Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12.2K subscribers
22.6K photos
4.58K videos
466 files
9.83K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
XIVA SHAHRIDAGI 18-SON MAKTABDA O‘QUVCHILARGA KASB-HUNAR O‘RGATISH XONALARI NAMUNALI TASHKIL ETILDI

Ma'lumki, bugun umumta'lim maktablarida o'quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalasi davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifa etib belgilandi.

Bu borada Xorazm viloyatida ham zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilib, shahar, tuman va mahallalarning xususiyati, imkoniyatidan kelib chiqib, o‘quvchilarga maktabning o‘zida turli xil ishchi kasblarni orgatish yo'lga qo'yilmoqda.

Xususan, Xiva shahridagi 18-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarga ikkita xorijiy – ingliz va fransuz tili o‘qitilishi yo‘lga qo‘yildi. Shuning barobarida ularga 17 ta yo‘nalish bo‘yicha, jumladan, qandalotchilik, naqqoshchilik, palos to‘qish, gilamchilik, ayollar va erkaklar sartaroshi, tikuvchilik, kompyuter dasturlash, maishiy texnika tuzatish, fotogrof, tunukachilik, mobil telefon ustasi, kulolchilik, kashtachilik kasb-hunarlarini o‘rgatish bo‘yicha xonalar tashkil qilinib qayta jihozlandi.

BATAFSIL
Audio
Suvni tejash madaniyat belgisidir. Xorazm viloyat radiosining bugun efirga berilgan “Mavzu tafsiloti” eshittirishida “Xorazm suv taʼminoti” MChJ axborot xizmati rahbari Аlisher Raxmanov suv taʼminoti bilan bog`liq boshqa masalalar haqida atroflicha so`z yuritdi.
“Xorazm suv taʼminoti” MChJ axborot xizmati YouTube| Cabinet | Telegram | Facebook | Instagram
Website | Chat
#Seminar_trening
#Fransuz_tili

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasi doirasida o‘quv-
seminari o‘tkazildi

Bugun poytaxtimizda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo'lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasi doirasida fransuz tili o’qituvchilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Usmon Sharifxodjayev ochib berdi va yurtimizda ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor, xorijiy mutaxassislarning faoliyatidan ko’zlangan maqsad va mazkur loyihaning afzalliklari haqida so‘z yuritdi.

⚡️Trening jarayonlarida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining Ta’lim yo‘nalishi bo’yicha attashesi Serj Bellini ham ishtirok etib, qatnashchilarga seminar ishida va kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.

❗️O
'quv-seminari doirasida:

Xorijiy tillarni o‘qitish uchun til egalari bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish loyihasining maqsadi, kutiladigan natijalar va istiqboldagi rejalar,
fransuz tili fanining ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darsliklari va o‘qitish metodikasi,
O‘zbekistonning o‘ziga xos mentaliteti, madaniyati, milliy urf-odatlar va qadriyatlari mavzularida taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.
______
Julia Pauline Carre, Fransiya:

- Menga O'zbekiston va bu yerdagi odamlar katta taassurot qoldirdi. Maktab o'quvchilari va o'qituvchilarining fransuz tilidagi bilimlari ham yuqori. Men ushbu loyiha doirasida mahalliy o'qituvchilar bilan yelkama-yelka holda O'zbekiston ta'lim tizimi rivojiga hissa qo'shmoqchiman. Bizning ishimiz haqida albatta natijalar gapiradi. O'ylaymanki, birgalikda bir jamoa bo'lib ko'zlagan maqsadlarimizga yetamiz.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#10_fakt

SUV HAQIDA QIZIQARLI 10 TA FAKT

Chanqoqni his qildingizmi? Agar shunday bo‘lsa, bu organizmingizning biroz suvsizlanganidan darak.

Bilasizmi, inson tanasining taxminan 60% qismi suvdan iborat. Bu shuni anglatadiki, tananing me'yorida ishlashiga suvsizlanish salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Keling, nima uchun suv ichish kerakligini bilib olaylik?

1️⃣ Inson suvsiz bir necha kun yashay oladi.

2️⃣ Suv saraton kasalligining oldini oladi.

3️⃣ Ko‘plab ilmiy izlanishlar suvning kayfiyatga ta’sir qilishi, g‘azab va hayajonni kamaytirishi mumkinligini isbotlagan.

4️⃣ Suv mushak to‘qimalarining 75% ini tashkil qiladi.

5️⃣ Suvsizlanish zaiflik, charchoq va bosh aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin.

6️⃣ Suv bo‘g‘imlardagi og‘riqni kamaytiradi.

7️⃣ Suv tanadan bakteriyalarni tozalashga ko‘mak beradi.

8️⃣ Suv bosh og‘rig‘ining oldini oladi. Ba’zida bosh og‘rig‘iga oddiy suvsizlanish sabab bo‘lishi mumkin.

9️⃣ Ba’zida inson chanqagan bo‘lsa ham ochman, deb o‘ylaydi.

🔟 Suv tanadagi ozuqa moddalarining to‘g‘ri so‘rilishi uchun juda zarurdir.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari uchun boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish kompleans nazoratini amalga oshirish bo‘yicha bosh mutaxassisi E.Xodjayev tomonidan o'tkazilgan navbatdagi yig'ilishda dastlab sohada uchrayotgan korrupsion holatlarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish yuzasidan so'z yuritildi.

Shuningdek, tizimdagi hujjatlarning yuritilish holati, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari, ijro intizomi va boshqa tegishli masalalarga ham alohida to'xtalib o'tildi.

Tadbir davomida yig'ilganlar ham o'zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o'tishdi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati.

TelegramIYoutubeIFacebookInstagramI Web-sayt
Diqqat_tanlov!

📣📣 Aziz o’quvchilar!

1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozingizni noodatiy yo'l bilan xursand qilmoqchimisiz?

Unda biz sizga shunday imkon beramiz!

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi bugungi kunda yuqori sinf o’quvchilarining ijtimoiy tarmoqdagi faolliklari, ular tomonidan ishlanayotgan roliklarning trendga chiqayotganini inobatga olib, ushbu mahorat evaziga rag'batga ega bo'lishga chorlab qoladi.

❗️O'qituvchingiz haqida rolik suratga oling va ustozingiz uchun sovg'a yutib oling!

⚠️Xo’sh, buning shartlari qanday?

Rolik davomiyligi 2 daqiqadan oshmasligi kerak;

Ushbu postni o‘z sahifangizda bo‘lishishingiz lozim (bo‘lishganda sahifangiz ochiq bo‘lsin);

Ijodiy ishingizni #Ustozimga xeshtegi bilan o‘z sahifangizda ham, vazirlikning Facebook sahifasida ushbu tanlov e'lon qilingan post ostida ham bo‘lishing.

✔️ Jamoatchilik tomonidan eng ko'p layk yiqqan ijodiy ish tanlov g’olibi deb topiladi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan taqdirlanadi.

🥇1-o'rin - monoblok
🥈2-o'rin - kompyuter
🥉3-o'rin - noutbuk

Roliklarni tayyorlashda ijodiy yondashuv olqishlanadi.

❗️Tanlovda qatnashish huquqiga faqat barcha shartlarni bajargan ishtirokchilar ega bo’ladi.

⚡️Tanlov g'oliblari 28-sentabr kuni soat
1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ da e'lon qilinadi.

Vaqt ketdi!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Внимание_конкурс!

📣📣Дорогие ученики!

Хотите необычным образом порадовать своего учителя по случаю 1 октября-Дня учителя и наставника?

Тогда мы предоставим Вам такую ​​возможность!

Министерство дошкольного и школьного образования сегодня призывает старшеклассников получать стимулы в обмен на этот навык, учитывая, что активность старшеклассников в социальных сетях высокая, ролики, над которыми они работают, набирают обороты.

❗️ Снимите креативный ролик про своего учителя и выиграйте подарок для своего любимого учителя!

⚠️ Итак, каковы условия для этого?

Продолжительность ролика не должна превышать 2 минут;

Поделитесь этим постом на своей странице (ваша страница должна быть открытой во время публикации);

Поделитесь своей творческой работой с хэштегом #Моему_учителю как на своей странице, так и на странице министерства в Facebook под постом, в котором объявлен этот конкурс.

✔️ Творческая работа, получившая наибольшее количество лайков от общественности, признается победителем конкурса и награждается Министерством дошкольного и школьного образования.

🥇1 место - моноблок
🥈2 место - компьютер
🥉3 место - ноутбук

Приветствуется креативный подход к изготовлению роликов.

❗️ Право на участие в конкурсе имеют только те участники, которые выполнили все условия.

⚡️Победители конкурса будут объявлены 28 сентября в 1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣.

Время началось!

Подписаться на официальные страницы Министерства
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram