Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.38K subscribers
20.8K photos
4.33K videos
464 files
9.19K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Xorazm_хususiy_маktablar

👉 2024-yil 15-may holatiga Xorazm viloyatidagi Xususiy(nodavlat)umumiy-o‘rta ta’lim maktablari bilan tanishing.

‼️ Hurmatli ota-onalar!

O‘z farzandingizni xususiy maktabga o‘qishini ko‘chirish yoki 1-sinfga berishdan oldin, ushbu xususiy maktabning LITSENZIYASI va tadbrkorlk subyekti sifatida GUVOHNOMASIsi borligiga ishonch hosil qiling.

(Guvohnomada ko‘rsatilgan MCHJ yoki korxonaning nomi Litsenziyadagi MCHJ nomi yoki korxona nomi bilan mos bo‘lishi shart )

Xususiy maktablar tomonidan Sizga taqdim qilingan litsenziyani ko‘rib chiqishda quyidagilarga e’tibor qarating: 👇

1. Litsenziyaning amalda  ekanligini tekshirib ko‘ring. Buning uchun
https://license.gov.uz/ saytiga kirib (reyestr menyusidan) ma’lumot olishingiz mumkin.

2. Litsenziyada ko‘rsatilgan faoliyat manzili va ayni vaqtda shu xususiy maktab joylashgan manzil bir xil ekanligini tekshiring.

3. Litsenziada shu xususiy maktabning qaysi sinflarni o‘qitishi  va qabul qilishi mumkinligi bo‘yicha aniq sinflar ko‘rsatilgan bo‘ladi.
(Masalan, ayrim xususiy maktablar litsenziyasiga asosan 1-9 sinf o‘quvchilarini qabul qilishi va o‘qitishi mumkinligi ko‘rsatilgan, shunga asosan ular 10-11-sinf o‘quvchilarini o‘qishga qabul qila olmaydi va kelgusida ular Shahodatnoma bera olmaydi).

Agar Sizda Xorazm viloyatidagi qaysi xususiy maktabda o‘quvchilarni qabul qilish va o‘qitish uchun litsenziyasi bor yoki yo‘qligi bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, unda Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas'ulining ushbu +998999656682 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib aniqlashtirishingiz mumkin.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Forwarded from my.gov.uz
Ta’limga oid xizmatlardan onlayn foydalaning!

👨‍💻Masofadan turib my.gov.uz orqali foydalanish mumkin bo‘lgan ta'limga oid elektron davlat xizmatlari bilan tanishtiramiz:

Bolani bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish. Uydan chiqmagan holda farzandingiz ko‘chiriladigan maktabni tanlang va so‘rov yuboring. 3 ish kunida javobni oling!

Yo‘qolgan yoki shikast etgan maktab shahodatnomasi (10 ish kunigacha) hamda diplom dublikatini (15 ish kunida) berish. Hech qanday tashriflarsiz, hujjatlarsiz oson va qulay amalga oshiriladi.

Xorijiy ta’lim hujjatlarini tan olish. Agar siz chet elda o'qigan bo'lsangiz, ta'limingiz tan olinganligi to'g'risidagi guvohnomaga ariza topshiring. Bu sizga O‘zbekistonda o'qish va ishlashga yordam beradi.

Shuningdek:

🔄Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo’yicha test sinovlarida qatnashishga ariza berish
🔄Xalqaro IT-sertifikatlarini olish va o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplashga ariza berish
🔄Xorijlik fuqarolar farzandlarini maktabga qabul qilish
🔄Pedagog kadrlarni attestasiyadan o‘tkazish
🔄Ta’lim hujjatlarini nostrifikatsiyalash kabi xizmatlardan ham onlayn foydalanish mumkin.

🟦Yana foydali xizmatlar – “Ta'lim” bo'limida❗️

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Видео_йўриқнома

Sizga qulaylik yaratish maqsadida nodavlat ta'lim muassasalarini tashkil etish uchun ariza topshirish jarayoni haqida bosqichma-bosqich video-yo'riqnoma tayyorlandi.

❗️ Unda ariza topshirish tartibi haqida batafsil ma'lumot berilgan.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Photo
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-fevraldagi 91-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan hamda davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom” ijrosini ta’minlash maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrugʻi qabul qilingan.

Bugun 18-may kuni Urganch shahridagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ichki baholash yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Ushbu amaliy seminarda 2024-yilda davlat akkreditatsiyadan oʻtkazilishi belgilangan 14 ta umumiy oʻrta ta’lim maktablari va har bir tuman (shahar)dan eng na’munali 56 nafar davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini ichki baholash komissiya raislari qatnashdi.

Amaliy seminarni Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining “Oʻquvchi va pedagoglarning bilimi va koʻnikmalarini baholash, ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish boʻlimi boshlig‘i T.Nurmetov, Ta’lim tashkilotlarini akkreditatsiyalashni tashkil etish sho‘basi metodisti O.Matkarimov va Urganch shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi boshlig‘i M.Marimovlar olib bordi.

Seminar ikki qismda yalpi yig‘ilish va amaliy jarayonlar bilan tanishish tartibida o‘tkazildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Urganch shahridagi 31-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tomonidan maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazishda ichki baholash tizimi yuzasidan amaliy seminar tashkil etildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DARSDAN SO‘NG

"...Uvvos fig‘on tutdi qishloqni tongda,
Zamin aza ochdi, zamon yig‘ladi.
Daftar topshirmagan yetti o‘quvchi
Hammadan ham yomon yig‘ladi."

Matnazar Abdulhakim

#Устозга_эҳтиром
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZM VILOYATIDAGI UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO‘NALTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Xiva shahridagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarga kasb-hunar va 2 ta xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha viloyatdagi namunali maktab hisoblanadi.

Maktabning birinchi qavatidagi bo‘sh turgan xonalar tadbirkorlarga ajratib berilib, ushbu xonalarda 14 ta yo‘nalishda ishlab chiqarish va kasbga o‘rgatish xonalari tashkil qilingan.

Bugungi kunda maktabda tikuvchilik, gilamdo‘zlik, qandolatchilik, kashtachilik , kulolchilik, kompyuter dasturlash, do‘ppido‘zlik, robototexnika kabi kasblar o‘rgatilmoqda.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
O‘QUVCHILAR “VR-PROFI HUB” LOYIHASI DOIRASIDA IT-KASBLAR BILAN TANISHTIRILDI