Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.34K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.31K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
👁‍🗨 Kichik tanaffusdan keyin navbatdagi #iq_test

📆 Bugun 31-yanvar kuni soat 10:00 dan 22:00 gacha khiso.uz platformasida navbatdagi IQ TEST bo‘lib o‘tadi

➡️ Testda qatnashish uchun @khiso_uz_bot orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

⬇️ Barcha ishtirokchilar QR kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!

❗️ Testda ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎁 G‘olib va ishtirokchilar kitoblarimiz uchun natijasiga mos ravishda chegirmalarni qo‘lga kiritishadi!

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

📰 Axborot hamkori INNOVATOR ilmiy ommabop jurnali

⚙️ Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.

✝️ Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: ➡️ @khiso
#Tanlov

(Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar o'qituvchi va o'quvchilari uchun)


E’LON

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati va "Mangulik jamoli" jamoat birlashmasi bilan hamkorlikda Matnazar Abdulhakim tavalludining 7⃣6⃣ yilligi munosabati bilan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi viloyatimizdagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda 6-, 7-, 8, 9, 10-11-sinf o‘quvchilari uchun tanlov e’lon qiladi. Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:

📄 1. “Eng yaxshi bag‘ishlov” mavzusida she’riyat tanlovi. Bunda ishtirokchilar tomonidan Matnazar Abdulhakim she’rlari (g‘azallari, Xorazmcha ijod namunalari) ga nazira bog‘langan yangi ijod namunasi yaratishlari lozim.

🖥 2.  “Eng yaxshi ijrochi” - Matnazar Abdulhakimning ijod namunalaridan ishtirokchi o‘zi xohlagan bir she'rni ifodali o'qib, videotaqdimot tayyorlashi lozim. Davomiyligi 2-4 daqiqa. Hajmi 90 mbdan oshmasligi lozim.

📝 Ijodiy ishlar Ogahiy nomidagi ijod maktabi rasmiy telegram kanaliga tashlab boriladi.
Har bir yo’nalishda 3 nafar eng munosib o'qituvchi va o'quvchi g’oliblar rasmiy kanalimiz orqali yig‘ilgan layklar va hakamlar hay'ati tomonidan alohida aniqlanib, joriy yilning 20-fevral kuni ijod maktabimizda o’tkaziladigan tantanali tadbirimizga taklif qilinadi, hamkor tashkilotlarning diplom hamda Ogahiy ijod maktabining maxsus esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Xorazm adabiy muhitining o‘ziga xos darg‘alaridan biri bo‘lmish Matnazar Abdulhakim ijodini o‘rganish, uni keng ommaga targ‘ib qilish, shoir tavalludini bayramona tarzda o‘tkazish, ijodkor va iste'dodlilarni aniqlash, ularni rivojlantirish, rag'batlantirish reja va maqsadimizdir.

📩 Tanlov uchun tayyorlagan ishlaringizni
+998942364224 (@XorunMuso) telegram raqamiga yuboring! Tanlovga ijodiy ishlar 1-fevraldan 15-fevral sanasi yakunigacha qabul qilinadi. Tanlovga yuborilgan materiallar saralanib, Ogahiy ijod maktabining https://t.iss.one/Ogahiy_ijod_Maktabi kanalida e’lon qilinadi. Kanalimizga obuna bo‘lishni unutmang!

🔘 Tanlov materiallari Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, Ogahiy ijod maktabi pedagoglaridan tuzilgan hakamlar hay'ati a'zolari tomonidan baholanadi.

‼️ Eslatma: tanlovda Ogahiy nomidagi ijod maktabi o'quvchilari ishtirok etmaydi.

Ogahiy ijod maktabi matbuot xizmati

🟦Telegram| 🟦Facebook|
🟦YouTube|  🟦Instagram
❇️Xorazm viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi metodik xizmat ko`rsatish fan metodistlari tomonidan joriy yilning 29-yanvardan 10-fevraliga qadar tasdiqlangan reja-grafik asosida viloyatdagi ta’lim sifati yuqori bo‘lmagan va fan olimpiadalari natijasiga ko`ra surunkali pasayishlar kuzatilgan 76 ta maktablarga "METODIK TUR" tashkil etildi.
❇️Tadbirdan asosiy maqsad joylarda manzilli metodik yordam berish, so`rovnomalar asosida ehtiyojlarni o`rganish, darslarni kuzatish orqali metodik tavsiyalar berish, pedagoglar salohiyatini o`rganish va istiqbolli rejalar tuzishdan iborat.
🌐Rasmiy web saytlarni kuzatib boring
🎤Markaz axborot xizmati.
BOSHQARMA BOSHLIG'INING SAYYОR QABULI XONQA TUMANIDA BO'LIB O'TDI

Fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish bo‘yicha joylarda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari tashkil etilmoqda.

Bugun, 31-yanvar kuni viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabuli Xonqa tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida bo'lib o'tdi.

Jonli va ochiq muloqot shaklida o'tgan sayyor qabulda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlari hamda fuqarolarning maktablarda ta’mirlash ishlariga bo‘lgan talab, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, ta’lim muassasalariga ishga joylashish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘ndan ortiq murojaat va takliflari qabul qilindi.

Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi va ayrim murojaatlarni hal etish uchun aniq muddat va zarur choralar belgilab olindi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Эълон

📣📣 Farzandingiz shaxmatni mustaqil o‘rganishi uchun maxsus bot!

❗️Zamonamizning mashhur sport turlaridan birini o'rganish uchun ajoyib imkoniyat!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda O‘zbekiston "Yoshlik" jismoniy tarbiya va sport jamiyati Markaziy kengashi tomonidan sportning shaxmat turidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, umumta'lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari uchun video-darslar yaratildi.

⚡️Bu darslar orqali o'quvchilarimiz shaxmat sport turini mustaqil o'rganibgina qolmay, video-darslarda berilgan topshiriqlarni bajarish orqali esdalik sovg‘alarini ham qo‘lga kiritishlari mumkin!

👇 Darslar bilan quyidagi manzillarda tanishing:

🔹Telegram bot
🔸YouTube

O‘zbekiston "Yoshlik" JTSJ Markaziy kengashi matbuot xizmati

Telegram | Instagram |Facebook | Youtube
GʻOLIBLAR ANIQLANDI!

🇺🇿O‘quvchilarning qishki ta’tilini maroqli tashkil etish maqsadida “Eng yaxshi kitobxon maktab” shiori ostida onlayn koʻrik-tanlov tashkil etilgan edi.

Nominatsiyalar:
⌨️Xorazm viloyati, Gurlan tumani 44-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi Rajabboyeva Marjona

Kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi !



#Xorazm_viloyat_bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati

Telegram |Facebook |Instagram |You tube
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruhi Urganch va Qo‘shko‘pir tumanida bo‘lib, maktablarda o‘quvchi hamda o‘qituvchilarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganmoqda.

Xususan, Urganch tumanidagi 24-sonli hamda Qo‘shko‘pir tumanidagi 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yangi tashkil etilgan Amir Temur va Jaloladdin Manguberdi burchaklari bilan yaqindan tanishmoqdalar.

O‘rganish ishlari davom etmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Viloyatimizdagi umumta’lim maktablarida ochiq dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

Fotosuratlarda Tuproqqal’a tumanidagi 17-son maktabda o‘tkazilayotgan ochiq dars mashg‘ulotlari jarayonlari aks etgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt