Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.39K subscribers
20.7K photos
4.32K videos
464 files
9.16K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov kõchasi, 29 uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
Urganch shahrida “og’ir” toifaga kiritilgan yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida yoshlar jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 20 nafar yoshlarga asbob-uskunalar topshirildi.

Viloyatimizda yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga qaratilgan ishlar tizimli ravishda davom etmoqda.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Xorazm viloyati hokimining ta'lim masalalari bo'yicha maslahatchisi singapurlik janob Benson Lek Hong Khim barcha o'zbekistonlik o'qituvchilarga 1-oktabr - "O'qituvchi va murabbiylar kuni" bayrami munosabati bilan tabrik yo'lladi.

TelegramIYoutubeIFacebookInstagramI Web-sayt
🔴"O'qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbirini jonli efirda tomosha qiling!

Tadbir boshida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oʼqituvchi va murabbiylarga yoʼllagan bayram tabrigini Prezident Аdministratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Аbdurahmonov oʼqib eshittirdi

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun barchamiz uzoq kutgan "Pedagogning maqomi to‘g‘risida"gi qonun Oliy Majlis Senati tomonidan ma'qullandi.

Mazkur Qonun ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan 640 mingdan ziyod pedagog — tarbiyachi, o‘qituvchi va murabbiylarining haq-huquqlarini, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, ular orqali farzandlarimiz tahsil olayotgan ta’lim dargohlaridagi muhitni yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.

Davlatimiz rahbarining pedagoglarimiz faoliyatini himoya qilishga qaratilgan bir qator Qaror va Farmonlari mavjud bo‘lib, ular orqali pedagoglarni moddiy qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish uchun shart-sharoit va huquqiy asoslar yaratilgan. Shunga qaramay, pedagoglarimizning nufuzini oshirish uchun ushbu Qonun juda muhim edi.

Qonun eng avvalo bugungi kunda juda ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ladigan masala, pedagog xodimlarga o‘z kasbiy faoliyati bilan shug‘ullanishiga g‘ayriqonuniy ravishda aralashuvlardan himoyalanish huquqi berilayotganligi bilan ham ahamiyatga molik. Mana shu birgina jihat, ya’ni pedagog o‘z kasbiy faoliyatini amalga oshirish chog‘ida o‘z sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini himoya qilishi, pedagogning nufuzini yangi bosqichga ko‘taradi, deb o‘ylayman.

Fursatdan foydalanib yaqinlashib kelayotgan qutlug‘ sana bilan tabriklayman, bugungi qabul qilingan Qonun barchamizga muborak bo‘lsin!
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
RASMIY MUNOSABAT

Kecha ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyatidagi maktablarda berilayotgan nonushtalarning sifatsiz berilayotganligi yuzasidan videolavha va xabarlar tarqatildi. Holat yuzasidan viloyat sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazi, viloyat prokuraturasi va viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida tadbirkor “Alisher Omadbek” MChJ tomonidan joriy yilning 28-sentabr kuni Urganch tumani 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida besh kunlik taomnoma asosida keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlaridan quritilgan meva mahsuloti tarkibi sanitariya qoidalariga zid ravishda keltirilganligi, holat maktabning besh kishilik komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilib mahsulot almashtirilishi uchun qaytarilganligi, shuningdek,  qaytarib yuborilgan nonushta o‘rniga  tadbirkor tomonidan sanitariya talablariga mos, sifatli nonushta bilan ta’minlanganligi ma’lum  bo‘ldi.

Tadbirkor keytering xizmatini sanitariya qoidalariga qat’iy amal qilgan holda tashkil etishi hamda kelgusida ushbu holat takrorlanmasligi borasida rasmiy ravishda ogohlantirildi.

Bugun boshqarmada tadbirkorlar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu holat muhokama qilinib, kelgusida bu kabi vaziyatlarni oldini olish borasida qat'iy topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

TelegramIYoutubeIFacebookInstagramI Web-sayt
🔴 “1-oktabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni"ga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etmoqda.

⚡️Poytaxtimizdagi Xalqaro anjumanlar saroyida vazirlik tizimidagi 40 nafar ta’lim sohasi xodimlarini "Xalq ta’limi fidoyisi", "Xalq ta’limi a’lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

❗️ Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ushbu mukofotlarni o‘z egalariga topshirdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига

Муҳтарам устоз ва мураббийлар!

Батафсил: https://uza.uz/posts/524577

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozim

“1-oktabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni” muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram