IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.27K subscribers
9.31K photos
714 videos
51 files
2.86K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#New_Uzbekistan_University

✳️Bugun Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari Murodbek Islomov va Javohir Saidibragimovlar tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazildi.

⚡️Tadbirni Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi boshlig'i Sarvar Abdullayev kirish so'zi bilan ochib berdi.

💢Universitetga iqtidorli o'quvchilarni jalb qilish, muassasa faoliyati bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu uchrashuv davomida o'quvchilar ulkan marralarni zabt etishda poydevor boʻla oladigan ta'lim maskani faoliyati toʻgʻrisida muhim ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

♻️ Uchrashuv qizg'in kechdi va bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar. Eng faollarga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍Bugungi tadbir viloyatning 9 ta hududidan jamlangan bitiruvchilar uchun o'tkazildi. Targ'ibot dasturi ertaga Xiva shahridagi Prezident maktabida bo'lib o'tadi.

🌐 Telegram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#New_Uzbekistan_University

YANGI O'ZBEKISTON UNIVERSITETI HAQIDA MA'LUMOTLAR BERILDI

Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi bilan hamkorlikda "Yangi O'zbekiston" universiteti xodimlari tomonidan targ‘ibot dasturi o'tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Jarayonlar haqida Xorazm telekanali dasturlarida lavha namoyish qilindi.

📲DASTURNING HD versiyasi👇
https://www.youtube.com/c/XORAZM24

🌐 Telegram | Facebook
#new_Uzbekistan_university

⚡️"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

🧮 Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi:

🥈Abrorjon Butayev – kumush medal;
🥈Olimjon Olimov – kumush medal;
🥉Jasurbek Roʻziboyev – bronza medal.

📝 Maʼlumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

💫 Talabalarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#new_Uzbekistan_university

⚡️ Agentligimiz tizimidagiYangi O‘zbekiston” universiteti diplomi Germaniyada tan olindi

❗️“Yangi O‘zbekiston” universiteti Germaniyaning Anabin tashkiloti tominidan Germaniyada tan olinganlik sertifikatiga va eng yuqori H+ reytingiga ega bo‘ldi.

Unga ko‘ra universitetdagi ta'lim tizimi Germaniya universitetlari tomonidan tan olinib, talabalar o‘qishni ko‘chirishi, qo‘shma ta'lim dasturlari tashkil etish, tadqiqotlar o‘tkazish va turli hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish imkoni yaratildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM