Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
#qabul_2024
#ishchi_guruh
YANGI OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablarning shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.
Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Xorazm viloyatida joylashgan Xiva shahridagi Prezident maktabi, Ogahiy nomidagi ijod maktabi, Xiva shahridagi 1- va 2-son, Urganch shahar 1-son hamda Xonqa, Bogʻot, Qoʻshkoʻpir, Yangibozor tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarining shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.
Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

#Agentlik_maktabi
#qabul_2024
#Xiva_shahar_2_son_IM
𝙌𝙖𝙗𝙪𝙡 𝙟𝙖𝙧𝙖𝙮𝙤𝙣𝙡𝙖𝙧𝙞 𝙙𝙖𝙫𝙤𝙢 𝙚𝙩𝙢𝙤𝙦𝙙𝙖!
⚡️Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida ota-onalarga farzandlarining hujjatlarini topshirishda amaliy yordam berish uchun ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.
❗️Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.
❤️Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram

#tabriknoma
⚜Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐧𝐢𝐧𝐠 8-"B" sinf o'quvchisi Ibragimov Ibrohimning tavallud ayyomi.
🎂 𝙄𝙗𝙧𝙤𝙝𝙞𝙢, 𝙨𝙝𝙪𝙠𝙧𝙤𝙣𝙖 𝙠𝙪𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙪𝙗𝙤𝙧𝙖𝙠 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙞𝙣 !
🎁 𝘚𝘦𝘯𝘪 𝘴𝘪𝘯𝘧𝘥𝘰𝘴𝘩𝘭𝘢𝘳𝘪𝘯𝘨 𝘷𝘢 𝘣𝘶𝘵𝘶𝘯 𝘮𝘢𝘬𝘵𝘢𝘣𝘪𝘮𝘪𝘻 𝘫𝘢𝘮𝘰𝘢𝘴𝘪 𝘯𝘰𝘮𝘪𝘥𝘢𝘯 𝘵𝘢𝘣𝘳𝘪𝘬𝘭𝘢𝘺𝘮𝘪𝘻 ! 🎉🎉🎉🎉🎉
🎁Senga dunyodagi eng ezgu tilaklarni tilaymiz. Ota-onang, yaqinlarining va do'stlaring uchun doimo salomat bo'lgin. Orzularing armon neligini bilmasin. Kun kelib nufuzli oliygoh talabasi bo'lishdek baxt nasib qilsin. Seni biliming va iqtidoring egallamoqchi bo'lgan kasbing sari chorlasin. Muvaffaqiyatlaring o'zing kutgandan ham ziyoda bo'lsin. Unutma, sen oilang, ota-onang, Vatanimiz kelajagisan!!!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Al-Xorazmiy vorislari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim.
Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas.
Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi.
Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin.
Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq.
Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman.
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri