Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.36K subscribers
12.2K photos
854 videos
57 files
3.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Xushxabar
#Tabriklaymiz
#Qizlar_olimpiadasi


🎉Bugun Toshkent shahridagi taqdirlash marosimidan qaytayotgan g'olibimiz O'ktamboyeva Zarinani Urganch shahar temir yo'l vokzalida maktab ma
muriyati azolari  tantanali ravishda kutib oldilar.


🎉 Butun maktab-internati jamoasi o'quvchimizni  ushbu yutug'i bilan tabriklab, kelgusi o'qishlarida ulkan marralarni zabt etishini tilaydilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍16🔥4🎉2👏1
👍9🔥3🤩1
8-Mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami !

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining erkak ustozlari va o'g'il bola o'quvchilari erta tongdan ayol o'qituvchi va xodimlarni gullar bilan kutib olishdi va bayram bilan tabriklashdi.

🌹Aziz opa-singillar, barchangizni ko‘klamning eng nafis ayyomi 8-mart –Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz. Hayotimizga mazmun bag‘ishlaydigan, bizni hamisha odamiylik, oliyjanoblik sari chorlaydigan, sadoqat sohibasi bo‘lmish siz munis ayollarning mehr-muhabbatingiz va zahmatingizni hech narsa bilan qiyoslab bo‘lmaydi.

🌺Bugungi muborak ayyom kunlarida Sizlarga oilaviy baxt-saodat, mustahkam sog‘lik, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, farzandlar kamolini ko‘rib yurishingizni tilaymiz. Doimo bahoriy kayfiyat va go‘zallik hamrohingiz bo‘lsin.

Hurmat bilan,
Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍18🤩2🔥1
🌹8-mart bayrami muborak bo'lsin!

🎉Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ishchi-xizmatchi xodimlar ham ertalabdan ko'tarinki ruhda kutib olindi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍8👏4🤩2