Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
727 subscribers
7K photos
714 videos
9 files
2.75K links
Download Telegram
#Xalqaro_maktab_kutubxonalar_kuni
#Chellenj

🏢 Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Xalqaro maktab kutubxonalar kuni" kuni munosabati bilan o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun chellenj tashkil qilindi.

📚 Bilamizki, kitob muvaffaqiyat yo‘limizni yorituvchi mayoq vazifasini o‘taydi. Har birimiz bu mo‘jiza bilan oshno bo‘lsak, ilm ziyosi ila chulg‘anamiz.

📘 Kitobxonlikni targ‘ib qilish har bir ziyoli insonning vazifasidir!

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Õzbek_tilim_iftixorim
#Tanlov_uchun

SHE'RIYAT

7-ishtirokchi

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 8-"A"sinf o‘quvchisi
Ravshanbekova Charos

Har bir so'zingning jilosi bor ,
Har birining o'z tarixi bor .
Garda boqsam buyuk tarixga ,
O'zbekning so'z sultonlari bor .

Buyuklar ichra buyuk o'zingsan ,
Katta ma'no bordir har bir so'zingda .
Tillar ichra yagona bir o'zingsan,
Ming go'zallik aks etar bir so'zingda .

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Õzbek_tilim_iftixorim
#Tanlov_uchun

SHE'ROYAT

8-ishtirokchi

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirlgan maktabning 11-"B" sinf o‘quvchisi
Bekdurdiyeva Omonjon

Ona tilim oʻzbek tilidir,
Ona tili jon-u dilimdir.
Ona tili yoshligimizdan,
Oʻrgatilib kelingan tildir.

Bobolarim e'zozlagan til
Ajdodlarim kutgan maqomi
Davlat tilim yangraydi bugun
Jaranglaydi mudomo nomi.

Shu kunlarga yetkazganiga,
Ajdodlarim hissasi katta.
Ular sabab ona tilimni,
Arqodlayman sevib, albatta.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Õzbek_tilim_iftixorim
#Tanlov_uchun

SHE'RIYAT

9-ishtirokchi

Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 10-"A" sinf o‘quvchisi
Baxtiyorova Nasibabonu

Ona tilim - jon dilim

Har millatning o'z tili
Va milliy libosi bor.
Sensan mening o'z tiliim
Va albatta g'ururim.

Ona allasi bilan
Sen kirgansan quloqqa.
Ma'noli so'zlar bilan
Yangragansan har yoqda.

Ko'hna Turkiston elin
Sen borsan o'tmishida.
Naqsh olib turkiy tildan
Yaralgansan jon tiliim.

Yuraklarda olovni
Lov-lov etib yoqasan.
Ona tilga muhabbat
Urug'ini sochasan.

O'tmishing bor albatta
Qonun ham bor sen haqda.
Davlat tilimsan mening
Ona tilimsan mening.

Sensiz o'zbek yo'q bo'lar
Tilsiz davlat qashshoqdir.
Sen bilan boy davlatim
Ona tilim - jon dilim!

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Besh_tashabbus
#Voleybol
#Hamkorlik

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Xiva shahar 2-son ixtisoslashagan maktabi hamkorligida
"BESH TASHABBUS" olimpiadasi doirasida sportning
🏀 "Valeybol" turidan 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida musobaqasi o‘tkaziladi.

⛹‍♂Qizg‘in va murosasiz o‘tgan bellashuvda       
Xiva shahar 1- son ixtisoslashagan maktab-internati jamoasi g‘alaba qozondi.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Besh_tashabbus
#Shaxmat
#Hamkorlik

🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati hamda Xiva shahar 2-son ixtisoslashagan maktabi hamkorligida
       "BESH TASHABBUS" olimpiadasi doirasida sportning
Shaxmat turidan 5-6-sinf o‘quvchilari o‘rtasida musobaqasi o‘tkaziladi.

🏆 NATIJA:(qiz bolalar)

🥇-o‘rin Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Davlatyorova Mohinur
🥈-o‘rin Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Alimova Mashhura
🥉- o‘rin Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Odilbekova Ziyoda

🏆O‘g‘il bolalar:

🥇-o‘rin Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internat o‘quvchisi Rashidov Iskandar
🥈-o‘rin Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi O‘ktamov Azizbek
🥉-o‘rin Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Shomuratov Azizbek


https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati