Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
12.2K subscribers
22.6K photos
4.58K videos
466 files
9.83K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
#Сўнгги_қўнғироқ

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘zi tahsil olgan maktabdagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

Bugun vazir Hilola Umarova Toshkent shahridagi 241-maktabda bo‘lib, “Ilmni qadrlang, ilmga intiling” shiori ostida tashkil etilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.

❗️Tadbir
avvalida vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini o‘qib eshittirdi va yangi hayot sari qadam tashlayotgan yoshlarni samimiy tabriklab, ularga muvaffaqiyatlar tiladi.

✔️ Tadbir doirasida Hilola Umarova Toshkent shahridagi maktablarda faoliyat yuritib kelayotgan faxriy ustozlar bilan ham uchrashib, ularning 4 nafarini "Xalq ta'limi fidoyisi", 13 nafarini esa "Xalq ta'limi a'lochisi" ko‘krak nishonlari bilan taqdirladi.

📌 Ma'lumot o'rnida, mazkur maktabni bu yil 39 nafar 11-sinf o'quvchilari bitirdi. Ulardan 7 nafari muddatidan oldin oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan, 4 nafari xalqaro IELTS sertifikatiga ega va 1 nafari fan olimpiadasida oltin medal sohibi hisoblanadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarIda kechadan beri elektr tarmog‘ida uzilish bo‘lganligi to‘g‘risida xabarlar tarqatildi.

O‘rganish davomida Qo‘shko‘pir tumanidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarda elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar bugun to‘liq bartaraf qilinganligi aniqlandi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan jarayonlar haqida videolavha.

Urganch shahar 42-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati misolida.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
Forwarded from KHISO olimpiada
Uzoq kutilgan "Mantiqiy matematika" kitobimizning 2-qismi nashrdan chiqdi!

⭐️ O‘zsanoatqurilishbank ATB ko‘magida o‘zbek va rus tilidagi jami 700 ta test va video yechimlarni o'zida jamlagan "Mantiqiy matematika testlari" to‘plamining 2-qismi nashrdan chiqdi.

📚 Bu safar kitobimiz to‘rt bo‘limdan iborat;

🔤-bo‘lim: Nisbatan osonroq 200 ta savol (2-3 sinf)
🔤-bo‘lim: O‘rtacha qiyinlikdagi 200 ta savol (3-4 sinf)
🔤-bo‘lim: Nisbatan qiyinroq 200 ta savol (4-5 sinf)
🔤-bo‘lim: 100 ta yangi IQ test (barcha sinflar uchun)

📹 Innovatsion kitobda har bir test yakunida nafaqat javoblarini, maxsus QR kod orqali video yechimlari bilan ham tanishishingiz mumkin. Video yechimlar ultra yuqori sifatda (4K formatida) yozilgan.

🥇 Kitob Prezident va ixtisoslashgan maktab imtihonlariga tayyorgarlik ko'rayotgan o'quvchi va ularning ustozlari uchun ajoyib qo'llanma tarzida xizmat qiladi.

🔖 O‘quv markazlar va xususiy maktablar uchun chegirmalar mavjud.

Buyurtma berish uchun: ➡️ @khiso_lc_admin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! E’LON!

📣Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlari tuzilmasidagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i va fan metodistlari uchun tanlov e'lon qilinаdi!

👉 Mazkur tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://ish.uzedu.uz

Tanlov ikki bosqichda - test va suhbat asosida bo‘lib o‘tadi.

✔️ Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan mazkur tanlovga hujjat topshirish bo‘yicha video-yo‘riqnoma tayyorlangan bo’lib, ushbu havola orqali yo’riqnoma bilan tanishishingiz mumkin.

❗️
Shoshiling!

📆 Ro'yxatdan o'tish joriy yilning 10-iyuniga qadar davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyatida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yashil-chiroq-2023” musobaqasining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi
————————————————
Хоразм вилоятида мактаб ўқувчилари ўртасида "Яшил-чироқ-2023" мусобақасининг 3-босқичи бўлиб ўтди
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMNI QADRLANG, ILMGA INTILING SHIORI OSTIDAGI SO'NGGI QO'NG'IROQ TADBIRLARI
25.05.2023

📲@XorazmTELEKANAL✔️
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Seminar_trening

“Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglar davom etmoqda

🔴 Seminar-treninglar quyidagi yo’nalishlarda bo’lib o’tmoqda:

▶️ o‘quvchi qabuli,
▶️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi maktablaridagi yondashuv, mezonlarga asoslangan baholash tizimi,
▶️ umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’limni joriy etish,
▶️ maktablarda o‘quvchilarni bepul ovqatlantirish,
▶️ ikkinchi xorijiy tilni va kasb o‘rgatishni joriy etish,
▶️ nodavlat ta’lim muassasalari faoliyati,
▶️ attestatsiya va akreditatsiya, milliy reyting,
▶️ maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrov darajasi.

❗️ Treninglar davom etmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram