IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.5K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эълон
#Anons
#Bilim_doirasida

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda "Madaniyat va ma'rifat" telekanali bilan hamkorlikda "Bilim doirasida" nomli intellektual ring ko'rsatuvi doimiy efirga berib borilmoqda.

📆 30-oktabr kuni soat 21:00 da mazkur ko'rsatuvning navbatdagi soni efirga uzatiladi.

❗️Unda Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi va Guliston Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o'quvchilari o'zaro kuch sinashishadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Ўзбекистон Республикаси давлат байроғини нишонлаш кунига бағишлаб Yangi Nafas бир вақтда оммавий югуриш мусобақаси бўлиб ўтади

Давлатимизнинг энг муҳим миллий байрамларидан бири - Ўзбекистон Республикаси давлат байроғини қабул қилиш куни арафасида 13 ноябр куни республиканинг ўн бешта шаҳрида бир вақтда Yangi Nafas спорт мусобақалари бўлиб ўтади. Бутун юртимиз бўйлаб 32 мингга яқин иштирокчи "Бир ватанда, бир вақтда, бир масофага, бир мақсадда - бирга югурамиз" ягона шиори остида бирлашади.

Давлат байроғи кунини нишонлаш доирасида, Фарғона, Қўқон, Наманган, Андижон, Чирчиқ, Гулистон, Жиззах, Самарқанд, Қарши, Термиз, Навоий, Бухоро, Урганч, Нукус ва Тошкент аҳолиси Yangi Nafas спорт оммавий югуриш мусобақасига қўшилади. Республика пойтахтида ушбу куни бир вақтда 3 та оммавий югуриш мусобақалари ташкиллаштирилади – “Янги Ўзбекистон”, “Ашхобод” паркларида ва “Humo Arena” муз саройининг ҳудудида.
🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️🔹️
https://t.iss.one/Urganch_IMI
FARZANDIMIZ BIZNING AKSIMIZ

Dugonam bilan kechki payt bolalarni sayr qildirishga olib chiqdik. Ular bahonasida ikkimiz ham diydorlashib, talabalik oltin davrimizni eslamoqchi edik. Kechagina hayot tashvishlariga beparvo, dunyoni faqatgina oq ranglarda ko'rguvchi, beg'ubor qizlar, bugun ulg'ayib, ranglarni anchagina farqlaydigan, yelkasida farzand tarbiyasidek mas'uliyatli vazifani yuklab olgan onalarga aylanib qolganimizni payqay boshladik. Avvallari suhbatimiz o'zimiz haqimizda bo'lsa, endi farzandlarimiz kelajagiyu, ularning tarbiyasi haqida boryapdi. Allohga shukur deymiz. Bizga shunday shirin baxtni ravo ko'rgani uchun. Suhbatimiz endi qiziy boshlaganda dugonamning telifoni chaqira boshladi. Boshida e'tibor bermadim. Yaqinlari ahvol so'rayotgandir deb. Lekin uning kayfiyati o'zgarishi diqqatimni tortdi. Uzoq gaplashishdi. Anglashimcha, qizining maktabda olayotgan qoniqarli baholaridan norozilik bildiryapdi ona. Biz a'lo o'qishi uchun bor mahoratimizni ishga solyapmiz. Siz ham uyda qo'shimcha shug'ullaning deb javob berdi dugonam. ,,Man 1 mln 600 ming to'layapman har oy maktab uchun. Kerak bo'lsa o'zlaring o'rgatasanlar" deb o'dagayladi haligi ona. Mani vaqtim yo'q...
Hurmatli vaqti yo'q onajonlar! Ishdan ortib, teligram, telifon, tilevizordagi kerak-bekerak seriallaru, boshqa mayda ishlarga vaqt topasizku. Ularga ham vaqtim yo'q dersiz. Farzandingizning kelajagi uchun qayg'urib, har bir ota-onaning iddaosiga sabr bilan ko'z yumib, shu bolalarni o'z bolasidek ko'rib, xat-savod chiqarishiga o'z hissasini qo'shayotgan ustozga rahmat o'rniga, soatlab haqorat yog'dirishga vaqtni qayrdan olyapsiz unda?! Xalqimizda olmani tagida olma tushadi degan gap bor. Balki, o'zingiz maktabda o'rtacha bilimga ega o'quvchi bo'lgandirsiz, bir eslab ko'ring. Farzandingiz bilim olishi irsiyatga bog'liqdir. Yoki bolangizni ortiqcha taltaytirib yuborgansiz, balki, umuman rag'batlantirmagansiz. Xullas, xatoni avval o'zingizdan qidiring. Bolangiz betob bo'lib qolsa, shifokor tavsiya qilgan dorini aytganidek vaqtida ichirasizku. Nega   shifokorga qarab o'zingiz ichiring, sizga to'lov qildim demaysiz. Ustoz ham yarim shifokor. Farzandingiz ruhiyatini so'z ilmi, mehr dorilari bilan davolayapdi. Uyda berib yuborgan topshiriqni vaqtida bajartiring. Shunda farzandingiz siz istagandan ham yuqori natijaga erishadi. Avvalo, ustoziga ta'zimda bo'ling! O'zingizni qanday tutsangiz, ertaga farzandingiz o'zini shunday tutadi. Zero, FARZANDIMIZ BIZNING AKSIMIZ!
Bolani dunyoga keltirib qo'ydik. Tarbiyasi ustozlarning qo'lida deb o'ylasangiz, katta xato qilibsiz. Bola tarbiyasi uchun, avvalo oila tayanch nuqta hisoblanadi. Million pul to'lab qo'yib, o'zingiz tarbiyasizlik qilyapsizmi?! Demak, ertaga farzandingiz ham sizning davomchingiz bo'ladi...
Dugonamga esa mashaqqatli kasbi-koriga baraka berib, qo'lida tarbiyali ota-onalarning tarbiyali farzandlari  ta'lim olishiga tilakdoshman!

Lobar Xolmurodovna
ХИВАГА ШАХМАТ МАЛИКАЛАРИ ТАШРИФ БУЮРАДИ

Маълумки, жорий йилнинг 28 ноябрдан 11 декабрига қадар Хива шаҳрида “Aл-Беруний” халқаро шахмат турнири ўтказилади. Эътиборлиси, турнир билан бир вақтнинг ўзида шахмат бўйича аёллар ўртасида жаҳон чемпионлигига даъвогарлар ўртасида чорак финал ва ярим финал беллашувларининг иккинчи босқичи ҳам уюштирилади.
Хусусан, чорак финал жуфтликлари қуйидагича: Aлександра Горячкина - Aлександра Костенюк ва Екатерина Лахно - Тань Чжуньи. Рақибларнинг ҳар бири классик вақт назорати билан тўрттадан ўйин ўтказади. Aгар якуний ҳисоб тенг бўлса, тезкор шахмат бўйича тай-брейк ташкил этилади.
Турнир шаҳардаги “Фаровон” меҳмонхонасида бўлиб ўтади.
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
https://t.iss.one/Urganch_IMI
#tanlov
📣📣📣📣Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida " YOSH KITOBXON " tanlovini e'lon qiladi
Tanlov noyabr oyining oxirigacha davom etadi.
Tanlovning birinchi bosqichi sinflar kesimida quyidagi adabiyotlar orqali bo'lib o'tadi va oy yakunida test sinov asosida g'oliblar aniqlanadi.G'olib ishtirokchilar keyingi bosqichda qatnashishadi.
5-6-sinflar uchun
"Zulmat ichra nur" qissa Mirkarim Osim (Navoiyning bolaligi haqida)
"Dunyoning ishlari"O'.Hoshimov qissa
(Onalar haqida)
⚡️⚡️⚡️⚡️7-8-sinflar uchun "Mehrobdan chayon" A. Qodiriy
"Chol va dengiz"qissa E.Xeminguey
9-11-sinflar uchun
"Yulduzli tunlar"(Bobur)
Roman P.Qodirov
M.Bulgakov "Ityurak"
Qissa
🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
Barcha o'quvchilarga omad!
https://t.iss.one/Urganch_IMI
Forwarded from LPA | Khorezm Region
🤝Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyati hududiy vakilligi Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi bilan memorandum imzoladi.

📝Memorandum doirasida xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy metodikalarni qo‘llash, asosiy til ko‘nikmalarini amaliy rivojlantirish, o‘quvchilar bilimlarini baholashning xalqaro tan olingan uslublaridan foydalanish, pedagoglar faoliyatini qo‘llab quvvatlash, turli ko‘rik tanlovlar o‘tkazish va umumiy soha faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish masalalarini amalga oshirish qayd etildi.

Shu bilan birgalikda, O‘zbekistonda «Yashil makon» umummilliy harakati doirasida Agentlikning Xorazm viloyati hududiy vakilligi hamda Prezident ta'lim muassasalari agentligi Xorazm viloyati hududiy bo'limi hodimlari hamkorligida Urganch shahri markaziy ko'chalaridan biriga ramziy ko'chatlar ekishdi.

🌐 @lpa_khorezm_region



🔰 LPA KHOREZM
Forwarded from Hilola Umarova
#Olimpiada
#Rivojlanish

🌟Har doim turli tanlovlar, olimpiadalarga o'quvchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Chunki bu kabi sog'lom raqobat bolalarimizni o'sishiga, o'z ustida ishlashiga, rivojlanishiga katta turtki beradi🔥

⚡️Bugun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilarining bir guruhi "Qorako'l olimpiadasi"🏆dagi ishtiroki va g'alabasi uchun taqdirlanishdi.

Ko'zi yonib turgan, intiluvchan yoshlar - bizning kelajagimiz!✨️

Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Navoiy_Prezident_maktabi
#Saxovat_karvoni

❇️Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Navoiy shahridagi Prezident maktabida "Mehr-muruvvat va saxovat – xalqimizning azaliy qadriyati" oʻquvchi-yoshlarning volontyorlik harakatlari tashkil qilindi.

🎗 Maktabning faol yoshlaridan iborat “Istiqbolli avlod” yosh koʻngillilar harakati doirasida oʻquvchilar mehrga muhtoj xonadonlarga borib, yolgʻiz qariyalar va imkoniyati cheklangan insonlar holidan xabar olishdi.

Bu kabi tadbirlar orqali yosh avlod vakillarining ong-u tafakkurida oqibatlilik, muxtojlarga yordam koʻrsatish, fidoyilik va halollik kabi fazilatlar shakllantiriladi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор
#Toshkent_shahri_prezident_maktabi
#Xalqaro_olimpiada

🔰Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda.

✔️10-Green sinf o'quvchisi Doniyor Boymo'minov Singapurda bo'lib o'tgan "STEMCO- 2022" xalqaro biologiya olimpiadasida kumush medali sovrindori bo'ldi.

✔️ 10-Green sinf o'quvchisi Sohibjon Dilmurodov Misrda bo'lib o'tgan "Climate science" xalqaro olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Бизнинг_шундай_ўқувчиларимиз_бор

YOSH IXTIROCHILAR

🔰Prezident ta‘lim muassasalari agentligi tizimidagi Guliston shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari fizika fanidan o‘rgangan bilimlarini amaliyotda tatbiq etgan holda, o‘z yasagan ixtirolarini taqdimotini namoyish etishdi.

🔭O‘quvchilar o‘zlarining mustaqil yasagan ixtiro namunalarini yasalish bosqichlari, tuzilishi haqida to‘liq ma‘lumotlar berishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#ChSB_imtihonlari
#Fotoreportaj

🔴Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda ChSB imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu imtihon agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab hamda maktab-internatlarda ixtisoslik fanlaridan chorak yakunlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi

Chorak bo‘yicha summativ baholash imtihonlari 2 smenada tashkil etilmoqda.

➡️Summativ baholash tizimi bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.

#Samarqand #Jizzax #Buxoro #Sirdaryo #Toshkent #Фарғона

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube