IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.5K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#jarayon


🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi  Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida  9-11-sinf o'quvchilariga  ona tili , ingliz tili,tarix fanlaridan yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari davom etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
❗️Якуний имтиҳондан ўтолмаган ўқувчини синфда қолдириб юборилиши мумкин

Мактаб битирувчилари учун умумий ўрта таълим дастурларини тўлиқ ўзлаштиргандан кейин якуний аттестациядан ўтиш мажбурийдир. Мактаб битирувчиларининг билими, малака ва кўникмаларига қўйилган талабларнинг бажарилиши бўйича якуний аттестация ёзма, оғзаки ёки тест усулида ҳар бир фаннинг амалдаги ўқув дастури асосида ўқув йилининг якуни бўйича ўтказилади.

Таълим дастурларини давлат таълим стандартлари талаблари даражасида ўзлаштирган ва ўқув фанларидан йил якуни бўйича ижобий баҳоланган, ёки битта ўқув фанидан қониқарсиз баҳоланган битирувчилар мактаб педагогик кенгаши қарорига асосан якуний аттестацияга қўйиладилар.

Халқ таълими вазирининг 2008 йил 4 мартдаги 56-сонли буйруғи билан тасдиқланган “Умумий ўрта таълим олувчиларнинг якуний давлат аттестацияси тўғрисида”ги низомнга кўра, бир ёки икки фандан ўтказилган якуний аттестацияда қониқарсиз баҳо олган битирувчиларга охирги якуний аттестациядан кейин икки ҳафта ўтгач қониқарсиз баҳо олган фанидан қайта якуний аттестациядан ўтиш ҳуқуқи берилади.

Йиллик баҳо ва якуний аттестация натижаларига кўра, умумий ўрта таълим давлат таълим стандартлари талабларини бажармай, “қониқарсиз” баҳо олган битирувчилар шу синфда қайта ўқишга қолдирилиши мумкин.

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
https://t.iss.one/+KzysPSHcaRVlMGQy
#Ovozli_chat

❗️Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha ovozli chat

📆 2023-yilning 5-iyun kuni 15:00 da Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@piimauz)da ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Ovozli chat Agentlik tizimidagi Prezident, Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjatlar qabuli bo'yicha bo‘lib o‘tadi.

🎙 Unda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etadi hamda talabgorlarning savollariga batafsil javob beradi.

🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ХОРАЗМ АҲЛИ!

5-июн соат 19:00да Урганч шаҳридаги Жалолиддин Мангуберди майдонида Ёшлар ойлиги муносабати билан “Янги Ўзбекистон ёшлари, бирлашайлик!” шиори остидаги ёшлар сайли бўлиб ўтади.

Дастур мехмонлари эстрадамиз юлдузлари Райҳон Ганиева, Афруза, Сардор Тоиров, Виа Мароканд ва Божалар гуруҳи.

Кириш мутлақо БЕПУЛ. Барча юртдошларимизни таклиф этамиз!

Хоразмбугун хабарлар👈
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

❗️Yangi tashkil etilgan 166 ta Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga kvota doirasida aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-sinfga, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-sinfga qabul qilinadi.

🗂
Quyidagi hujjatlar topshiriladi:

🔹Hujjatlar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi.

tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi;
fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan);
baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan);
ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim.

🔹 Imtihon bosqichlari.

Aniq fanlar yo'nalishi uchun:
-matematika fanidan (30 ta topshiriq)
-ingliz tili fanidan (15 ta topshiriq)

Tabiiy fanlar yo'nalishi uchun:
-tabiiy (sceince) fanlaridan 30 ta topshiriq (test shaklida)
-ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)

🔹 Imtihon natijalari Agentlikning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#seminar

⚡️ Trener-kutubxonachilar uchun “Zamonaviy kutubxonachining kasbiy kompetensiyasi” mavzusidagi o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

📍 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-iyuldagi “Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini bajarish, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni o‘z vaqtida darsliklar bilan ta’minlash hamda kutubxonachilar faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida, Nurafshon shahridagi Prezident maktabida trener-kutubxonachilari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

❗️Ma'lumot uchun, joriy yilning 9-iyun kuni hududlardagi Prezident maktablarida Agentlik tizimidagi ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kutubxonachilari uchun seminarlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu seminarda yangi o‘quv yiliga darslik buyurtmalarini shakllantirish va darsliklarni tarqatish tartibi, kutubxona ishini tashkil qilish va hujjatlarning yuritilishi, kitobxonlikni targ‘ib qilishning noan’anaviy usullari haqida so‘z yuritildi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar_oyligi

Urganch tumanidagi "Zargarlar" mahallasida o‘tkazilgan 🏆 "Yoshlar ishlari agentligi kubogi"  doirasida "shaxmat" musobaqasining mahalla bosqichida Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-02-sinf o‘quvchisi Yusupov Azizbek 🥉-o‘rinni, 6-02 o‘quvchisi Sharipov Dilshodbek 🥇-o‘rinni egalladilar.

⚡️O'quvchilarimiga keyingi bosqichlarda zafarlar tilaymiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#qabul_2023
#10_iyun_30_iyun

Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?

Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, direktor tomonidan tasdiqlatib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihonlar qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?

Mazkur maktablarga kirish imtihonlari o‘quvchilarning yoshiga mos tarzda, maktab darsliklari va o'quv dasturlari asosida tashkil etiladi.

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?

Mazkur ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.

☎️ Call-markaz: 1206

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM