizni, uning ota-onasini  hamda ustozlarini yutuqlar bilan chin dildan tabriklaymiz.

Ingliz tili fani ustozlariga har doim o‘quvchilaringizni yutuqlarini ko‘rib quvonib yurish nasib qilsin.
Forwarded from IT Education Association (Лайло Рустамова)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan 3 kunlik seminar doirasida bugun mahorat darslari bo’lib o’tdi.

❗️Unda ishtirokchilar sho’balarga bo’lingan holda o’z mahoratlarini oshirishdi.

Mahorat darslarida:

“O‘quvchi-yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik ko‘rinishlarining oldini
olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar”;
”Addiktiv xulq-atvor profilaktikasi (zararli odatlarga qaramlik)” kabi mavzularda so’z bordi.

📍 Ma’lumot uchun, treninglarda Respublikamiz bo’ylab 250 nafardan ortiq ustozlar ishtirok etishmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin