Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.43K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Seminar_trening
#Taqdimot
#Taqdirlash_marosimi

“O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti bo’lib o’tdi

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan
Respublika o'quv seminari doirasida o’quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va maktabdan tashqari ta’lim sifatini oshirish yo’nalishida o’quv seminarlari bo’lib o’tdi.

Unda bu yo’nalishda olib borilayotgan ishlar, yangiliklar haqida so’z bordi. Seminar qizg’in bahs-munozaralarga boy holda o’tib, ishtirokchilarning savol va takliflari tinglandi.

❗️Kunning ikkinchi qismida esa “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” taqdimoti va “Alifbo tartibidagi olam” – “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ning yaratilishi haqida qisqa film namoyishi bo’lib o‘tdi.

Taqdimot davomida Davlat tilini rivojlantirish departamenti mudiri Nodir Jonuzoq tomonidan izohli lug’atning yaratilish jarayoni haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumot berildi.

✔️Shundan so’ng, tadbirning taqdirlash marosimi bo'lib o'tib, vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari hamda ishtirokchilariga sertifikatlar topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Forwarded from KHISO olimpiada
Prezident maktabi imtihonining saralash bosqichi o‘tdi, endi asosiy bosqichga tayyorlanamiz!

🔴 Prezident maktabi imtihoniga tayyorgarlik bo‘yiha an'anaviy 20-repetitsion test!

🗓 Bugun 23-iyul kuni soat 11:00 dan soat 23:00 ga qadar khiso.uz saytida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

📈 Tanqidiy fikrlash (16 ta savol, 2 balldan);
📊 Muammoni hal qilish (24 ta savol, 2 balldan);
🇬🇧 Ingliz tili (40 savol, 0.5 balldan).

🧪 Testlar Cambridge Assessment Admissions Testing tashkiloti standartlari asosida tuzilgan.

🥇 Oʻquvchi va uning ustozi mos ravishda QR kodli sertifikat va tashakkurnoma bilan taqdirlanadi.

📹 Testlarning tahlili bilan faqat ishtirokchilar o‘z sertifikatlari yordamida tanisha oladi.

🪙 Har bir ishtirokchiga KUNTESTI mobil ilovasi uchun 100 ta bepul tanga beriladi. (100% lik CASHBACK)

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

✍️ Qo‘shimcha savollar uchun: ➡️@khiso_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XORAZM_BABM
Gʻoliblar aniqlandi.

▪️Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan oʻtkazilgan  “Milliy hunarmandchilik” koʻrik tanlovining mutlaq gʻoliblari va sovrindorlari aniqlandi.

"Do'ppido'zlik"
"Gilamdo'zlik"
"Zardo'zlik"
"Mahsido'zlik" yo'nalishlari bo'yicha e'lon qilingan ushbu tanlovning
🔷Do‘ppido‘zlik: yo'nalishi bo'yicha

🥇1-oʻrinni Xorazm viloyati, Yangibozor tuman “Barkamol avlod” bolalar maktabi toʻgarak a’zosi Nazokat Eshboyeva egalladi.

👏Jamoamiz nomidan Nazokat Eshonboyevaga ulkan zafarlar tilaymiz.

©Xorazm viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
Bugun Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Hazorasp tumani hokimi Zafar Abdirimov bilan birgalikda ta’lim muassasalarida bo‘ldilar.

Xususan, tumandagi  14-sonli umumta’lim maktabi hamda 20-sonli DMTTlarida bo‘lib, yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish va  kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng tumandagi maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida seminar o‘tkazilib, muassasalarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from KHISO olimpiada
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Imtihonlarga juda qisqa vaqt qoldi, qanday kitoblardan tayyorgarlik ko‘rish kerak?

🇶🇦Muhammad al Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab imtihoni 25-26 iyul kunlari;

🇶🇦 Yangi ochilgan ixtisoslashtirilgan maktablar imtihoni 28-30 iyul kunlari;

🇶🇦 Prezident maktabi imtihonining asosiy bosqichi avgust oyida;

📚 Shu munosabat bilan sizga ushbu kitoblarimizni tavsiya qilamiz!

📹 Innovatsion kitoblarimizda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

🔖 O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Buyurtma berish uchun: ➡️ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TUPROQQAL’A TUMANIDAGI TA’LIM MUASSASALARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov Hazorasp tumanidagi ta’lim muassasalarini ko‘zdan kechirgach Tuproqqal’a tumaniga yo‘l oldi. Tumandagi 2-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 7-sonli DMTTlarida bo‘lib, muassasalarda o‘quvchi hamda tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, obodonlashtirish ishlari ham kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng tumandagi barcha maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktori ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i tomonidan o‘rganilgan ta’lim muassasalarida aniqlangan kamchiliklar keltirilib, ularrni bartaraf etish choralari muhokama qilindi.

Yuqoridagi ta’lim maskanlari misolida ta’lim muassasalarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilandi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Shveytsariya davlatida bo‘lib o‘tgan nufuzli Xalqaro kimyo olimpiadasida o‘quvchilarimiz ajoyib natijalarni - 2 ta oltin, 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi.

90 ga yaqin davlatdan 350 nafarga yaqin o‘quvchi ishtirok etgan olimpiadada Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Azizbek Nazarov hamda Uchtepa tumanidagi 81-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Abdulloh Mahmudov oltin medal, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi Shahzoda Hakimova kumush medal hamda Toshkent shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Sohibjon Dilmurodov bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Aytish joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq oltin medal olgan o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari (165 mln so‘m), ustozi 450 baravari(148,5 mln so‘m) miqdorida, kumush medal uchun o‘quvchi 300 baravar (99 mln so‘m), ustozi 250 baravar (82,5 mln so‘m) hamda bronza medal uchun o‘quvchi bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (66 mln so‘m), ustozi 150 baravar (49,5 mln so‘m) pul mukofotlari bilan taqdirlanadi. Bu esa Davlatimiz tomonidan ilmli yoshlarga berilayotgan eʼtiborning yuksak namunasi, deb bilaman.

Bundan tashqari, Xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMlarga imtiyoz bilan grant asosida o‘qishga qabul qilinib, keyinchalik taʼlim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib faoliyat yuritadigan bo‘lsa lavozim maoshiga 150 foiz har oy 100 foizlik ustama oladi.

Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimiz, ularning ustozlari hamda terma jamoamizning har bir aʼzosini ilm yo‘lidagi yana bir ulkan g‘alaba bilan muborakbod etaman. 

Aziz o‘quvchilar,
ilm olishdan, izlanishdan va Vatanimiz bayrog‘ini ilmingiz bilan balandlarga ko‘tarishdan aslo to‘xtamang.
#imtihon_natijalari
#birinchi_bosqich
#Prezident_maktablari

📣 PREZIDENT MAKTABLARINING 1-BOSQICH IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI!

✔️ Joriy yilning 15-iyul kuni o‘tkazilgan 1-bosqich imtihon natijalari e’lon qilindi.

❗️Imtihon natijalarini quyidagicha  aniqlashingiz mumkin:

portal.piima.uz saytining "Qabul 2023" bo'limi "Natijalar" oynasidan "Prezident maktabi natijalari" bo'limida ID raqamingizni kiritish orqali https://portal.piima.uz/page/ps1

Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

Talabgorning ariza.piima.uz saytidagi shaxsiy kabinetiga ID raqamini kiritish orqali.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM