IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.76K photos
686 videos
50 files
2.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Buxoro

Vazir Buxorodagi taʼlim muassasalariga tashrif buyurdi

🔴 Ayni damda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Dastlab vazir Buxoro tumanidagi 23-umumtaʼlim maktabida bo‘lib, taʼlim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mazkur maktabda yil davomida ko‘plab iqtidorli o‘quvchilar ingliz va koreys tili sertifikatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, muassasa o‘quvchilari “Sambo” kurash turi bo‘yicha Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan.

Vazir o‘rganish ishlari jarayonida yakunlangan o‘quv yilida erishilgan natijalar, pedagoglar sifat tarkibi bilan qiziqdi. Yozgi mavsumda taʼlim muassasasida tashkil etilgan sog‘lomlashtirish maydonchasini ko‘zdan kechirdi.

So‘ngra Hilola Umarova olis Peshku tumanidagi 45-davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish tadbirida ishtirok etdi.

Bog‘chada bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi hamda tarbiyachilar bilan suhbatlashdi.

Shuningdek, vazir tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Muassasadagi obodonlashtirish ishlari, fizika, kimyo laboratoriya xonalarini ko‘zdan kechirdi.

Hilola Umarova maktab pedagoglari bilan uchrashib, ularning muammolari va taʼlim sifatini oshirish borasidagi takliflarini o‘rgandi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qabul_2024
#ishchi_guruh

YANGI
OʻQUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI JOYLARGA BORIB OʻRGANILMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh tizimdagi maktablar shart-sharoitlari bilan yaqindan tanishish, ularda aniqlangan kamchilik va muammolarni izchil bartaraf etish, xususan joylarda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarini haqqoniy oʻrganish maqsadida hududlarda bo‘lmoqda.

Navbatdagi o‘rganishda Agentlikning Buxoro viloyati Jondor, Qorakoʻl va Olot tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablari shart-sharoitlari ko‘zdan kechirildi. Sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi doirasida yangi oʻquv yilidan STEM fanlarini ingliz tilida oʻqitishni tashkil etish boʻyicha ixtisoslashtirilgan maktablarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, taʼlim maskanlarida tashkil etilgan 2024/2025-oʻquv yili uchun hujjatlarni ONLAYN topshirishga koʻmaklashuvchi ishchi guruhlar faoliyati, kirish imtihonlari jarayonlari oʻtkazilishi belgilangan binolarning tayyorgarlik holati oʻrganildi.

Oʻrganish davomida Buxoro 2-son ixtisoslashtirilgan maktabining qurilish jarayonlari ham koʻzdan kechirildi.

Agentlik direktori oʻrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Qabul_2024
#Urganch_1_IMI
#1_iyun_20_iyun

⚡️ Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 2024-2025 o’quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish davom etmoqda.


💥 Hujjatlar qabuli
ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi.

❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz.

☎️ Call-markaz: 1206

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ota_onalar_yig'ilishi
#yil_yakuni

🏢Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 7-8-sinf o’quvchilarininng ota-onalari uchun 2023-2024 o’quv yili yakuni yuzasidan yig'ilish bo'lib o'tdi.

🕹️Ota-onalar yig’ilishining kun tartibidagi asosiy masalalar:
📍Yutuqlar;
📍O’quv yili yakuni;
📍ChSB tahlili ;
📍O’quvchilarning yozgi ta’til davrini mazmunli o’tkazish.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram