Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Ayni_paytda
#3_shart

🔹”Jadidlar izidan" respublika tanlovining Xorazm viloyat bosqichi qizg'in davom etmoqda.

🔹3-shart аsar tahlili hisoblanib,
har bir ishtirokchi bilet tortish orqali jadidlarning ma’lum bir asariga doir fikrlarini 5 daqiqa davomida bayon etmoqdalar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍3
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
«JADIDLAR IZIDAN» TANLOVINING XORAZM VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida buyuk jadid alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish, ma’naviy dunyosini boyitish maqsadida tashkil etilgan “Jadidlar izidan” tanlovining Xorazm viloyat bosqichi nihoyatda qizg‘in kechdi.

O‘tkazilgan sinovlar natijasiga ko‘ra,
➡️6-7-8-sinflar o'rtasida:
I-o‘rin Urganch tumanidagi  45-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Akbar Boboxonov,
II-o‘rin Hazorasp tumanidagi 20-maktab o‘quvchisi Madina Olimboyeva,
III-o‘rin Yangiariq tumanidagi 5-maktab o‘quvchisi Qutlibika Xushnudova
ga,

➡️9-10-sinflar o'rtasida:
I-o‘rin Yangiariq tumanidagi 4-maktab o‘quvchisi Esayeva Shabnam,
II-o‘rin Xonqa tumanidagi 48-son ixtisoslashtirilgan maktab internati o‘quvchisi Dilobar Bahtiyorova,
III-o‘rin Yangibozor tumanidagi 33-maktab o‘quvchisi Sabrina Jumaboyevaga nasib etdi.


Endilikda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar tanlovning respublika bosqichida viloyatimiz sharafini himoya qiladilar.

Gʻoliblarni tantanali taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov ishtirok etib, tanlov g‘oliblari va faol ishtirokchilarga diplom va tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati


Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👏3
Forwarded from Hilola Umarova
Xushxabar! Nodavlat maktabgacha va maktab tashkilotlari barcha turdagi soliq va yig‘imlardan ozod qilinadi

“Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari:

barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan ozod qilinadi;

unda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq to‘lamaydi.

Shuningdek, 2030-yil 1-yanvarga qadar nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining quyidagi O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovar jihozlariga bojxona to‘lovlari to‘lanmaydi (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno):

zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari;
kompyuter texnikasi va dasturiy mahsulotlar;
o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

nodavlat ta’lim tashkilotlariga doimiy jalb etiladigan pedagog xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan xorijdan jalb qilingan mutaxassislarga mehnat qilish huquqini beruvchi tasdiqnoma berish yig‘im miqdori BHMning 30 baravaridan 1 baravarigacha kamaytiriladi.

@hilola_umarova
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«JADIDLAR IZIDAN» TANLOVINING XORAZM VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
👍3🔥1
5-6 sinf matematika (Xiva shahar).pdf
296.3 KB
"Viloyat hokimi olimpiadasi"da 12-tur natijalarini e'lon qilamiz!

Bu safargi olimpiada Xiva shahrida o‘tkazildi va unda 626 nafar o‘quvchi qatnashadi!

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi. Pul mukofotlari 2024-yil davomida beriladi.

Keyingi tur 7-dekabr kuni Shovot tumanida matematika va informatika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Olimpiadalar haqida muhim ma'lumotlarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalga ulanish ➡️ @bazarbaevs
👍5