Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
11.9K subscribers
22.7K photos
4.6K videos
467 files
9.89K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun maktabgacha, umumtaʻlim va maktabdan tashqari taʻlim muassasalari pedagoglari uchun malaka toifa sinovlari boshlandi. Bu jarayonda 150 mingdan ortiq hamkasblarimiz ishtirok etadi.

Eʼtiborli jihati, mazkur toifa sinovlarida 136 ming pedagog navbatdan tashqari qatnashish istagini bildirgan. Shundan ham bilish mumkinki, toifa sinovlarini oʼtkazishning shaffof tizimi yaratilgani o‘qituvchilarimizda ishonch va katta qizish uyg‘otgan.

O‘tgan malaka sinovlarida yetarli natijaga ko‘rsata olmagan pedagoglarimiz yana o‘z ustilarida ishlab, bu galgi test savollariga puxta tayyorgarlik ko‘rganlariga ishonaman. Chunki kerakli toifaga ega bo‘lish uchun bilim va mahoratdan boshqa yo‘l yo‘qligini hamma ko‘rdi, bildi.

9-25-oktabr kunlari pedagoglarimiz test sinovlari topshiriladigan maxsus platformadan foydalanish tartibi hamda namunaviy test savollari bilan atroflicha tanishdilar. Bu ham ularning yaxshi natijalar ko‘rsatishlariga yordam beradi albatta.

Aziz hamkasblar, 16-noyabrga qadar o‘tkazilishi belgilangan malaka sinovlarida barchangiz muvaffaqiyatli ishtirok etasiz degan umiddaman.

@hilola_umarova
Urganch shahridagi 19-sonli maktabning 14 yoshli 9-D-sinf oʻquvchisi Ahmadjon Yaqubov nemis tili fanidan xalqaro GOETHE-ZERTIFICATE C1daraja sertifikatini qoʻlga kiritdi.

Ahmadjonning kelgusidagi oʻqishlariga omad tilaymiz.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Saida Mirziyoyeva BMTning O‘zbekistondagi doimiy rezident-koordinatori bilan uchrashuv o‘tkazdi

Muloqot davomida Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from KHISO KHOREZM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
✔️ Vazirligimiz tomonidan tashkil etilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovida qatnashish uchun 364 906 nafar o‘quvchilar onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Ko‘rinib turibdiki, jadid bobolarimiz merosini o‘rganishga o‘quvchilarimizning ishtiyoqi baland. Barcha ishtirokchilarga omad tilayman.

📌O‘quvchilar soni hududlar kesimida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi: 22 916 ta.
Andijon viloyati: 40 833 ta.
Buxoro viloyati: 8 912 ta.
Jizzax viloyati: 8 288 ta.
Qashqadaryo viloyati: 23 503 ta.
Navoiy viloyati: 10 449 ta.
Namangan viloyati: 9 324 ta.
Samarqand viloyati: 26 253 ta.
Sirdaryo viloyati: 4 278 ta.
Surxondaryo viloyati: 67 551 ta.
Toshkent viloyati: 14 766 ta.
Farg‘ona viloyati: 42 862 ta.
Xorazm viloyati: 60 825 ta.
Toshkent shahri: 24 146 ta.

@hilola_umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024

Ayni damda, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi umumiy o‘rta, maktabgacha va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida attestatsiya jarayonlarining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Xorazm viloyatida malaka (test) sinovlari Urganch tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida o'tkazilmoqda.

🔹Sinov jarayonlarining sifatli va shafof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Jumladan, kuzatuv kameralari o‘rnatilgan bo‘lib, nazorat o‘tish joylari tashkil etilgan.

Shuningdek, kutish xonalari, hamshira xonasi, ona va bola xonasi shular jumlasidan.

Bugun matematika fanidan sinovlar o'tkazilishi belgilangan bo'lib, ushbu jarayonda 719 nafar pedagog ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram IWeb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya_2024
#Ishtirokchilar_fikri

❇️XORAZMLIK O‘QITUVCHI MALAKA SINOVLARIDA 86 BALL BILAN OLIY MALAKA TOIFASINI QO‘LGA KIRITDI

🔹Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi Javohir Razzaqov test sinovlarida ana shunday natijani qayd etdi.

Ustoz ikki yarim yillik pedagogik staji davomida navbatdan tashqari attestatsiya sinovlarida ishtirok etib, mutaxassis toifasidan oliy toifaga ko'tarilishga erishdi.

Ustozimizni ushbu natija bilan qutlaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
“GIMNASTIKAGA ILK QADAM” FESTIVALINING VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

Gimnastika sport turini yanada ommalashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida gimnastika sport turi ommaviyligini rivojlantirish, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish tizimini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan "Gimnastikaga ilk qadam” festivalining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda tanlovning tuman, shahar bosqichida g’oliblikni qo’lga kiritgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarining jajji gimnastikachilardan iborat jamoalari ishtirok etib, o‘z istedodlarini namoyish etdilar.

Tanlovning yakuniy natijalariga ko'ra mutloq g'oliblikni Urganch shahar 41-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining gimnastikachilardan iborat jamoasi qo'lga kiritdi.

Shuningdek, qolgan jamoalar turli nominatsiyalar bo'yicha taqdirlandilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt