Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
6.31K subscribers
21K photos
4.34K videos
464 files
9.24K links
📣 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining rasmiy kanali

📝 Matbuot kotibi: @XVMMTB_press

☎️ Ishonch telefoni (62) 228-11-51; 228-11-70

🏢 Manzil: Urganch sh, Y.Bobojonov ko‘chasi, 29-uy

📧 Savol yo‘llash: @Xorazm_MMTBbot
Download Telegram
Forwarded from KHISO| Rasmiy kanal
⚡️ Bunaqasi bo‘lmagan: 12 ta fandan 4 kunlik olimpiadalar marafoni!

🏆 Respublika ta'lim markazi, Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi va KHISO olimpiada maktabi hamkorligida navbatdagi olimpiadalar marafoni!

Marafon 12 ta fandan 4 kun davomida o‘quvchilar, talabalar va o‘qituvchilar o‘rtasida www.khiso.uz onlayn olimpiadalar platformasida bo‘lib o‘tadi.

📝 Ro‘yxatdan o‘tish @khiso_uz_bot orqali amalga oshiriladi.

📌 Olimpiada ishtirok etish mutlaqo bepul!

🎁 Taqdirlash:
4 kunlik marafondagi barcha natijalar hisobga olinadi va eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan o‘quvchi va talabala qizlar, ayol o‘qituvchilarga 8-mart munosabati bilan kitoblar sovg‘a qilinadi. Batafsil: 👉 bit.ly/33VD7sw

💡
Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan batafsil tanishib chiqing: 👉 YO‘RIQNOMA

Telegram kanalga a'zo bo‘ling va olimpiadalardan eng birinchi xabardor bo‘ling: 👉 @khiso
Xorazm viloyati sanatoriya turidagi va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internatlari o'rtasida "Navro'z" umumxalq bayramiga bag'ishlab sportning FUTBOL turining viloyat birinchiligi musobaqalariga start berildi.
Kecha, 2-mart kuni Qo‘shko‘pir tumani 2-son maktabda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 17-fevraldagi " Maktablarga " Zamonaviy maktab" maqomini berish tizimini sifatli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi 23-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida seminar tashkil qilindi.

Seminarda boshqarmasining Umumta’lim muassasalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Zumrad Matqurbanova, tuman xalq ta'limi bo'limi Umumta’lim muassasalarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Muqaddas Matyaqubova, tuman maktab direktorlari qatnashdilar.

Seminar davomida "Zamonaviy maktab" maqomiga ega bo‘lish bosqichlari, maktablarni baholash natijalari va baholangan maktablarning tajribalari bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.

Telegram /Youtube /Facebook /Web-sayt
#Fan_olimpiadasi

RESPUBLIKA ASOSIY FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHI G'OLIBLARI TAQDIRLANDI

Bugun Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida Respublika Asosiy fan olimpiadasining III viloyat bosqichida g'oliblikni egallagan 9-10-11- sinf o'quvchilari, Prezident maktabi, akademik litsey va kasb-hunar maktabi o'quvchi-yoshlarini tantanali taqdirlash tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi Iqtidorli yoshlarni xalqaro olimpiadalarga tayyorlash va terma jamoa ishtirokini ta’minlash bo’limi yetakchi mutaxassisi Otabek Karimov, viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig'i Xamro Bektemirov ishtirok etib, g'oliblarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabrikladilar va kelgusidagi o'qishlarida ulkan zafarlar tiladilar.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram /Youtube /Facebook /Web-sayt