Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.36K subscribers
21.7K photos
4.45K videos
465 files
9.49K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хива шаҳар 3-сон мактабда ташкил этилган Жалоладдин Мангубеди хонасининг очилиш маросимидан лавҳа
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Хива шаҳар 3-сон мактабда ташкил этилган Жалоладдин Мангубеди хонасининг очилиш маросимидан лавҳа
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Брифинг

Хоразм вилояти Халқ таълими бошқармаси бошлиғининг биринчи ўринбосари Зарипов Қаҳрамон Эркинович иштирокидаги брифинг.

aokaxorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram
E’LON!
Matbuot anjumani


Ertaga, 29-mart kuni soat 15:00 da Xorazm viloyati xalq ta’limi boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi hamkorligida "Oila, maktab va mahalla" tamoyilining ta'lim va tarbiya jarayoniga ta'siri" mavzusida Matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumaniga barcha jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.


Murojaat uchun tel: 99-560-81-48

Manzil: Xorazm vilоyati xalq ta’limi boshqarmasi. Urganch shahar. Y.Bobojonov ko‘chasi 29-uy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GANDBOLCHI QIZLAR OSIYO CHEMPIONATI SOVRINDORI BO'LISHDI

Qozog`iston davlatining Olmaota shahrida gandbol bo`yicha 18 yoshgacha bo`lgan qizlar o`rtasida IX-qit’a chempionatida O`zbekiston terma jamoasi faxrli uchinchi o`rinni egalladi.
E’tiborlisi, mamlakatimiz terma jamoasining ushbu muvaffaqiyatiga Urganch tumanidagi 19-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o`quvchilari – Bonu Erkaboyeva, Sevinch Erkaboyeva va Zulayho Marimboyeva hamda ularning murabbiysi Mansur Bobojonovlar o`zlarining munosib ulushlarini qo`shishdi. Bu bilan ular Xorazm gandboli tarixida o`ziga xos sahifa ham yaratishdi.
👉@Xorazm_XTB
https://t.iss.one/metodikaXorezm

Mazkur telegram guruhi orqali viloyat xalq ta’limi boshqarmasi rus tili fani metodisti Xo‘janiyozov Xudoyshukur tomonidan viloyatdagi rus tili fani o‘qituvchilariga metodik yordam ko‘rsatilmoqda. Mazkur guruhga ulanib rus tili fani va "Zo‘r!" (Klass!) loyhasi va xalqaro sertifikatlar bo‘yicha savollarga javob olishingiz mumkin.
НАЖОТИМИЗ ТАЪЛИМ - НАЖОТИМИЗ МАКТАБ
Ҳурматли қадри баланд устозлар! Сиз миллатнинг таянчи, устунларисиз. Мана шу устунларнинг тик туриши, таянчнинг эгилмаслиги учун, миллат устозларини пахта қуллигидан озод қилиш, даладан мактабга қайтариш учун, обрўсини орттириб, қаддини тиклаш учун йиллар давомида ҳатто халқаро майдонда ҳам гоҳ пинҳона, гоҳ ошкора курашиб, ҳаракат қилиб келдик. Буни кимлар билди-кимлар билмади. Кўп нарсадан воз кечиб, юқоридан пастга тушиб ҳақ-ҳуқуқингизни ҳимоя қилиш йўлида бел боғлаб озми кўпми сизга хизмат қилдик. Зеро миллатнинг тақдири ҳам, нажоти ҳам, унинг келажаги ҳам устозлар қўлида.
Бугун “Очиқ бюдежт” порталида Гурлан туманидаги мактаблар таъмири ва устоз ва ўқувчиларга шароит яратиш мақсадида янги жоҳозлар олиш учун маблағ ажратиш таклифи киритилганини кўриб устозларимиз учун яна қувондим. Аммо таклиф муддати тугашига бир икки кун вақт қолибди. Шу сабаб биз сизни ҳамиша қўллаб-қувватлаганимиз каби сиз ҳам мана шу ҳаволага кириб https://openbudget.uz/boards/4/62640 овоз бериб, яқинларингизга, гуруҳларингизга тарқатиб бизни ҳам бир маротаба қўллаб қувватлайсиз, деган умиддаман.
Зеро, сизнинг қувватлашингиз, овозингиз, ёрдамингиз туфайли катхудолар юрти бўлмиш Гурландан яна устозлар шаънини ҳимоя қилувчи йигитлар етишиб чиқса ажабмас.
Ҳурмат билан,
Мирзабек ЖАПАҚОВ, ҳуқуқшунос журналист. Гурлан тумани.
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩 Eng kamida 10,000,000 so'mni qo'lga kiriting!

⚡️ Respublika “Yoshlar ovozi” tanloviga start berildi. Baxshichilik, an’anaviy ijro, opera hamda estrada yo‘nalishlarining birida ijod qilayotgan 10 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni ushbu ajoyib imkoniyatdan unumli foydalanishga chorlaymiz.

🎤 Ovoz iste’dodingiz bilan mahallangizdan boshlab, respublikani zabt etish uchun tanlovda ishtirok eting. G'olib bo'lgan iste'dodli yoshlar: 1-o'rin 50 000 000 so'm, 2-o'rin 30 000 000 so'm, 3-o'rin 20 000 000 so'm va respublika bosqichiga chiqqan barcha ishtirokchilar 10 000 000 so'mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar

✍️ Tanlovda ishtirok etish uchun @YoshOvozBot telegram boti orqali ro‘yxatdan o'tishingiz kerak!

❗️Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatdan o‘tayotganingizda botda so‘ralgan ma’lumotlarni aniq kiritishingiz shart!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligixorazm
#Хоразм вилоятидаги вакант лавозимларга очиқ танлов эълон қилинди

Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги Хоразм вилоят филиали вилоятдаги ташкилотлар билан ҳамкорликда қуйидаги вакант лавозимларга очиқ мустақил танлов эълон қилади:

🔸 Урганч шаҳар халқ таълими бўлими:
Ходимлар билан ҳисоб-китоблар бўйича ҳисобчи

🔸 Хива шаҳар халқ таълими бўлими:
Махсус таъмирлаш эксплуатация хизмати бошлиғи

🔸 Гурлан туман халқ таълими бўлими:
34 -сонли умумий ўрта таълим мактаб директори

🔸 Янгибозор туман халқ таълими бўлими:
14 -сонли умумий ўрта таълим мактаб директори

29 -сонли умумий ўрта таълим мактаб директори

🔸 Хива шаҳар мактабгача таълим бўлими:
Давлат харидлари ва шартномалар бўйича мутахассис

🔸 Хоразм вилояти Қурилиш соҳасида худудий назорат инспекцияси:
Архитектура, лойиҳалаш ва бош режаларга риоя қилиш устидан назорат бўлими етакчи мутахассиси

🔸 Маҳаллабай ишлаш ва тадбиркорликни ривожлантириш агентлигининг Хоразм вилояти бошқармаси:
Маҳаллаларда мурожаатлар билан ишлаш ва интерактив хизматлар кўрсатиш бўлими бошлиғи

🔸 Хоразм вилояти Иқтисодий тараққиёт ва камбағалликни қисқартириш бош бошқармаси:
Гурлан туман бош мутахассис

🔸 Бюджетдан ташқари пенсия жамғармаси Ҳазорасп тумани бўлими:
“Ижтимоий ҳимоя ягона реестри” ахборот тизими орқали давлат ижтимоий хизматлари ва ёрдамини кўрсатиш шўъбаси етакчи инспектори

▶️ Танловда иштирок этиш учун номзодлар Давлат фуқаролик хизматчилари вакант лавозимларининг ягона очиқ портали орқали рўйхатдан ўтишлари, вакант бўлган лавозимга сўралган ҳужжатларни электрон шаклда тақдим этишлари зарур.

❗️Ҳужжатлар 2022 йил 29 мартдан 7 апрелгача (шу куни ҳам) қабул қилинади.

🔷 Ҳужжатларни электрон юбориш тартиби бўйича видеоқўлланма

🔷 Ягона идентификация тизими — id.egov.uz'дан рўйхатдан ўтиш бўйича видеоқўлланма

⭕️ Порталнинг расмий каналиhttps://t.iss.one/vacancy_argos
Forwarded from my.gov.uz
​​🧑🏻‍🏫 Hurmatli maktab bitiruvchisi, 16 yoshga to‘ldingizmi?
ID karta oldingizmi?..

💁🏻‍♂️ Hozirgi kunda abituriyentlarning Oliy ta’lim muassasalariga topshiradigan hujjatlari my.gov.uz va Davlat test markazi saytlari orqali onlayn qabul qilinmoqda. Avvalgidek ta’lim muassasalariga ovora bo‘lib borish, uzundan-uzoq navbatlarda turish yo‘q endi.

📑 Abiturentlar hujjatlarini masofadan topshirish uchun dastlab Yagona identifikatsiya tizimi (id.egov.uz) da ro‘yxatdan, so‘ngra my.gov.uz da avtorizatsiyadan o‘tadilar.

📝 Shu o‘rinda yana bir qulaylikni eslatib o‘tamiz, ID karta olganlar id.egov.uz tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishadi.

🌐 2021-yilda my.gov.uz orqali 77 mingdan ortiq abiturentlarning arizalari qabul qilingan.

Ma’lumot o‘rnida:
💳 Xalq ta’limi vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, joriy o‘quv yilida maktablarni 390 mingdan ortiq o‘quvchi bitiradi. Bugungi kunda elektron ma’lumotlar bazasi attestat.uzedu.uz saytida 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ziyod bitiruvchi (31%) ID karta (pasport) olmagan.

💁🏻‍♂️ Shunday ekan, ota-onalar farzandlari, ya’ni 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilarining o‘z vaqtida ID karta olishlarini ta’minlashlari lozim.

✔️ ID karta olish uchun 16 yoshga to‘lgan bitiruvchilar Ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari yoki davlat xizmatlari markazlariga murojaat etishlari mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
#seminar_trening

🔹Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika ta'lim markazi tomonidan 6-, 7-, 10-sinf darslik loyihalari tayyorlandi.

🔹Xorazm viloyatining trener o‘qituvchilari mazkur seminarda faol ishtirok qilmoqda

🔹seminarning 1-kunida pedagog kadrlar uchun maqsadli dasturda belgilangan reja asosida bo‘lib o‘tdi. Kechqurun vaqtdan unumli foydalanish maqsadida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi

🔹Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlangan darslik majmualarini tajriba-sinovdan oʻtkazish yuzasidan 28-31-mart kunlari Jizzax viloyati Zomin tumanida 3 kunlik oʻquv -seminari davom etmoqda.