Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.3K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Summativ baholash tizimi bosqichma-bosqich barcha maktablarda amalga oshiriladi

To‘g‘ri tanlangan va adolatli baholash tizimi ta’lim sohasini isloh qilishning eng muhim omillardan biri hisoblanadi. O‘quvchining bilimini obyektiv baholash uni to‘g‘ri yo‘naltirishga zamin yaratadi.

❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar yangi mezonlarga asoslangan ushbu baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazilganidan xabaringiz bor.

Ushbu baholash tizimining amaldagi tizimdan farqi — baholash jarayonlarida inson omilining minimallashtirilganida.

⚡️ Summativ baholash tizimini ishlab chiqishda Agentlik tizimidagi mutaxassislar tomonidan Yevropa va Markaziy Osiyoning 30 dan ortiq davlatlari tajribasi o‘rganildi.

✔️ 2023-2024-o'quv yilidan boshlab respublikaning har bir tumanidan tanlab olingan maktablarda tajriba-sinov tariqasida yangi baholash tizimi joriy etiladi. Bunda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha maktablar tayanch maktab sifatida belgilangan.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from DIAGNOSTIK TEST SINOVI | PAVILION
#шошилинг
#вақт_оз_қолди
#ота_оналар_эътиборли_бўлинг

-Олий таълимга кириш учун тест топширишга тайёрмисиз?
-Президент ва ихтисослашган мактабларгачи?
-Академик лицейгачи?
-Йўналишларни тўғри танлаб олдингизми?
-Етарлича балл йиға оласизми?
-Руҳий кўникмаларга эга бўлдингизми?
-Тест ишлаш жараёнида техник тайёрмисиз?


Сиз кириш имтиҳонларига мукаммал тайёр бўлишни хоҳласангиз,
қуйидаги 👇👇👇манзилда бўладиган павильондаги диагностик тест синовларига қатнашинг ва имкониятдан тўғри фойдаланинг.

#Унутманг имтиҳон натижаларингиз зўр бўлиши учун 1 балл ҳам муҳим роль ўйнайди.

Тест жараёнларига бир марта иштирок этиш 15 минг сўм.

Манзил: Урганч шахар. 12-мактаб.
https://maps.app.goo.gl/cupq4virY8up2m5T6

☎️Телефон:
+998975129637


#диагностик_тестлар 20-июндан бошлаб #ҳар_куни бир ой давомида
#1_смена 9:00 дан 12:00 гача
#2_смена 15:00 дан 18:00 гача  бўлиб ўтади.

@oliymaktabakademiyasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
25 июн куни Урганч шаҳри “Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда – бирга югурамиз!” умумий ягона шиори остида бирлашади.

Жорий йилнинг 25-июн куни Республикамизнинг 16 та шаҳрида шу жумладан Урганч шаҳрида ҳам ёшлар куни муносабати билан 3 км масофага оммавий югуриш мусобақаси бўлиб ўтади. Иштирокчилар учун ягона старт эрталаб соат 6:00 да берилади. Ушбу оммавий югуриш мусобақасида Урганч шаҳрида 2000 га яқин одам иштирок этиши кутилмоқда.

Барча югуриш ҳаваскорларини ушбу марафонда иштирок этишларига чорлаб қоламиз !

@XORAZMLIKLAR kanali👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFX4R5ZzkvGRQ2m7yw
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG‘INING NAVBATDAGI SAYYOR QABULI BOG‘OT TUMANIDA TASHKIL QILINMOQDA

Xabaringiz bor, fuqarolar hamda maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarining tizimga doir murojaat, taklif va shikoyatlarini qabul qilish hamda joyida o‘rganib, bartaraf etish maqsadida joylarda Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining sayyor qabullari bo’lib o’tmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul 2023-yil 21-iyun kuni Bog‘ot tumanidagi 47-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabida soat 10:00 boshlanadi.

Soha bo‘yicha murojaat qilish istagida bo‘lgan barcha fuqarolarni Sayyor qabulga taklif qilamiz.

Murojaat uchun telefon:
+99862 22 8 11 70

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

Hurmatli ota-onalar!

📹 Umumtaʼlim maktablariga 2023-2024 o‘quv yili uchun o‘quvchilarni 1-sinfga onlayn qabul qilish tizimi - my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish hamda onlayn arizalarni topshirish bo‘yicha VIDEO-YO‘RIQNOMA

💬 Eslatib o‘tamiz,
joriy yilning 20-iyunidan 31-iyuliga qadar faqat biriktirilgan mikro-hudud bo‘yicha arizalar yuboriladi, 1-avgustdan 15-avgustga qadar mikro-hududdan tashqari hududlar bo‘yicha arizalar yuboriladi.

💳 Qabul jarayonlari bo‘yicha qo‘shimcha maʼlumotlarni ✈️@mymaktab_uz telegram kanali yoki 📞 71 203-07-04 telefon raqami orqali olish mumkin.

🌍 mymaktab_uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bilimi va salohiyati bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

Bugun Urganch shahar hokimligi majlislar zalida "Hokim va yoshlar" uchrashuvi doirasida shahardagi umumta'lim maktablarini oltin va kumush medallarga tamomlagan o'quvchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Joriy yilda shahardagi 35 ta umumta'lim maktabini 2775 nafar o'quvchi bitkazdi. Ular orasida eng tirishqoq, zukko va intiluvchan 161 nafar o'quvchi oltin medal va 29 nafar o'quvchi kumush medal sohibi bo'lishdi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Shovotlik bitiruvchilar oltin va kumush medalga sazovor bo‘ldi

Bugun Shovot tumani hokimligi majlislar zalida umumiy o'rta taʼlim maktablarini aʼlo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga oltin va kumush medallarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Shovot tumani hokimi Odilbek Artiqov va sektor rahbarlari ishtirok qildi.

Bitiruvchilarning 56 nafari oltin va 22 nafari kumush medalga sazovor bo‘ldilar.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt