Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
749 subscribers
6.62K photos
681 videos
9 files
2.65K links
Download Telegram
Asosiy fan olimpiadasining III(viloyat) bosqichi jarayonlarini boshqarmaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali kuzatishingiz mumkin.

Biologiya, kimyo, fizika, matematika fanlari Urganch shahridagi IM binosida
https://www.facebook.com/100051296118900/videos/1076723833696207/?mibextid=Nif5oz

informatika fani Urganch shahridagi IT-Park Xorazm filiali binosida

https://youtube.com/live/SYfZbFYyfeo?feature=share

o'tkazilmoqda.
#yashil_makon
#Xiva_2_son_IM

🌳Ona tabiatimizga e'tibor - yurtimiz chiroyiga hamda salomatligimizga e'tibordir!

🍀“Yashil makon” umummilliy loyihasi
doirasida mamlakatimiz boʻylab barcha hududlarda ko‘chat ekish va koʻkalamzorlashtirish ishlari qizgʻin davom etmoqda.

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidavi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida ham ushbu loyiha asosida bir qator tadbirlar tashkil etilyapti.

🍃 Bugun maktab jamoasi birgalikda o‘quv binosining old qismiga manzarali daraxtlarni ekishdi. Hamda obodonlashtirish ishlarini olib borishdi.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#tabriknoma

🌺 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 𝐗𝐢𝐯𝐚 𝐬𝐡𝐚𝐡𝐚𝐫 𝟐-𝐬𝐨𝐧 𝐢𝐱𝐭𝐢𝐬𝐨𝐬𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐦𝐚𝐤𝐭𝐚𝐛𝐧𝐢𝐧𝐠 8-"B"sinf o'quvchisi Atayev Muhammadalining tavallud ayyomi. 🎉🎉🎉🎉

🌸 Muhammadali, 𝙨𝙝𝙪𝙠𝙧𝙤𝙣𝙖 𝙠𝙪𝙣𝙞𝙣𝙜 𝙢𝙪𝙗𝙤𝙧𝙖𝙠 𝙗𝙤'𝙡𝙨𝙞𝙣 !🎉🎉🎉🎉🎉

🌺Seni sinfdoshlaring, butun maktab jamoasi ushbu ajoyib ayyom bilan tabriklaydi.

🎁Senga, avvalo, salomatlik, o'qishlaringga, kelajakdagi ishlaringga omad, sen uchun ota-onangning ham salomatligini tilab qolamiz.

Shijoat bilan, ishonch bilan maqsadlaring sari harakat qilishda davom et !

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#oʻquv_trening

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-treningga start berildi.

🗺Toshkent shahar Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tashkil etilgan mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi Ijod hamda Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining direktor va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev so‘zga chiqib, Davlatimiz Rahbari tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi rivojiga qaratilgan yuksak e’tibor natijasida sohada amalga oshirilayotgan tub islohotlar, oldimizda turgan muhim maqsad va vazifalar haqida so‘z yuritdi.

Kunning ikkinchi yarmi va ertaga ishtirokchilar uchun sho‘balarga bo‘lingan holda o‘quv-treninglar bo‘lib o‘tadi.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xiva_shahar_IM
#olimpiada
#Viloyat_bosqichi_natijalari
#Biz_sen_bilan_faxrlanamiz

💫 Fan olimpiadasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida birinchi guruh fanlari bo‘yicha olimpiada g‘oliblari aniqlandi.

🏆 Informatika fanidan olimpiadaning viloyat bosqichida maktabimizning 10-"A" sinf o‘quvchisi
Baxtiyorova Nasibabonu Oybek qizi
faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Ustozi: Bunyod Bayjonov

💥 Nasibabonu va uning ustoziga omad va muvaffaqiyatlar tilab qolamiz!

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#oʻquv_trening
#ikkinchi_kun

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning rahbar kadrlari uchun "Liderlikdan yuksalish sari" nomli o‘quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.

📝 Trening ishtirokchilariga shoʻbalarga boʻlingan holda mutaxassislar tomonidan:
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi, BSB hamda ChSB tahlillari;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar faoliyatini samarali tashkil etish;
Oʻquv rejalari va tarifikatsiya roʻyxatini shakllantirish;
Elektron jurnal yuritilish;
Byudjet intizomi;
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarda xoʻjalik faoliyati;
Fuqaro murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomi va pochtadan samarali foydalanish kabi mavzularda oʻquv-treninglari olib borilmoqda.

#ijod_maktablari
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube