Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.43K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#fizika #yosh_bilimdonlar #Bolalar_ombudsmani_sovrini

Bolalar ombudsmani Xalqaro Nordik universiteti, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, IDC (International Development Cyentre) markazi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-may kuni umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 8-9-10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Bolalar Ombudsmani sovrini» uchun fizika fanidan o‘tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur bosqichda viloyatimizdan ishtirok qilgan o‘quvchilar orasidan 46 nafari faxrli o‘rinlarni egallab g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.

Gʻolib o‘quvchilarimiz viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i X.Bektemirov hamda tuman, shahar hokimlari tomonidan e’tirof etilib, Xalqaro Nordik universiteti, Bolalar ombudsmani, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi hamkorligidagi sertifikat hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Bugun Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida “ Bolalarni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda MTT larning o‘rni ” mavzusida media tur o‘tkazildi.

Tadbir davomida Xiva tumanidagi 2-son hamda 18-son Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati yaqindan kuzatildi.

Xususan, mazkur muassasalarda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim va tarbiya jarayoni, ularni maktab ta’limiga sifatli tayyorlashda amalga oshirilayotgan ishlar hamda sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish holatlari bilan tanishildi.

Press tur davomida muassasada matbuot anjumani ham tashkil qilinib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga javob oldilar.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌