Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.2K photos
4.4K videos
464 files
9.35K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Ogahiy_bobomiz_214_yoshda
#Taqdirlash_marosimi

❇️ Tadbirning ikkinchi qismida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰 Ogahiy ijod maktabi Xorazm viloyati MMTB va "Xorazm haqiqati" va "Хорезмская правда" gazetalari birlashgan tahririyati bilan hamkorlikda Xorazm viloyati MMTB tasarrufidagi umumiy o’rta ta’lim maktablari va Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning o'qituvchilari hamda o‘quvchilari uchun tanlovning “Ogahiyga ehtirom” she'riyat va "Ogahiy g‘azallarining mohir ijrochisi" taqdimot yo‘nalishi bo‘yicha munosiblar e'tirof qilindi.


🔹 Ogahiy ijod maktabi o‘quvchilari uchun alohida e'lon qilingan "Ogahiy izdoshlari" nomli tanlovda nazm, publitsistika, grafik dizayn, tasviriy san'at yo‘nalishlarida ishtirok etib g‘oliblikni qo‘lga kiritganlar ham taqdirlandi.

➡️
G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

🌐 Telegram | Facebook
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Qo‘shko‘pirdagi o‘qituvchilar viloyat hokimiga ovoz yig‘ishmoqda-mi?" sarlavhasi ostida xabar tarqatildi.

Mazkur holat bo‘yicha Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan maktab direktorlariga ovoz to‘plash majburiyligi bo‘yicha og‘zaki yoki yozma ko‘rsatma berilmagan bo‘lib, ushbu jarayonda ishtirok qilish ixtiyoriy ravishda amalga oshirilganligini ma’lum qilamiz.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Директорлар Кенгаши аъзолари учун ўқув семинар
#15dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yil 12-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Maktab o‘quvchi qizlari sinfdoshini samosud qilmoqda” sarlavhasi ostida videolavha tarqatildi.

Mazkur holat Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ishchi guruhi hamda tegishli tashkilot vakillari ishtirokida o‘rganildi va quyidagilar aniqlandi.

Videolavhada aks etgan voqea 2023-yil 15-noyabr kuni Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 7-sinf o‘quvchilari o‘rtasida katta tanaffus paytida sodir bo‘lgan bo‘lib, shu kuni ular o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik va janjal boshqa bir sinfdosh qiz tomonidan tasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylanganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu vaziyat tuman IIB xodimlari tomonidan muhokama qilinib, profilaktika inspektorlari tomonidan O‘z.Res MJtKning 47-moddasi 1-qismi bo‘yicha ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Kelgusida shu kabi holatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, tuman IIB, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamkorligida janjalda ishtirok qilgan o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt
#Direktorlar_kengashi
#Таълим_ислоҳоти

🔴
Bugun “Zamonaviy ta’lim direktorlar nigohida” treningi qatnashchilari uchun mahorat darslarining ikkinchi kuni bo’lib o’tdi.

✔️Ishtirokchilar uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ullari va xorijiy mutaxassis, Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori maslahatchisi Michele Gaddy tomonidan:

Mehnat munosabatlari va mehnat qonunchiligi talablari,
Maktablarda moliyaviy faoliyatni tashkil etish tartibi,
Maktablarda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar mavzularida seminar-trening tashkil etildi.
_______

Ma’lumot o’rnida: “Direktorlar kengashi”ning asosiy vazifalari:

maktab direktori lavozimiga tanlash va saralash asosida munosib nomzodlarni tavsiya etish;

maktablar boshqaruvida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda maktab direktorlarining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha takliflar berish;

maktab direktorlari, o‘qituvchi va pedagoglarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilgan holatda o‘z vakolati doirasida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish;

pedagoglar, ota-onalar, o‘quvchilar o‘rtasida maktablar boshqaruvida sog‘lom muhitni tashkil etish bo‘yicha so‘rovnoma va o‘rganishlar o‘tkazish.

❗️Kengash quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan axborotni belgilangan tartibda tegishli ravishda davlat organlari va tashkilotlari hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridan so‘rab olish;

ish rejalar va dasturlarni, ta’lim faoliyatini muhokama qilishda ishtirok etish, ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.