IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.57K photos
677 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#ertalabki_saflanish

#ixtisoslashtirilgan_maktab

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida har hafta juma kuni an'anaga aylangan ertalabki saflanish O‘zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasini kuylash bilan boshlandi.

⚡️Shundan so'ng HOKIM OLIMPIADASIDA qatnashib, faxrli o'rinlarni olgan o'quvchilar va "Davlat tilini 34 yilligi " munosabati bilan o'tkazilgan tanlovlarda o'rin olgan o'quvchilar taqdirlandi.

☀️ Saflanish davomida o‘quvchilarga oldlarida turgan muhim imtihonlardan biri- CHSB imtihonlarida omadlar tilandi.

Bizni kuzatishda davom eting
:

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#60_yoshingiz_muborak_bo'lsin

Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab internatida maktabimizning fidoyi ,  jonkuyar hamda 35 yillik tajribali ustozi Bekchanov Qudrat ustozning 60 yillik tavalludi katta tantana, shodiyona bilan nishonlandi .

💥Tantana badiiy qism bilan boshlanib maktabimiz oʻquvchilari oʻz sheʼr va qoʻshiqlari bilan ustozni qutladilar.

💫💐Tadbirimizda faxriy ustozlar, Qudrat ustozimizning oila aʼzolari va yaqinlari ishtirok qilishdi hamda ular oʻzlarining samimiy niyatlari bilan ustozni muborakbod qildilar.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#new_Uzbekistan_university

⚡️"Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalari xalqaro matematika olimpiadasida 3 ta medalni qoʻlga kiritishdi

🧮 Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida matematika fanidan oʻtkazilgan Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi II xalqaro olimpiadasida universitetimiz talabalari 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritishdi:

🥈Abrorjon Butayev – kumush medal;
🥈Olimjon Olimov – kumush medal;
🥉Jasurbek Roʻziboyev – bronza medal.

📝 Maʼlumot uchun, olimpiadada 40 ta jamoadan (14 tasi xorijiy, 26 tasi mahalliy) 225 nafar talaba ishtirok etgan.

💫 Talabalarimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yangiliklar

Maktablarda kuzgi ta'til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktab o‘quvchilari uchun I chorakning so‘nggi kuni 3-noyabrga to‘g‘ri kelib, 4-noyabr kuni kuzgi ta’tilning ilk kuni sanaladi. Ta’til 6 kalendar kun, ya’ni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 10 noyabrdan boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yilgi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, o‘quvchilar uchun ta’til kunlari quyidagicha belgilangan:

• kuzgi ta’til – 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;

• qishki ta’til – 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;

• bahorgi ta’til – 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;

• yozgi ta’til - oxirgi bosqichli nazorat sinovi o‘tkazilgan kundan (bosqichli nazorat o‘tkazilmaydigan sinflar uchun o‘quv yili tugagan kundan) boshlab 1-sentabrgacha.

1-sinf o‘quvchilari uchun esa fevral oyi davomida qo‘shimcha bir haftalik ta’til belgilanadi.

🌐 Telegram | Facebook
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha 90 yillik tajribaga ega Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti jamoasi bilan soha rivoji borasida ochiq muloqot qilish maqsadida ushbu oliy taʼlim muassasasiga bordik.

Ayni vaqtda universitetda 12 ta fakultet, 30 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va 29 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha maktabgacha, umumiy o‘rta taʼlim hamda professional taʼlim muassasalari uchun kadrlar tayyorlanib kelinmoqda.

Ushbu taʼlim dargohida 24 ming nafardan ortiq talabaga 800 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilarning dars berib kelayotgani ushbu taʼlim muassasasi Respublikada tayanch vazifani bajarayotganidan dalolatdir.

Davlatimiz rahbarining universitet faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori qabul qilinib, 2026-yilga qadar universitet xalqaro talablarga muvofiq transformatsiya qilinishi belgilandi, shuningdek qator maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Hozirda universitet tomonidan qo‘shma dasturlar asosida Belarus hamda Moskva pedagogika davlat universitetlari, Qozon Federal universiteti bilan hamkorlikda 3+1 shaklida (Double degree) bakalavr pedagog kadrlar tayyorlab kelinmoqda.

Bundan tashqari, 16 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha konsepsiya va milliy o‘quv dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tuzilgan ijodiy guruhlarga universitetning yetuk salohiyatli professor-o‘qituvchilari jalb etilgani ham ertangi kunimiz uchun xayrli qadam, deb aytish mumkin.

Uchrashuv davomida pedagoglar jamoasi tomonidan sohada mavjud muammo va ularning yechimlari bo‘yicha takliflar berildi.
Xususan, universitet talabalarining umumtaʼlim maktablarida amaliyot o‘tash jarayonlari bilan bog‘liq masalalar  muhokama etildi.

Universitet jamoasi  taʼlimning innovatsion shakllari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari, kasbiy yo‘naltirish, o‘qitishning samarali usullarini qo‘llagan holda vazirlikka yetuk avlodni tarbiyalashda doimiy ko‘makchi bo‘lishiga ishonaman.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#prezident_maktabi
#yangi_loyiha

⚡️ Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari tomonidan "Ma'nolar maxzani" nomli yangi loyiha tayyorlandi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#JARAYON
#CHSB_IMTIHONLARI
#IXTISOSLASHTIRILGAN_MAKTAB
#URGANCH_SHAHAR_1_IMI

⚡️Ayni damda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida I-chorak yuzasidan CHSB imtihonlari bo'lib o'tmoqda...

🔰Ushbu summativ baholash imtihonlaridan  foto lavhalar.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram