Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.42K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Hazorasp tumani hokimi Zafar Abdirimov bilan birgalikda ta’lim muassasalarida bo‘ldilar.

Xususan, tumandagi  14-sonli umumta’lim maktabi hamda 20-sonli DMTTlarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish va  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida seminar o‘tkazilib, muassasalarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonlarga juda qisqa vaqt qoldi, qanday kitoblardan tayyorgarlik ko‘rish kerak?

🇶🇦Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 25-26 iyul kunlari;

🇶🇦 Yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni 28-30 iyul kunlari;

🇶🇦 Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichi avgust oyida;

📚 Shu munosabat bilan sizga ushbu kitoblarimizni tavsiya qilamiz!

📹 Innovatsion kitoblarimizda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

🔖 O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Buyurtma berish uchun: ➡️ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQQAL’A TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Hazorasp tumanidagi ta’lim muassasalarini ko‘zdan kechirgach Tuproqqal’a tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 7-sonli DMTTlarida bo‘lib, muassasalarda o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng tumandagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganilgan ta’lim muassasalarida aniqlangan kamchiliklar keltirilib, ularrni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Yuqoridagi ta’lim maskanlari misolida ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilandi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz ajoyib natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘RGANISH JARAYONI QO‘SHKO‘PIR TUMANIDA DAVOM ETDI

Kecha Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Hazorasp va Tuproqqal’a tumanidagi ta’lim muassasalarda bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Boshqarma boshlig‘i bugun Qo‘shko‘pir tumanida bo‘ldi.

Rahbar tumandagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 27-son DMTT da bo‘lib, mazkur muassasalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, obodonlashtirish ishlarining olib borilishi bilan yaqindan tanishdi.

Jarayonda tumandagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorlari ishtirok qilib, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni yuzasidan tavsiyalar oldilar.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt