"O'zyo'lko'kalam" UK|RASMIY
96 subscribers
6.95K photos
169 videos
843 links
Matbuot xizmati
Download Telegram
#jarayon

"Samarqandyo‘lko‘kalam" UK xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Payariq tumani hududidan o‘tuvchi 4p-43 "M-39-Marjonbuloq -Qo‘shrabot" avtoyo'lining 58-66- km oraliqlarida iqlim sharoitlaridan kelib chiqib suvga chidamli Qayrag‘och, Yasen ko‘chatlari ekilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
#jarayon

Yakshanba. Bu kun odatda kalendarda qizil rang bilan belgilanadi. Ya'ni dam olish kuni degan ma'noda. Kimdir oilasi bilan davrasida hordiq chiqaradi,  kindir sayrga chiqadi, mehmonga boradi, yana kimlardir boshqa yumushlar bilan shug‘ullanadi, bu kunda. Qalbda jo‘sh urgan tuyg‘u ila vatan xizmatida bo‘lish istagidagi insonlar esa dolzarb kunlardagi o‘z ishini davom ettirmoqda.

"O‘zyo‘lko‘kalamzorlashtirish" UK rahbar va xodimlari tomonidan bugun ham Tog‘li hudud bo‘lgan Bo‘stonliq tumanida yo‘l chetida daraxt ekish ishlari olib borilmoqda. Aytish mumkinki, bu har bir jarayon ilmiy asosga tayangan holda olib boriladi. Ya'ni o‘sha hududdagi tuproqning tarkibidan tortib, ob-havo sharoitigacha, barchasi hisobga olingan holda daraxt turlari ekiladi. Sababi, nafaqat daraxtlarni ekish, balki ularni kelajakda parvarishlash va ekologiyaga foyda keltiradigan daraxtlar bo‘lib yetishishini ta'minlash ham muhim ahamiyatga ega.

Ayni maqsadda Unitar korxonaning barcha xodimlari tabiatning o‘zi inom etgan dolzarb 40 kunning bir soatini ham fursat bilib, bekor ketkizishmayapti. Jarayonlar davom etmoqda...

Instagram| Facebook|Telegram|
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#biz_OAVda
#uzbekiston24

Махсус репортаж | «Яшил макон» экологик барқарорликни таъминлаш йўлидаги тадбирлар

|Instagram| Facebook|Telegram|
#jarayon

"Samarqandyo‘lko‘kalam" UK tomonidan "Yashil makon" umum milliy loyixasi doirasida Samarqand tumani A-378 " Samarqand-Gʻuzor" avtoyo‘lining 6-7 km oralig‘ida maxsus tayyorlangan yerda terak qalamchalari ekish ishlari hamda Paxtachi tuman M-37 "Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtoyo‘lining 126-127 km yo‘lning o‘rta qismida Sharq tuyasi ko‘chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
#jarayon

"Namanganyo‘lko‘kalam" Unitar Korxonasi ishchi xodimlari tomonidan 2023 yil 27-28 mart kunlari "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida Bahorgi ekish manzilli ro‘yxati asosida barcha shahar va tuman hududlarida davlat va mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llari chetlariga manzarali daraxt va buta qalamcha ko‘chatlari ekish ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|
#jarayon

"Namanganyo‘lko‘kalam'' UK xodimlari hamda Viloyat Karantin boshqarmasi Chust tuman hudud mutaxassisi, Tabiat Resurslari Vazirligi Namangan viloyat boshqarmasi Chust tumani mutaxassislari ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida 2023 yil 30-31 mart kunlari Chust tuman hududida Pop-Chust yo‘nalishi Davlat va Mahalliy ahamiyatdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari yoqalaridagi ekilgan va saqlashdagi mavjud manzarali daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash, oziqlantirish uchun situgumat va novosel bilan aralashgan holatda suspenza qilib dori sepish ishlari olib borilmoqda.

|Instagram| Facebook|Telegram|