Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
725 subscribers
6.89K photos
704 videos
9 files
2.72K links
Download Telegram
#yil_sarhisobi
#tanqidiy_tahlil

Agentlik tizimdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning 2024-yildagi faoliyat samaradorligi, olib borilgan oʻrganishlar tahlili hamda 2025-yildagi dolzarb vazifalarga bagʻishlangan yigʻilishlar boʻlib oʻtmoqda.

ZOOM platformasi orqali oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilishda Agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Fargʻona, Namangan, Andijon viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktablarning rahbar xodimlari ishtirok etdi.

Yigʻilishda ixtisoslashtirilgan maktablarda STEM fanlarini toʻliq ingliz tilida oʻqitishni yanada kuchaytirish, bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalari, milliy va xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash, kasbga yo‘naltirish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish, fuqaro murojaatlari bilan ishlash singari qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Shuningdek, istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish, ijro intizomi, davlat xaridini tashkil qilishning huquqiy va tashkiliy asoslari, moliyaviy mablagʻlardan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflik, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik masalalariga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kitobxonlik
#Xiva_shahar_2_son_IM

💠 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining 7-"A"sinfida kitobxonlikni targʻib qilish maqsadida Oʻtkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" qissasi asosida suhbat boʻlib oʻtdi.

📚 Qissadagi novellalarning syujeti, qahramonlarga boʻlgan munosabatlar, voqealarga bildirilgan qarashlar - barchasi asarning oʻquvchilarda qoldirgan katta taassuroti ifoda qildi.

❤️Telegram            🌐 Facebook
🌐 Youtube             🌐 Instagram
#Yangi_yil_shukuhi
#Xiva_shahar_2_son_IM

☃️☃️☃️ Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida Yangi yil bayramini kutub olish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

🎄🎄🎄Shuningdek, Yangi yil bayrami munosabati bilan ma'naviy- ma'rifiy tadbirga ham tayyorgarlik kòrilmoqda.

❤️Telegram            🌐 Facebook
🌐 Youtube             🌐 Instagram