IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.31K subscribers
8.72K photos
684 videos
50 files
2.73K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

Ayni damda butun Respublika bo’ylab Prezident maktablarining 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Talabgorlar FaceID tizimidan o’tib guruh nazoratchilari boshchiligida o’z joylarini egallashdi.

📌 Mazkur bosqichda talabgorlardan
matematika fanidan 30 ta test ishlash talab etiladi. Buning uchun 60 daqiqa vaqt ajratiladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023
#prezident_maktablari

Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi saralash bosqichining 2-smenasi o’z ishini boshladi.

🔴 Jarayonlarni quyidagi havola orqali kuzatib borishingiz mumkin: test2023.uz

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har bir so’zi entikib o’qiladigan, har bir surati mahzunlik va quvonch aralash hissiyot bilan tomosha qilinadigan juda zo’r material!

Abituriyentlik hayoti haqida shu paytgacha hali bunaqa jonli maqola ko’rmagandim.

Siz ham albatta o’qib ko’ring:

https://www.gazeta.uz/uz/2023/07/15/kazarma/

“Mashg‘ulotlar tezda boshlana qoldi. Hamma indamaygina test yechardi. Sen ham (bu manzarani kuzata turib, odamning uyqusi kelib ketardi). Ammo xayollaring ostonadagi poyabzallar kabi tartibsiz edi.  Ehtimol, test yechayotganingda ham bu yil albatta o‘qishga kirishing shartligini, serfarzand oilangning sira but bo‘lmaydigan kam-ko‘stini, ikki abituriyent farzandini pulli repetitorga qo‘yib, birmuncha qiynalib qolgan ota-onangning mehnatlarini o‘ylayotgan, ich-ichingdan shunga kuyinayotgandirsan…”


🔘@xushnudbekuz
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan savollar yuzasidan rasmiy munosabat

Xabaringiz bor, 15-iyul kuni barcha Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi 3 smenada bo‘lib o‘tdi.

Turli ijtimoiy tarmoqlarning "1-smena savollari 2- va 3-smenada ham takrorlangan" deya, xavotir bilan bildirayotgan fikr-mulohazalari asossiz.

Hurmatli ota-onalar, shuni ma’lum qilamizki, barcha imtihon savollari har yilgidek Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlandi.

Talabgorlar sonidan kelib chiqib mazkur birinchi bosqich imtihonlari 3 smenada 3 xil variantda tashkil qilingan. Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti har yili imtihon savollarini zaxirasi bilan taqdim etadi.

Agar talabgorlar soni bundan ham ko‘p bo‘lib, yanada ko‘proq smenada tashkil qilganida ham shuncha smenaga mos har xil variantlar taqdim etilgan bo‘lardi. Bir smenada berilgan savollar keyingi smenalarda aynan qo‘llanilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi saralash bosqichi hisoblanib, udan muvaffaqiyatli o‘tgan 480 nafar o‘quvchi Respublika bo‘yicha bir vaqtda va 1 smenada bo‘lib o‘tadigan ikkinchi asosiy bosqich imtihonlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazib ko‘radilar.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Movluda Asqarxo‘jayeva
🤝Xalqaro hamkorlik ikki millat do'stligini yanada mustahkamlamoqda

UNICEF xalqaro tashkilotining ko’magi bilan Surxondaryo viloyatidagi qator maktabgacha ta’lim tashkilotlarida afg’on oilalari farzandlari uchun maxsus guruhlar tashkil etilmoqda.

Kuni-kecha Termiz shahridagi 31-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo’lgan xalqaro tashkilot vakillari bu borada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.

Dastlab tarbiyalanuvchilar ijrosidagi badiiy chiqishlar mehmonlar e’tiboriga havola etildi.

Shundan so’ng maxsus guruhlar uchun manzilda yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi va maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan samimiy suhbat qurildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube