XIVA TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
4.79K subscribers
21.2K photos
2.39K videos
43 files
4.99K links
Xorazm viloyati Xiva tumani Hokimligi

🏢 Manzil: Xiva tumani Shomoxulum mahallasi, Tinchlik ko'chasi 121-uy

📧 E-mail:
Download Telegram
Бугун вилоят ҳокими Жўрабек Рахимов Янгибозор, Гурлан, Хива туманлари ва Хива шаҳри тадбиркорлари билан учрашди.

Учрашув аввалида вилоят ҳокими мазкур ҳудудларда жорий йилда ишга тушириладиган инвестиция лойиҳалари тақдимоти билан танишди. Тақдимотларда янги лойиҳаларнинг молиялаштириш манбалари, яратиладиган иш ўринлари ва ишлаб чиқариш қувватлари, экспорт имкониятлари ҳақида батафсил маълумот берилди.

Шундан кейин тадбиркорлар билан очиқ мулоқот ташкил қилиниб, уларнинг бизнес фаолиятларини янада кенгайтириш йўлида тўсиқ бўлаётган муаммолар юзасидан мурожаатлари тингланди. Тегишли соҳа масъулларини жалб қилган ҳолда ушбу масалаларнинг қонуний ечимини топиш ва ҳал этиш чора-тадбирлари белгиланди.

Хоразм вилояти ҳокимлиги матбуот хизмати

Xorazm.uz | Facebook | Telegram | Instagram| Youtube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 17 январдаги «Пахта хомашёсини етиштириш ва сотишда бозор механизмларини қўллашни изчил давом эттириш тўғисида»ги ПФ-7-сонли Фармонининг мазмун моҳиятини ҳудудларда тарғиб қилиш юзасидан вилоят фермерлар кенгаши раиси Қ.Ражабов томонидан Янгариқ туман ҳокимлиги биносида Хива ва Янгариқ туманларида фаолият юритаётган фермер хўжаликлари, кластер корхоналари иштирокида кўргазмали семинар ташкил қилинди.

Семинарда юқоридаги Фармоннинг мазмун-моҳияти, фермерлар олдига қўйилган устувор вазифалар тушунтириб ўтилди.
#СТАТИСТИКАЛАР

Xiva tumanida norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari

📊 2024- yilning yanvar-dekabr oyi yakunlariga ko‘ra, Xiva tumanida 742,0 mlrd so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.
Umumiy qurilish ishlarining 24,0 %i yoki 178,3 mlrd so‘mi norasmiy sektor hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlari tarkibi:
yangi turar-joylar qurilishi – 144,9 mlrd so‘m
yangi noturar joylar qurilishi – 20,0 mlrd so‘m
turar joylarni ta’mirlash ishlari – 13,4 mlrd so‘m.
#Xorazm viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Xorazm viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

▪️ Yoshlar ishlari agentligi Urganch tumani boʻlimi:
"Qiyot" MFY Yoshlar yetakchisi;

▪️ Qo‘shko‘pir tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
"Mehnatobod va Ilgaldi" mahallasidagi xotin-qizlar faoli;

▪️ Urganch tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi:
"O‘rtado‘rman" mahallasidagi xotin-qizlar faoli;
"Qoramon" mahallasidagi xotin-qizlar faoli;

▪️ Ijtimoiy himoya milliy agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi:
Gurlan tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 16-hudud "Paxtachi" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Xiva tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 7-hudud "Panomaxsim" mahalla fuqarolar yigʻinidamahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Yangiariq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi Mahallada ijtimoiy xizmatni tashkil etish sho‘basi mudir (bosh ijtimoiy xodim);

Qo'shko'pir tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud "G'alaba" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Qo'shko'pir tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi 2-hudud "Uyg'ur" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Urganch shahar "Inosn" ijtimoiy xizmatlar markazi 17-hudud "Obi hayot" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Urganch shahar "Inosn" ijtimoiy xizmatlar markazi 10-hudud "Gulzor" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Urganch shahar "Inosn" ijtimoiy xizmatlar markazi 4-hudud "Umid" mahalla fuqarolar yig‘inida mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodim;

Tuproqqal’a tuman "Inson" Ijtimoiy xizmatlar markazi Huquqiy masalalarda ekspert maslahatchi (bosh mutaxassis).

❗️Arizalar 02.02.2025-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

▪️ Agentlikning Xorazm viloyati filiali — 62-223-02-15

▪️ Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

▪️ Vakansiyalar kanali@vacancy_argos
#infografika

Xorazm viloyatida chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tayorlangan infografika

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
ЭЪЛОН

Хива тумани ҳокими Палванов Сардор Махсудовичнинг навбатдаги сайёр қабули 2025 йил 30 январь куни тумандаги Саëт маҳалла фуқаролар йиғини биносида бўлиб ўтади.
Фуқаролар қабули соат 16.00 да бошланади.