Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.35K subscribers
12.2K photos
857 videos
59 files
3.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#olimpiada #ubtuit #fizika #matematika #videolavha

"Al-Xorazmiy 2024" olimpiadasi

⚡️FOTOLAVHA: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida fizika, matematika va informatika fanlari bo'yicha "Al-Xorazmiy 2024" olimpiadasi viloyat bosqichi yakunlandi.


Fizika fani bo'yicha
🥇1-o'rin Zaripova Nafosat
🥈2-o'rin Ro'zmatova Gulhayo
🥉3-o'rin Qurbonboyeva Shahrizoda


Informatika fani bo'yicha
🥇1-o'rin Jumaboyev Dilmurod Xiva shahar 2-IMI
🥈2-o'rin Baxtiyorov Diyorbek Yangibozor tumani Yangibozor IMI
🥉3-o'rin Sultonmurotov Sultonmurod Xonqa tuman Xonqa IMI


Matematika fani bo'yicha
🥇1-o'rin Sultonmuratov Bekzod Xonqa IM 45
🥈2-o'rin Ahmadjonov Adham Xonqa IMI 42
🥉3-o'rin Ismoilov
Umrbek Hazorasp 1-son IMI 40

TATU Urganch filiali matbuot xizmati
Instagram | Youtube | Facebook | Website
👍2
#fan_musobaqasi

📣 ESLATMA: Bugun "Bolalar Ombudsmani sovrini" uchun musobaqa o‘tkaziladi!

Respublika bo'yicha 8-9-10-11-sinflar o‘rtasida o‘tkazilayotgan fizika fanidan onlayn musobaqada o‘z bilimlaringizni, albatta sinab ko‘ring.

O‘tkazilish vaqtlari:

🗓 22-may, chorshanba, bugun

8-sinflar uchun - 15:00 da;
9-sinflar uchun - 17:00 da;
10-11-sinflar uchun - 19:00 da.


📌 Ro‘yxatdan o‘tishga ulgurmagan bo‘lsangiz quyidagi botlardan biridan foydalaning:

@tasimo3_bot
@tasimo2_bot
@tasimo1_bot
@tasimo_bot

TasIMO botlaridan foydalanish YO‘RIQNOMASI!

📞 Batafsil ma'lumot olish:
+998555084400
  @nordikedu

🌐 Web-site 🕊Telegram 📱Instagram 📺YouTube 📱Facebook 📹 Tik-tok
👍3
#Qabul_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️AGENTLIK TIZIMIDAGI STEM FANLARI INGLIZ TILIDA OʻQITILADIGAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ixtisoslashtirilgan maktablar tarmog‘ini kengaytirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni qabul qilindi.


📝 Farmonga koʻra, 2024/2025-oʻquv yilidan boshlab quyidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktabda STEM fanlarini bosqichma-bosqich ingliz tilida oʻqitish yoʻlga qoʻyiladi:

Andijon shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Buxoro tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Qoʻqon shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi;
Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Yangi Namangan tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Tomdi tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Dehqonobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Xoʻjayli tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Samarqand shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati;
Yangiyer shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
Muzrabot tuman ixtisoslashtirilgan maktabi;
Angren shahar ixtisoslashtirilgan maktabi;
Xonqa tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

📶 Mazkur maktablarda STEM fanlari ingliz tilini mukammal biladigan malakali oʻqituvchilar tomonidan toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

🪪 Bunda, imtihon asosida qabul qilingan 5-sinf aniq hamda 7-sinf tabiiy fanlar yoʻnalishidagi oʻquvchilar belgilangan sinovlar asosida ingliz tilida oʻqitiladigan sinflarga saralab olinadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati (Гулом Ахмедов)
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Qabul_2024

⚡️ Joriy yilning 23-may kuni Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablari hamda barcha ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida "Ochiq eshiklar" kuni boʻlib oʻtadi.

Ochiq eshiklar kunida:

2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot beriladi;
Maktabdagi o‘qitish tizimi va metodikasi haqida taqdimot qilinadi;
O‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishtiriladi;
Ko‘rgazmalar (o‘quvchilarning dars jarayoni va noakademik to‘garaklardagi amaliy ishlaridan namunalar) oʻtkaziladi;
Maktab hududi bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

📆 23-may
Soat 10:00 dan 15:00 gacha

📝 IJOD MAKTABLARI
🗺 HUDUDIY MAKTABLAR

📶 Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga 2024-2025-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli to‘g‘risida maʼlumot.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍2
#Qabul_2024
#Prezident_maktablari

PREZIDENT MAKTABLARIGA QAYSI SINFGA NECHA NAFAR O‘QUVCHI QABUL QILINADI?
Umumtaʼlim muassasalarining 4-sinfini tamomlagan oʻquvchilar Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga 12 nafardan (jami 24 nafar) qabul qilinadi.


O‘QUVCHI RESPUBLIKADAGI XOHLAGAN PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRA OLADIMI?
Yo‘q. O‘quvchilar faqat ta’lim olayotgan hududdagi Prezident maktabiga hujjat topshirishi mumkin. Misol uchun, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi maktab oʻquvchilari faqat Nukus shahridagi Prezident maktabiga, Andijon viloyatidagi maktab oʻquvchilari esa faqat Andijon shahridagi Prezident maktabiga hujjat topshirishlari mumkin.


PREZIDENT MAKTABIGA HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN O‘QUVCHINING BAHOLARIGA QANAQA TALAB QO‘YILADI?
Talabgorning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʻlo) boʻlishi kerak. Boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.


🕊 PREZIDENT MAKTABLARI

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024
#Al_Xorazmiy_filiali

⚡️Joriy yilda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus shahrida, Andijon va Samarqand viloyatlarida aniq fanlar yoʻnalishida filiallari tashkil etildi.

🏛 Ushbu maktab barcha qulayliklarga ega. Unda:
58 ta oʻquv xonasi;
6 ta kompyuter xonasi;
Robototexnika xonasi;
Fizika, kimyo va biologiya laboratoriya xonalari,
STEAM xonalari;
7 ta xorijiy til xona;
70 nafar oʻquvchiga moʻljallangan kutubxona;
250 oʻrinli faollar zali;
Sport zal;
Yozgi sport maydoni;
250 oʻrinli oshxona;
224 oʻringa moʻljallangan yotoqxona mavjud.

📺 lavhada: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Samarqand filiali.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Бугун Бўстонлиқ туманида Тошкент вилояти ҳокимлиги, Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси, “UzReport” телеканали ва “Туронбанк” томонидан халқимизнинг суюкли фарзанди, Ўзбекистон Қаҳрамони ва халқ шоири Эркин Воҳидовнинг ижодига бағишланган адабий фестиваль ташкил этилди.

Буюк шоирнинг бетакрор ижодини хотирлаш ва кенг тарғиб қилиш, шу орқали ёшларни адабиётимизга бўлган меҳрини ошириш ва ватанпарварлик руҳида тарбиялашга қаратилган ушбу тадбирда Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг фестиваль қатнашчиларига табригини ўқиб эшиттирдим.

Давлатимиз раҳбарининг қутловида, жумладан,
"мен Эркин Воҳидовдек серқирра истеъдод эгаси, ҳақиқий ватанпарвар ва миллатпарвар инсон билан замондош ва маслакдош бўлиб яшаш насиб этганидан бахтиёрман",

деб таъкидланган. Ҳозирги кунда етишиб келаётган истеъдодли ёшларимиз буюк устозларнинг йўлини муносиб давом эттираётганига мамнуният билдирилган.

Шунингдек, Президентимиз ушбу адабий фестивални ҳар йили анъанавий тарзда ўтказиш таклифини қўллаб-қувватлаб, фестиваль иштирокчилари ва ташкилотчиларига, унинг ғолиб ва совриндорларига муваффақиятлар тиладилар.

Facebook|Instagram|X
🔥2
🔔Ниҳоят, эртага 25 май мактабларда “Сўнгги қўнғироқ” чалинади ва 2023-2024-ўқув йили ҳам якунланади

Тавсияга кўра, умумий ўрта таълим муассасаларида “Сўнгги қўнғироқ” тадбирлари:

✔️ жорий йилнинг 25 май куни соат 8:00 дан 9:00 га қадар ташкил этилади;

✔️мактаб ўқувчилари сонидан келиб чиққан ҳолда фақатгина 1-, 4-, 9-, 11-синф ўқувчилари жалб этилади;

✔️ маҳалла фаоллари, ота-оналар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш идоралари вакиллари билан ҳамкорликда ёнғин ва техника хавфсизлиги қоидаларига амал қилинган ҳолда ташкил этилади;

✔️фахрий ўқитувчилар, ота-оналар, маҳалла фаоллари, ўрнак бўладиган мактабнинг собиқ битирувчилари таклиф этилади;

✔️ йил давомида намунали хулқ ва аъло баҳоларга ўқиб, энг юқори рейтинг кўрсаткичларига эришган иқтидорли битирувчилар рағбатлантирилади;

✔️ мактаб ҳаётида фаол иштирок этаётган, одоб-ахлоқи, интилувчанлиги билан тенгдошларига ўрнак бўлаётган ўқувчиларнинг ота-оналарига “Энг фаол ота”, “Жонкуяр она”, “Масъулиятли ота-она”, “Аълочи ўқувчи отаси”, “Билимли қиз онаси” номинациялари бўйича ташаккурномалар берилади.

⚠️“Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказиш давомида қуйидагилар тақиқланади:

😄 турли ресторан ва кафелар, хонадонларда “Битирув оқшомлари”ни ўтказиш, босқичли назорат имтиҳонлари ва якуний давлат аттестасияларини ўтказишда, таълим муассасаларини янги ўқув йилига тайёрлаш борасида ўқувчи ва битирувчилар ҳамда уларнинг ота-оналаридан турли хил пул маблағларини йиғиш;

😄 битирув тадбирларида ўқувчилардан қимматбаҳо совғалар учун пул йиғиш, битирув кечаларига атаб қиммат кийимлар олиш, енгил автомашиналарда сайр ташкил этиш.

😄 ўқувчиларнинг гуруҳ-гуруҳ бўлиб хиёбонлар, истироҳат боғлари, чўмилиш ҳавзаларига бориши.

❗️ ММТВ тизимдаги барча ходимлар, ота-оналар ҳамда кенг жамоатчилик вакилларидан жорий ўқув йилини якунлаш ва “Сўнгги қўнғироқ” тадбирларини ўтказишда мазкур тавсияларга амал қилишларини сўраб қолади.


@T_Nurmetov
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
25-may - "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirini namunali tarzda o‘tkazish bo‘yicha murojaat
———
25 май - "Сўнгги қўнғироқ" тадбирини намунали тарзда ўтказиш бўйича мурожаат

👉🏻 Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati