Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.5K subscribers
11.8K photos
838 videos
55 files
3.51K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Treasure Hunt in Science” musobaqasi o‘tkazildi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi matematika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
tashkil etildi.

Nukus shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari 22-aprel – Butunjahon Yer kuniga bagʻishlangan rolik
tayyorladi.

Toshkent shahridagi Prezident maktabida ijodiy ishlar tanlovi
boʻlib oʻtdi.

Samarqand shahridagi Prezident maktabida hududdagi biologiya fani oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar
oʻtkazildi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida hududdagi STEM fanlari pedagoglari uchun mahorat darslari
tashkil qilindi.

Termiz shahridagi Prezident maktabida Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi doirasida adabiy tadbir
o‘tkazildi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida "Ochiq eshiklar"
kuni o‘tkazildi.

Ogahiy nomidagi ijod maktabida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti kafedralarining filiallari
tashkil etildi.

Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi hamda O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘rtasida hamkorlik
yoʻlga qoʻyildi.

Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining “Ulug‘imsan, Vatanim” mavzusidagi Respublika ijodiy ishlar tanlovining viloyat bosqichi
bo‘lib o‘tdi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi
imzolandi.

Bogʻot, Xonqa, Zomin tumanlari va Urganch shahridagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internati oʻquvchilari xalqaro va mahalliy taʼlim grantlarini qoʻlga kiritdi.

Yangiariq tuman
ixtisoslashtirilgan maktabi, Guliston shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari fanlar boʻyicha milliy sertifikatlarni qoʻlga kiritdi.

Guliston, Jizzax shaharlari va Forish tumani ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari oʻquvchilari IELTS sertifikatlariga ega boʻldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Attestatsiya
#Bizni_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor

⚡️ IJOD MAKTABI OʻQITUVCHISI ATTESTATSIYADAN 100 BALLLIK NATIJANI QOʻLGA KIRITDI

🗺Muhammad Yusuf ijod maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Dilfuzaxon Urmonova attestatsiya jarayonlari haqida o’z fikrini bildirdi.

💯U malaka test sinovlarida 100 dan 100 ballni qo‘lga kiritdi hamda oliy toifali malaka toifasiga ega bo’ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SPEAKING_DEBATE_CHEMPIONSHIP

🔥24-aprel kuni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida SPEAKING DEBATE CHEMPIONSHIP bo'lib o'tdi.

⚡️Musobaqada maktabimizdan 6-7-8- sinflardan tashkil topgan jami 8 guruh qatnashishdi.


⭐️Shulardan

6.01-sinf THE LEGENDARY GOLDEN  TRIO

6.01-sinf SUPER SPEAKERS

6.02-sinf GO GETTERS

7.02-sinf MAGICS

7.01 DYNAMITE 

8.01 CONQUERORS

guruhlari raqib jamoasi ustidan g'alaba qozonib, FINALga yo'llanmani qo'lga kiritishdi.

📌 Keyingi bosqich 1-may kuni 14.00 da faollar zalida bo'lib o'tadi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
Forwarded from Hilola Umarova
"Yangi O'zbekiston" universiteti: dunyoning 1-raqamli oliygohi – Massachusetts texnologiya instituti bilan hamkorlikda ta'limni rivojlantirish ustida ish olib boriladi

Ta’kidlash joiz, bunday keng miqyosdagi tadbir Markaziy Osiyoda ilk marotaba tashkil etilmoqda, unda o‘z sohasining eng tajribali mutaxassislari bir yerga jamlanadi.

Biz mahorat darslarida yurtimiz bo‘ylab barcha oliy ta'lim muassasalarini jalb qilishni va hamkorlik aloqalarini kuchaytirishni maqsad qilganmiz.

Mazkur xalqaro tadbir 29-aprel — 2-may kunlari poytaxtimizdagi “Yangi O‘zbekiston” universitetida bo’lib o’tadi.

Mahorat darslarida ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro’yxatdan o’tishingiz mumkin.
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining 100 nafar 5-8-sinf iqtidorli o'quvchilar zahirasini shakllantirish maqsadida matematika-informatika yo‘nalishi bo‘yicha saralash olimpiadasining Respublika bosqichi natijalari e'lon qilindi.

Respublika bosqichida eng yuqori natijaga erishgan hamda viloyatimizdan kuchli 100 talikka kirishi kutilayotgan o'quvchilar:

5-sinf
1. Abdullayev Jaloliddin Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM
2. Alimbayev Salohiddin Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM

6-sinf
1. O‘ktamboyeva Zarina Ildambek qizi Xorazm viloyati Urganch shahar ITMA 1-son IMI
2. Atayev Zufar Sharafiddinovich Xorazm viloyati Xiva shahar ITMA PM
3. Rahimberganova Muslimaxon Xurshidbek qizi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani ITMA IM
4. Atanazarov Rustam Javlonbek o‘g‘li Xorazm viloyati Yangibozor tumani ITMA IM

7-sinf
1. Baxodirov Akmal Otajon o‘g‘li Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM
2. Sharipov Dilshod Xorazm viloyati Urganch shahar ITMA 1-son IMI
3. Farxodova Zeboxon G‘ayrat qizi Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM
4. Qalandarova Sabohat Azamat qizi Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani 12-sonli maktab
5. Tairov Tohirjon Mardonbek o‘g‘li Xorazm viloyati Yangiariq tumani ITMA IM

8-sinf
1. Bekchonov Munisbek Muzaffar o‘g‘li Xorazm viloyati Hazorasp tumani To‘lqin FM NTM

@T_Nurmetov
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 8-01 sinf o'quvchilari bilan "Onamga xat" treningini o'tkazdi.

📍Maqsad: Kelajak avlodning onaga bo'lgan muhabbatini kuchaytirib , Vatanga , ustozga , kattalarga va butun borliqqa muhabbatini uyg'otish orqali mehr-oqibat tushunchalari targ'ib etildi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#psixolog_faoliyati
#Urganch_1_IMI

🏫Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab psixologi Laylo Otajanova 8-01 sinf o'quvchilari bilan "Onamga xat" treningini musiqa sadolari ostida o'tkazdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XORAZM FARZANDLARI...

Qat'iyatli o'quvchining muvaffaqiyati

🏢Bugungi loyihamiz maktab-internatining 9-03 sinf o'quvchisi Muxammedova Farangizning bir qancha yutuqlari haqida

📍Farangiz biologiya fanidan 70.99 % li (A+)   Milliy  sertifikatni qo'lga kiritgan va DTM imtihon savollari uchun 100% lik ballga ega bo‘lgan.

📍2023-2024- o'quv yilida asosiy fan olimpiadasining viloyat bosqichida

biologiya fanidan faxrli 1-o'rin;

"Hokim kubogida" faxrli 1-o'rin;

STEM fanlari bo'yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy (viloyat) bosqichida faxrli 1-o'rinlarni egallagan.


Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Xushnudbek.uz
“Yangi O‘zbekiston” universiteti ko‘plab grant imkoniyatlarini taqdim etadi

Kirish imtihonidan muvaffaqiyatli o'tgan quyidagi talabgorlar 4 yil davomida davlat granti asosida tahsil olishlari mumkin:

xalqaro olimpiada g‘oliblari;
ijtimoiy himoya yagona reyestriga kirgan oila a’zolari;
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarining eng yuqori ball asosida qabul qilingan 5% talabgorlariga.

Bir yillik tabaqalashtirilgan grantlar:
–top 10% talabalarga 100% grant;
–keyingi 10% talabalarga 70% grant;
–keyingi 15% talabalarga esa 50% grant ajratiladi.

❗️Mazkur tabaqalashtirilgan grant miqdorlari talabaning bilim salohiyatiga ko‘ra ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi bosqichda tahsil olayotganida saqlanib qolinishi, ko'payishi yoki kamayishi mumkin.

Universitetda o‘qishga arizalar qabuli davom etmoqda. Imkoniyatni qo'ldan boy bermang.

Reklama