IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.32K subscribers
8.68K photos
681 videos
50 files
2.72K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#tanlov
#ishga_talkif_etamiz

📣 DIQQAT E'LON!

❗️ O‘z sohasida yangi marralarni zabt etmoqchi bo‘lgan RAHBAR VA PEDAGOG kadrlar diqqatiga!

🔔 IXTISOSLASHTIRILGAN TA'LIM MUASSASALARI AGENTLIGI
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlardagi bo‘sh ish (vakant) o‘rinlarga pedagog kadrlarni hamda Agentlik tizimida yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarga rahbar va pedagog kadrlarni ISHGA TAKLIF ETADI.

📆 Tanlovning 1-bosqichi (saralash) joriy yilning 15-30-iyun kunlari bo'lib o'tadi.

Hurmatli rahbar va pedagog kadrlar, bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin;
xalqaro tan olingan dasturlar asosida dars o‘tishingiz ta'minlanadi.

🗂 Talab etiladigan hujjatlar:
pedagogik oliy ma’lumotga ega bakalavr/magistraturani tamomlagan bo‘lishi (magistraturaning 2-bosqich talabalari ham o'qituvchi sifatida tanlovda ishtirok etishi mumkin);
nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
malaka toifalar haqidagi tasdiqlovchi hujjatlar;
pedagogik qayta tayyorlashdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma (sertifikat) nusxalari (agar mavjud boʻlsa).

Nomzodlardan nimalar talab etiladi:
halollik, ishchanlik va jamoada ishlay olish qobiliyati;
liderlik qobiliyatlar va axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi;
xorijiy tillarni bilgan nomzodlarga ustunlik beriladi.

📆 Hujjatlarni 15-30-iyun (shu kuni ham) kunlari job.piima.uz sayti orqali topshirishingiz mumkin.

☎️ Call-markaz: (71) 207 20 17 (ichki raqam 605)

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from XORAZM YOSHLARI
13-17-iyun kunlari viloyatimiz bilimdonlari oʻrtasida “Xorazm intellektual xaftaligi” oʻtkaziladi.

🏆 Urganch shahridagi “Yoshlar markazi” binosida boʻlib oʻtadigan musobaqaga Xorazm viloyatidagi tuman (shahar) terma jamoalari va mehmon jamoalar taklif etiladi. Har bir tuman (shahar)dan 8 nafar ishtirokchi qatnashadi. “Xorazm intellektual xaftaligi”da yoshi, kasbi va mavqeidan qat’i nazar viloyatimizdagi barcha bilimdonlar ishtirok etishi mumkin.

🔥 Olimpiada qatnashchilari quyidagi 5 turdagi o‘yinda oʻzaro bellashishadi:

⭐️“Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi
⭐️“Zakovat Quiz”
⭐️“Breyn-ring”
⭐️“Shaxsiy o‘yin”
⭐️“Erudit-kvartet”

Batafsil bizda
🕊 Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Бошланғич синф ўқувчиларига планшетлар тарқатилади

Шавкат Мирзиёев хоразмлик сайловчилар билан учрашувда келгуси 7 йилда Хоразм вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш бўйича режалари билан таништирди. Сайловолди дастурининг таълимга оид бандида таъкидланганидек, Хоразм боғчаларида компьютер синфларини ташкил қилиш, бошланғич синф ўқувчиларига планшет тарқатиш бошланади, дея хабар қилмоқда Kun.uz мухбири.

👉 https://kun.uz/98507456

Kun.uz расмий канали
Тошкент-Хива “Жалолиддин Мангуберди” тезюрар поезди қатнови йўлга қўйилади

Президентликка номзод Шавкат Мирзиёевнинг таъкидлашича, 2025 йилдан Тошкент-Хива “Жалолиддин Мангуберди” тезюрар поезди қатнови йўлга қўйилади. Бунинг учун Бухоро – Урганч – Хива темирйўли 365 миллион доллар инвестиция ҳисобига электрлаштирилади.

👉 https://kun.uz/87537724

Kun.uz расмий канали
Шавкат Мирзиёев: Хоразм вилоятида бирламчи тиббий ёрдамни аҳолига яқинлаштириш мақсадида 53 та тиббиёт муассасаси фаолияти янгидан йўлга қўйилади.

Шавкат Мирзиёев: Хоразм вилоятида аҳолининг замонавий уй-жойга ўсиб бораётган талабини қондириш мақсадида, 50 минг хонадонга эга 2 мингта кўп қаватли уйлар барпо этилади.

@XORAZMLIKLAR kanali👇🏻
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFX4R5ZzkvGRQ2m7yw
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ijod maktablariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Mazkur maktablarga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

Ijod maktablariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ijod maktablariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM

#haqiqat

**Hammamizga ma'lum oddiy haqiqatlar!**

https://t.iss.one/Urganch_IMI
# Tabriklaymiz

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining tarix fani o'qituvchisi Salayev Muminjon  tarix fanidan  92,8% li Milliy  sertifikatni qo'lga kiritdi.

O'qituvchimizni  ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi  nomidan ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz.

💫Kelgusi ishlarida  ulkan parvozlar tilab qolamiz.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
Forwarded from Muallimlar.uz | rasmiy
⚡️2023-yilgi kirish imtihonlarida tushadigan testlarning 50-70% qismini o'rta darajadagi savollar tashkil etadi!

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida abituriyentlarga:

👉 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan 60 ta test topshirig‘i;
👉 3 ta majburiy fandan 10 tadan 30 ta test topshirig‘i beriladi.

Bunda mutaxassislik fanlaridan test varianti 3 ta qiyinlik darajasidagi (oson, o‘rta, qiyin) test topshiriqlaridan shakllantiriladi.

Barcha abituriyentlar uchun fanlar kesimidagi test variantining teng kuchli bo‘lishini ta’minlash maqsadida test variantidagi test topshiriqlari quyidagicha taqsimlanadi:

1️⃣ oson darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida;
2️⃣ o‘rta darajadagi test topshiriqlari – 50-70% oralig‘ida;
3️⃣ qiyin darajadagi test topshiriqlari – 15-25% oralig‘ida.

Majburiy fanlarda esa test topshiriqlarining barchasi oson darajadagi test topshiriqlari hisoblanadi.

bmba.uz | Rasmiy👇
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
https://t.iss.one/+TaN4_ETdpUy3Eu5b
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun
#infografika

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga nechanchi sinflarga qabul bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari qaysi fanlardan necha bosqichda bo‘lib o‘tadi?

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga o‘qishga kirishda nomzodlarga qo‘yiladigan talablar bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM