Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
BUGUN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING SOVRINI UCHUN O'TKAZILAYOTGAN TANLOVNING YAKUNIY TURI BO’LIB O’TADI

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman/shahar bosiqichi o’tkaziladi.

Mazkur tanlovni o‘tkazish yuzasidan yo‘riqnoma ishlab chiqilgan bo‘lib, yo‘riqnomada tuman, shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari tomonidan test savollari maxfiyligi saqlangan holda test sinovlari o‘tkaziladigan joyga yetkazilishi belgilangan.

Bugun ertalab barcha tuman/shahar xalq ta’limi bo‘limi mudirlari boshqarmadan shu hududga biriktirilgan mas’ul xodim bilan birgalikda test savollarini qabul qilib oldilar.

Test sinovlari barcha tuman va shaharlarda bir vaqtda, bugun soat 11:00 da boshlanib, 12:30 da yakunlanishi belgilangan.

Birozdan so‘ng jarayonlar boshlanadi, bizdan uzoqlashmang.

Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari

Telegram /Youtube /Facebook /Web-sayt
XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTABLARNI ANIQLASH BO‘YICHA TANLOV BOSHLANISH ARAFASIDA
XORIJIY TILLARNI O‘QITISH BO‘YICHA ENG YAXSHI MAKTABLARNI ANIQLASH BO‘YICHA TANLOVI BOSHLANISH ARAFASIDA

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2021- yil 9-sentabrdagi “Iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida fan olimpiadalarini o‘tkazish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktabni aniqlash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 562-son qarori qabul qilingan edi.

Unga ko‘ra quyidagilar tasdiqlangan edi:
• Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalarini tashkil etish, o‘tkazish hamda xalqaro olimpiadalar ishtirokchilarini saralash va g‘oliblarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
Prezidentning sovrini uchun «Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab» tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan tanlov har yili ingliz, nemis, fransuz tillari (xorijiy tillar) o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan maktab har yili 20-sentabrga qadar Xalq ta’limi vazirligining axborot tizimida maktab terma jamoasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Ro‘yxatdan o‘tgan maktab har yili 20-oktabrga qadar axborot tizimiga xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha belgilangan asosiy ko‘rsatkichlarini kiritadi.
Har bir maktabdan bitta til bo‘yicha bitta terma jamoa ishtirok etishi mumkin. Terma jamoa 7-9-sinflarda tahsil oladigan 5 nafar o‘quvchidan tashkil topadi. Tanlov 3 bosqichda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

I bosqich (tuman bosqichi) - har yili fevral oyida. Bunda xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi;

II bosqich (hududiy bosqich) - har yili aprel oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar baholanadi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), o‘qish (reading) va leksik-grammatik ko‘nikmalari;

III bosqich (respublika bosqichi) - har yili avgust oyida. Ushbu bosqichda quyidagilar tekshiriladi: ishtirokchilarning tinglab tushunish (listening), yozish (writing), gapirish (speaking) va o‘qish (reading) ko‘nikmalari chet tilini bilishning xalqaro sertifikatsiyalangan standartlari asosida sinovdan o‘tkaziladi hamda tegishli til ona tili sifatida foydalaniladigan mamlakatlar haqidagi bilimi.

Respublika bosqichida 1-o‘rinni ko‘lga kiritgan maktab Prezident sovrini sohibi sifatida e’lon qilinadi. Tanlov g‘oliblari quyidagi miqdorlarda Prezidentning sovrini bilan mukofotlanadi:

Tuman (shahar) bosqichida:
1 o‘rin – 100 mln so‘m;
• 2 o‘rin – 75 mln so‘m;
• 3 o‘rin – 50 mln so‘m.

Hududiy bosqichda:
• 1 o‘rin – 250 mln so‘m;
• 2 o‘rin – 200 mln so‘m;
• 3 o‘rin – 150 mln so‘m.

Respublika bosqichida:
• 1 o‘rin – 500 mln so‘m;
• 2 o‘rin – 400 mln so‘m;
• 3 o‘rin – 300 mln so‘m

Ayni paytda Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablaridan jami 474 ta ariza kelib tushgan.

Tanlov butun respublika bo‘ylab soat 11:00da boshlanadi.

Xorazm viloyati xalq ta’lim boshqarmasi Matbuot xizmati
Jarayonda Xalq ta’limi vazirligining vakili Otabek Karimov, Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi vakili Mansurjon Vahobovlar ishtirok qilmoqdalar.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 3 февралдаги "Халқ таълими тизимини ислоҳ қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида" ги Ф-22-сонли фармойишининг ижроси юзасидан Янгибозор туманида халқ таълими тизимини 2022 йилда ривожлантириш бўйича "Йўл харитаси" ни тасдиқлашга бағишланган халқ депутатлари Янгибозор туман кенгаши сессиясида тумандаги умумий ўрта таълим мактабларида фаолият юритаётган ўқитувчиларга "Ўқитувчилик гувоҳнома" си, жамоат транспортидан фойдаланишлари учун "Ойлик йўл чипта" си ва ҳар бир ўқитувчи хонадонига "Ушбу хонадонда ҳурматли устоз истиқомат қилади" кўринишидаги пешлавҳалар илиниши белгиланган эди.

Шу муносабат билан Янгибозор туман Тозадўрман маҳалласида бўлиб ўтган "Ёшлар сайлида" тумандаги 22-сон умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчиларига "Ўқитувчилик гувоҳнома" си, жамоат тарнспортидан фойдаланишлари учун "Ойлик йўл чипта" си, ҳар бир ўқитувчи хонадонига "Ушбу хонадонда ҳурматли устоз истиқомат қилади" кўринишидаги пешлавҳалар тантали равишда топширилди.
👉@Xorazm_XTB