Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.1K photos
4.38K videos
464 files
9.32K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan  ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘quv-tarbiya jarayoniga ilg‘or innovasion pedagogik texnologiyalarni joriy etish, Yangi O‘zbekiston bunyodkori bo‘lgan yetuk va barkamol avlodni tarbiyalashdagi ulkan xizmatlari uchun soha xodimlaridan  bir guruhi davlatimizning faxriy unvonlari, orden va medallari, hamda ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandilar. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda  viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi. Taqdirlanganlar nomidan so‘zga chiqqanlar bu yuksak e’tirof va rag‘bat uchun  hurmatli Prezidentimizga o‘z minnatdorchiliklarini bildirdilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Президент Тошкент шаҳрида Абдулла Авлоний номидаги Педагогик маҳорат миллий институти фаолияти билан танишди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Педагогик маҳорат миллий институтида ўқитувчи ва мураббийлар билан мулоқот қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел беседу с преподавателями и наставниками в Национальном институте педагогического мастерства.

#Mirziyoyev #muloqot #talim #uqituvchilar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kecha_va_bugun

Bugun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi ochilish marosimi hamda pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔰Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

🇺🇿To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarni malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joylashgan.

Shuningdek, institutda Innovasion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bayramingiz muborak, aziz ustozlar!

Viloyatimizda  1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan bayram tadbiriga barcha shahar va tumanlardan maktabgacha va maktab ta’limi, oliy va  o‘rta maxsus ta’lim sohasida mehnat qilib kelayotgan fidoyi  ustoz va murabbiylar, soha faxriylari taklif qilindi.

Viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov keyingi yillarda ta’lim sohasida erishilgan yutuqlar, mamlakatimiz Prezidentining O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun soha vakillari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvdagi  ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar xususida to‘xtaldi, tadbir ishtirokchilarini qutlug‘ sana bilan samimiy muborakbod etdi. Yosh avlodga ta’lim-tarbiya berishda munosib yutuqlarga erishgan bir guruh ustozlarga  viloyat hokimining faxriy yorlig‘i hamda bayram sovg‘alari topshirildi. Tadbir viloyat san’at ustalari ijrosidagi bayram konserti bilan davom etdi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌