Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Viloyatimizda 2024-yil 11-noyabrdan 8-dekabrgacha O‘zbekiston Respublikasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasi (Tatariston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi) hamkorligida tadbirkorlik asoslari va moliyaviy savodxonlik bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi. . Tanlovda viloyatimizdagi umumta’lim maktablarining 9-11-sinf oʻquvchilari faol ishtirok etdi.

Joriy yil 21-dekabr kuni o’quvchilari faol ishtirok qilgan maktab rahbarlariga mazkur tashkilot tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
#2_Choraklik_summativ_baholash
#Xorazm
#1_kun

▫️Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab va maktab-internatlarida 2-chorak bo'yicha ChSB summativ yakuniy imtihonlariga start berildi.

Ayni damda imtihonlar 6-sinf o'quvchilariga online tarzda bo'lib o'tmoqda.

Fotolavhalarda:

▫️Bog‘ot tumani IM
▫️Urganch shahar 1-son IMI
▫️Shovot tumani IMI
▫️Xiva shahar 2-son IM
▫️Xiva shahar 1-son IMI
▫️Yangibozor tumani IMI
▫️Tuproqqal'a tumani IM

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sport dasturlashi bo‘yicha "Viloyat hokimi olimpiadasi"ning so‘nggi turi o‘tkazildi!


📆 21-dekabr kuni Xorazm IT PARK binosida Informatika (Sport dasturlashi) olimpiadasi o‘tkazildi.

📊 Umumiy natijalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: ➡️ NATIJALAR

💰G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.


🌟 Eslatib oʻtamiz, ushbu olimpiada Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov qo‘llovi bilan tashkil etilgan bo‘lib, birinchi mavsum g‘oliblari shaxsan viloyat hokimi tomonidan qimmatbaho sovg‘a - noutbuklar bilan taqdirlandi.

🖼 Tadbirdan olingan fotolar facebook sahifamizga joylandi: ➡️ FOTOGALERIYA

🚀Olimpiadalarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga a’zo boʻlishni unutmang: ➡️ @bazarbaevs
👍1
RASMIY MUNOSABAT

2024-yil 20-dekabr kuni facebook ijtimoiy tarmog‘ida Urganch shahridagi 15-sonli maktabda o‘quvchilarga majburiy ravishda teatrga bilet uchun 15.000 so‘mdan yig‘ib olinayotgani yuzasidan xabar tarqatildi.

Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

2024-yil 23-dekabr kuni maktabning 2-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilari o‘rtasida anonim so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra o‘quvchilaridan teatr uchun majburiy ravishda 15 000 miqdorida pul yig‘ilayotgani haqidagi xabar o‘z tasdig'ini topmadi.

Shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarning xohishiga ko‘ra ixtiyoriy ravishda kutubxona, muzey, teatr va tarixiy joylarga ekskursiya rejalashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
#Янги_баҳолаш

Maktablarning mezonlarga asoslangan baholash tizimiga bosqichma-bosqich oʻtkazilishi munosabati bilan eMaktab.Smart platformasi orqali yurtimizdagi 168 ta maktabda 2 ta fan kesimida 5-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan onlayn-CHSBlar tashkil etilmoqda.

❗️ Buning natijasida 120 ming nafardan ortiq ota-onalar va oʻquvchilar CHSB va BSBlarning amaldagi demo-versiyalaridan foydalanishdi. Oʻqituvchilar orasida eMaktab.Smart platformasidagi raqamli kontentdan foydalanish foizi 45% ga yetdi, bu oʻtgan yilga nisbatan deyarli ikki barobarga koʻproq.

Oʻtgan hafta davomida eMaktab platformasida 53 mingdan koʻp marotaba demo-CHSBlardan foydalanilgan.

👉 Ushbu havola orqali onlayn-CHSBlarga tayyorgarlik koʻrish mumkin.

___

В
связи с постепенным переходом школ на критериальную систему оценивания, на платформе eMaktab.Smart совместно с Министерством дошкольного и школьного образования были разработаны и проведены онлайн-СОЧи в разрезе двух предметов с 5 по 11 классы в 168 школах по всему Узбекистану.

❗️ Сегодня более 120 000 детей прошли онлайн-СОЧи. Процент использования цифрового контента в eMaktab.Smart среди учителей вырос до 45%, это почти в два раза больше, по сравнению с прошлым годом.

За прошедшую неделю демо-СОЧи на eMaktab прошло более 53 тыс. раз.

👉 У всех еще есть время подготовиться по этой ссылке.

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
📣 Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

👉 Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.

❗️ Shuningdek, mazkur Nizom bilan:


uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari

uzluksiz kasbiy rivojlantirish taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali amalga oshirilishi;:

uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.

👉
NIzomning to‘liq matni

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍1
Urganch shahridagi 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ishtirokida Yangi yil tadbiri bo’lib o’tdi.

“Qor malikasi” ertagi asosida sahnalashtirilgan tadbirdagi bolajonlarning sho’x -shodon qo’shiq va raqslari, sherlari barchaga birdek xush kayfiyat ulashdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍2