Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab
610 subscribers
6.53K photos
668 videos
9 files
2.62K links
Download Telegram
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#2_kun

Yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish
O’quvchilarning amaliy ko’nikmalarini rivojlantirish
mavzularida tashkil qilingan 2 kunlik o'quv seminarlari o'z nihoyasiga yetdi.

✔️ Ushbu o'quv seminarlari Agentlik tizimidagi 11 ta ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari pedagoglari uchun o'tkazildi.

📸 Fotolavhalarda 16-avgust kuni 2-smenada ingliz tili fani o'qituvchilari ishtirokidagi dars jarayonlaridan lavhalar.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Tanlov
#Suhbat

 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI tomonidan rahbar xodimlar tanlovining ikkinchi (suhbat) bosqichi ZOOM platformasi orqali (lavozimlar kesimida) o'tkazilmoqda.

◾️ Bugun Xorazm viloyatidagi Agentlik tizimida yangi tashkil qilinayotgan Xiva shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatidagi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari lavozimiga onlayn hujjat topshirgan talabgorlar uchun suhbat jarayonlari bo'lib o'tdi.

🔘 Nomzodlar quyidagi mezonlar asosida baholanmoqda:
Nomzodning boshqaruv sohasiga oid bilim ko‘nikmalari;
Faoliyati davomida ta’limni rivojlantirish yo‘lida amalga oshirgan ishlari;

✔️Suhbat jarayonlari Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tdi.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Илғор_тажриба

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan o'quv dasturi va darsliklarni zamon talabiga moslashtirish va takomillashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan:

⚡️ ilg‘or xorijiy tajribalar asosida boshlang‘ich sinflar uchun 775 nomda yaratilgan yangi avlod darslik majmualari 72 mln nusxada chop etilmoqda.

Mazkur darsliklar "4K" modeliga asoslangan innovatsion yondashuvni taqdim etadi.

🔴 Shuningdek, xalqaro tan olingan nashriyotlarning darslik va o‘quv metodik majmualari mahalliylashtirilib, chop etilmoqda.

Xususan:
✔️ ingliz tili (Kembrij universiteti nashriyoti, 13 nomda, 7,4 mln nusxa),
✔️ fransuz tili (Fransiyaning Didier FLE nashriyoti, 22 nomda 325,2 ming nusxa),
✔️ nemis tili (Germaniyaning Klett nashriyoti, 11 nomda  231,5 ming nusxa),
✔️ informatika va axborot texnologiyalari (Kembrij universiteti nashriyoti, 70 nomda, 5,1 mln nusxa) fanlardan darsliklari va mashq daftarlari mahalliylashtirilib, chop etildi.

❗️Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan maktablarning  7-11-sinflari uchun Kembrijning fizika va biologiya fani dastur va darsliklari mahalliylashtirilib, nashrga tayyorlanmoqda.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#intervyu
#daryo_uz

⚡️ "Daryo.uz" saytida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktori Dilrabo Davidovaning "Ekspert: “3-5 yilda rivojlangan davlatlar qatoriga chiqamiz” intervyusi e'lon qilindi.

Intervyu o‘quvchilarning bilimini baholashda formativ va summativ tizimini joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, yangi tizim bir qancha kamchiliklarni bartaraf etib, ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qilishi haqida.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#qabul_2023
#imtihon_natijalari

UCHINCHI IMTIHON NATIJALARI E'LON QILINDI

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2023/2024-o‘quv yili uchun o‘qishga hujjat topshirib, 5-avgust kuni uchinchi saralash imtihonida ishtirok etgan abituriyentlarning imtihon natijalari e’lon qilindi.

🪪 Imtihon natijalarini bilish uchun quyidagi havola orqali kirib, pasport yoki ID kartangizning seriya va raqamini kiritishingiz kerak bo‘ladi.

🌐 Veb sahifadan natijalarni bilish:
https://newuu.uz/en/exam-info

📥 Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar quyidagi havolaga kirib, shartli ofertani yuklab olishlari kerak.

⚪️ Shartli ofertani yuklab olish: https://newuu.uz/en/conditional-offer-letter

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#tabriknoma

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 10-"B"sinf o'quvchisi Abdullayeva Xurshidaning tavallud ayyomi.

🎁 Xurshida, tugʻilgan kuning muborak bo'lsin. 👏👏👏👏

🎂Seni sinfdoshlaring va butun maktab jamoasi shukrona kuning bilan tabriklaydi. Ota-onang, barcha yaqinlaring baxtiga salomat bo'lgin, har bir boshlagan ezgu ishlaringda, o'ylagan niyatlaringda beqiyos omad va tuganmas baxt hamrohing bo'lsin!

🎉 Orzularing ro'yobi uchun harakat qilishdan va intilishdan to'xtama. Seni ulkan muvaffaqiyatlar kutmoqda!

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#tabriknoma

Bugun Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabning 10-"B"sinf o'quvchisi Otajonova Aminaning tavallud ayyomi.

🎁 Amina, tug'ilgan kuning muborak bo'lsin. Seni sinfdoshlaring va butun maktab jamoasi shukrona kuning bilan tabriklaydi.

🎉 Senga hayoting davomida salomatlik, o'qish va ishlaringda omad, baxt va muvaffaqiyatlar hamroh bo'lishini tilab qolamiz. Maqsadlaring sari olg'a borishda davom et!


https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati
#Oʻquv_seminar
#Yangi_baholash_tizimi


🏫 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabida "Yangi baholash tizimi" mavzusida o‘quv seminari jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ O‘quv seminarda Xiva shahar va tuman maktablarining o‘quv va tarbiya ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari hamda uslubiy birlashma(aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, xorijiy tillar) rahbarlari qatnashdi.

💥 Ushbu o'quv seminarni o‘tkazishdan maqsad:

🔻 Ta'lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilidan yangi baholash tizimini joriy qilishni hamda uni amaliyotga qanday qo‘llash bilan tanishtirish.


🔺Baholash tizimining qulayligini fanlar kesimida izohlab berish.

https://t.iss.one/Xiva_shahar_2_IM_matbuot_xizmati