Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
10.4K subscribers
24.1K photos
4.76K videos
472 files
10.3K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Xabaringiz bor, joriy yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston terma jamoasi safida xorazmlik ikki nafar o‘quvchimiz Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Azizbek Erkinov hamda Xorazm  viloyati Urganch tumanidagi 45-IDUMI o'quvchisi Rahimboy
Vaysboyev 20-Xalqaro yoshlar tabiiy fanlar olimpiadasida ishtirok etish uchun Tailandga jo’nab ketgan edi.

Bugun 9-dekabr kuni Tailandning Bangkok shahrida 56 ta davlatidan jami 308 nafar iqtidorli o’quvchilar ishtirok etgan xalqaro olimpiadada Azizbek Erkinov munosib ishtirok etib bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu yutuq tabiiy fanlar yo‘nalishida erishilgan ilk g‘alaba hisoblanib, viloyatimizda o‘tkazilgan Al-Beruniy olimpiadasining mutloq samarasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Barchamizga ushbu yutuq muborak bo‘lsin!

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
👍6
#Madhiya_31_yilligi

10-dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kundir.

Ushbu sana milliy davlatchiligimiz tarixida alohida ahamiyat kasb etadi.

Davlat madhiyasining matni muallifi O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov bo‘lib, musiqasini O‘zbekiston xalq artisti, atoqli bastakor Mutal Burhonov bastalagan.

Davlat madhiyasi qabul kun barchamizga muborak bo'lsin!

Madhiyamiz hamisha mag’rur jaranglasin!
_____
Serquyosh hur o’lkam, elga baxt, najot,
Sen o’zing do’stlarga yo’ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bag’ri keng o’zbekning o’chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo’r qanot!
Istiqlol mash’ali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu bo’l obod!

Oltin bu vodiylar – jon O’zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug’ xalq qudrati jo’sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
👍2
#jarayon
#robocoding

🤖 "ROBO-CODING" OLIMPIADASI!

🗺 Xabar berganimizdek, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining oʻquvchilari oʻrtasida Robo-kodlash (“Robo-Coding”) olimpiadasining hududiy bosqichi oʻtkazilmoqda.

🔺 Xorazm viloyatidagi jarayonlar Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida bo‘lib o‘tmoqda. Unda jami 22 ta jamoa o‘zaro bellashmoqda.

📸 Jarayondan fotoreportaj

🚀 Jamoalarga omad tilab qolamiz!

🌐Telegram | Facebook
⚡️"ROBO-CODING" OLIMPIADASINING XORAZM VILOYATI BOSQICHI NATIJALARI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident, ijod ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlarining o‘quvchilari o‘rtasida sun’iy intellekt va robototexnika yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil qilingan olimpiadaning hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur olimpiada ikki bosqichli bo‘lib, birinchi bosqichi 9-dekabr kuni hududlarda bo‘lib o‘tdi.

Xorazm viloyati bo‘yicha yakuniy natijalarga ko‘ra:

5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘olib jamoalar:

🥇Tuproqqal'a tumani ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈Yangibozor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi
🥉Yangiariq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi

9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida g‘olib jamoalar:

🥇Yangibozor tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi
🥈 Shovot tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati
🥉Bog‘ot tumani Ixtisoslashtirilgan maktabi

⚡️G'olib jamoalarga Olimpiadaning  2024-yil 5-6-yanvar kunlari bo‘lib o‘tadigan Agentlik bosqichida omad tilaymiz
.
🌐Telegram | Facebook
👍2