IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.3K subscribers
8.95K photos
689 videos
51 files
2.78K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Xushxabar
#Tabriklaymiz
#Yangiariq_IM

🇺🇿Yana bir bronza medali Turkmanistondan Xorazmga qarab yo‘l oldi

Xabaringiz bor, Xorazm jamoasi Turkmaniston davlatining Arkadag' shahrida turkman shoiri Mahtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etmoqda.

✔️Bugun mazkur olimpiadaning yopilish va taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Olimpiada yakinlariga ko‘ra, Yangiariq tumani ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi

🥉 Tairov Tohirjon bronza medalni qo‘lga kiritdi.

🤝Tohirjonning keyingi o‘qishlariga ham zafarlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | Facebook
Turkmanistonda tashkil etilgan xalqaro matematika olimpiadasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar 9 ta medalni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 25-30-mart kunlari Turkmaniston davlatining Arkadag‘ shahrida o‘tkazilgan xalqaro matematika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston jamoasi 2ta🥇oltin, 2ta🥈kumush va 5ta🥉bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Medal sohiblari bilan tanishing:


▶️ Yusufjon Ortiqov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥇oltin medal,

▶️ Maqsadbek Egamberganov - Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi 🥇oltin medal,

▶️ Farhod Ochilov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 11-sinf o‘quvchisi 🥈 kumush medal,

▶️ Murodjon Mamatov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥈 kumush medal,

▶️ Anvar Rustamov - Buxoro viloyati, Qorako‘l tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Tohirjon Tairov - Xorazm viloyati, Yangiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Mirshod Muhammedov - Buxoro shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️Ulug‘xo‘ja Bafoyev - Buxoro viloyati, Jondor tumanidagi 46-maktabning 9-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal,

▶️ Xushnudbek Durdiyev - Buxoro viloyati, Olot tumanidagi 10-maktabning 10-sinf o‘quvchisi 🥉bronza medal.

Ushbu g‘alaba bilan ishtirokchilarni hamda ularning ustoz va ota-onalarini muborakbod etamiz!


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
#xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

KEMBRIJ XALQARO TA’LIM TASHKILOTI BILAN HAMKORLIKDAGI ILMIY-AMALIY TRENINGLAR HAFTALIGI YAKUNLANDI

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining ijrochi va akademik direktorlari hamda STEM fanlari bo‘yicha xorijiy va mahalliy o‘qituvchilari uchun Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotining 2025-2027-o‘quv yillari uchun ishlab chiqilgan yangi dasturlarining taqdimoti, o‘qitish metodikasi, laboratoriya ishlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy treninglar haftaligi nihoyasiga yetdi.

Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab mezbonlik qilgan ushbu tadbir ishtirokchilari uchun ta’limning eng so‘ngi metodlarini o‘qitish, amaliy mashg‘ulotlar o‘tish, zamonaviy ta’limning yangi usullari bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish maqsadida Kembrij xalqaro ta’lim tashkilotidan 12 nafar professor jalb etildi.

Kembrij xalqaro ta’lim tashkiloti bilan hamkorlikdagi ilmiy-amaliy treninglar haftaligining yopilish marosimida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eko-aksiya

"Chiqindisiz dunyo uchun!" eko-aksiyasida faol ishtirok eting!
30-mart(shanba) kuni soat 10.00 da Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda uning huzuridagi Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi tomonidan "Chiqindisiz dunyo uchun!" ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkaziladi!!!

📌 Shu munosabat bilan Urganch shahrimizning barcha aholisini ushbu eko-aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!!!

🇺🇿 Zero tabiat, Ona vatan barchamizniki! Uni chiqindisiz, sof holda asraylik!!!

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Live stream started
Live stream finished (27 minutes)
Live stream started
Live stream finished (33 seconds)
Live stream started