Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.42K subscribers
21.4K photos
4.43K videos
466 files
9.43K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Urganch shahridagi 19-sonli maktab va Xiva shahridagi 9-sonli maktab oʻquvchi va oʻqituvchilari Germaniya davlatining “Maktablar: kelajak hamkorlari” loyihasi doirasida oʻtkazilgan “Shum bola-2023” kinofestivalida ishtirok qilishdi.

2023-yil 5-may kuni Toshkentdagi Gyote instituti hamkorligida germaniyalik rejissyor Michael Harbauer va aktyorlar Luis Vorbach ishtirokida “Shum bola” kinofestivali oʻtkazildi. Festivalda Gyote instituti direktori Maren Nimayer ishtirok qildi.

Shuningdek, loyiha doirasida faoliyat olib borayotgan Urganch shahridagi 19-sonli va Xiva shahridagi 9-sonli maktab oʻquvchilari va nemis tili oʻqituvchilari qatshadilar.

Festival doirasida nemis tilida qoʻyilgan kinofilm oʻquvchilarda juda katta qiziqish uygʻotdi.

Telegram/Youtube/Facebook/Instagram/Web-sayt
TOSHKENTDAGI GYOTE INSTITUTI BILAN HAMKORLIK ISHLARI DAVOM QILMOQDA

Qo'shko'pir tumanidagi 5-IDUM ning nemis tili fani o'qituvchisi Feruza Allaberganova, shu maktabning fizika fani o'qituvchisi Ziynat Ibodullayeva bilan birga Germaniya davlatining Toshkentdagi Gyote institutining "CLIL & MINT" loyihasida ishtirok etib kelmoqdalar.

Loyiha doirasida fizika fani nemis tili fani bilan birgalikda o'qitilmoqda.

Loyihaga qamrab olingan o'quvchilar juda qiziqish bilan o'rganishmoqda.

O'qituvchilar faoliyati baholanib, "Eng zo'r jamoa" deb topildi va Gyote instituti tomonidan "Interaktiv sensorli panel" bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Feruza Allberganovaning “To‘garaklarda CLIL va MINT mashg‘ulotlarini tashkil etish” mavzusidagi tayyorlagan metodik qo‘llanmasi respublika miqyosida ommalashtirilib, sertifikat berildi.

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Gyote institutiga hamkorlik uchun o'z minnatdorchiligini bildiradi.

Telegram/ Youtube/ Facebook/Instagram/ Web-sayt
#XORAZM_BABM
OROMGOH_2023

📌O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 36-04/3-758-sonli xatiga ko'ra joriy yilning 4-8 may kunlari 2023-yil yozgi oromgohlarda ishlovchi pedagog-hodimlar, tarbiyachilar, musiqa o'qituvchilari , sport yo'riqchilari uchun o'quv seminar tashkil qilish va ularga o'qiganlik to'g'risida ma'lumotnoma berish topshirig'i berilgan edi.

⚡️Ushbu topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida , Xorazm viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabida o'quv seminar o'tkazildi

📎Seminar davomida ishtirokchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va tajriba almashishdi

📃Seminar yakunida ishtirokchilarga o'quv qo'llanmalar hamda seminarda ishtirok qilganligi uchun ma'lumotnomalar topshirildi.

Eslatib o'tamiz! Xorazm viloyatida 2023-yilgi mavsumda faoliyati olib boradigan statsionar oromgohlar soni 30 ta, undagi qamrab olinadigan bolalar soni esa 11240 nafarni tashkil etadi

Xorazm viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
2022-2023-йиллар давомида "ONA fondi" томонидан умумтаълим мактабларига кўплаб ҳомийлик ёрдамлари амалга оширилди.

Хусусан, Шовот тумани 52-сон, Қўшкўпир тумани 17-сон, 14-сон, Ҳазорасп тумани 10-сон умумий ўрта таълим мактабларига керакли спорт анжомлари (2000 доллар миқдорида)олиб берилиб, Боғот туманидаги 32 мактабда компютер синф (15 та комплект компютер) фонд томонидан ташкил қилинди.

Бундан ташқари 75 та бемор, ногирон, кам таъминланган аҳолига 150 млн сўм моддий ёрдам, ёлғиз онага уй солиш учун 50 млн сўм пул, 2 та беморнинг 2500 долларлик операция пуллари тўлаб берилди.

Ичимлик суви билан таъминланмаган аҳоли учун 4 та сув тозалаш станциялари, Боғот туманидаги ишламай турган Тўпчи қишлоқ врачлик пункти тўлиқ ҳомилик асосида реконструкция ишлари, 2 та спорт майдончалари қуриб ишга туширилди.

📣 Бугунги кунда 2022-йил бренди танлови якунига етай деб қолди. Таълим соҳасига, қолаверса аҳолининг эҳтиёжманд қатламига қаратган эътибори, ҳомийлик ёрдамлари учун "ONA fondi"га овоз беришингиз сўралади.

Бунинг учун Сиз,
Қуйидаги ҳаволага ўтинг
👉 @makon_brand_bot;
👉"Жамият" ёки "Общество" бўлими устига босинг;
👉ONA FONDI га овоз беринг.

📲 Овоз беришингиз кўп вақтингизни олмайди, лекин сизнинг овозингиз қайсидир беморнинг ҳаётини сақлаб қолиши ❤️ мумкин.

👏 Бу фақатгина эътироф, бундан бизга моддий манфаат йўқ, бироқ ҳомийларни жалб қилиш ва кўплаб савобли ишлар учун имкон бўлиши мумкин!

‼️Вақт оз қолди. Овоз бериш 2023-йил 8 майгача давом этади.
#Sportchilarga_Imtiyoz

SPORTCHILAR UCHUN OLIY TA'LIM MUASSASALARIGA IMTIYOZ

O‘zbekiston Republikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 18-apreldagi 01/471-A/F-sonli hamda 2023-yil 23-apreldagi 01/528-A/F-sonli buyrug‘iga binoan, imtiyozga ega sportchilarning hujjatlari 25-may kuniga qadar viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasida qa'bul qilinadi.

Ma'lumot uchun telefonlar: +998932884188

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Xalqaro_forum
#Angliya

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi vazirlik delegatsiyasi ayni damda Butunjahon ta’lim forumida ishtirok etishmoqda.

📍 Forum Buyuk Britaniyaning London shahrida tashkil etilgan bo’lib, unda butun dunyodan ta'lim vazirliklari delegatsiyalari qatnashishmoqda.

Butunjahon ta’lim forumi:

▶️ bugungi kundagi ta'lim sohasida mavjud muammolarga ijobiy yechim topish,
▶️ yuzaga kelgan ta'lim va o‘quv masalalarida firk almashish,
▶️ ta'lim jarayonidagi yangiliklar haqida taqdimotlar o‘tkazish,
▶️ davlatlar tomonidan ta'limning turli xil yo‘nalishlaridagi muvaffaqiyatlar bilan bo'lishish uchun xalqaro maydon hisoblanadi.

✔️ Ma'lumot o'rnida, Butunjahon ta'lim forumi an'anaviy tarzda har yili o'tkaziladi hamda ta'lim sohasidagi dunyoning eng nufuzli tadbirlaridan biri hisoblanadi.

📆 Forum 10-maygacha davom etadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Urganch tumanidagi 24-son DMTTning 1-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari ishtirokida 9-may Xotira va qadrlash kuniga marhum ustoz Zuhra Polvonava xotirasiga bag'ishlab ''Hamisha qalbimizdasiz'' nomli xotira kechasi o‘tkazildi.

Tadbirda marhum ustozning yaqinlari ham ishtirok qilib, bolalarga sovg'alar ulashdilar.