IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.52K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#seminar_trening

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashgan maktablar direktorlari va direktor o'rinbosarlari uchun "Monitoring - zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
# master_klass

🔰Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali o‘rtasida tuzilgan hamkorlik memorandumiga asosan bugun maktab-internatimizga fizika-matematika fanlari doktori, professor Yaxshimuratov Alisher Bekchanovich tashrif buyurdi.


📌Ushbu tashrifdan maqsad maktab-internatimizdagi matematika faniga qiziquvchi, turli tanlov va olimpiadalarda ishtirok etuvchi o‘quvchilar bilan uchrashib, ularga master-klass o‘tish. Ustozning bugungi mashg‘ulot mavzusi – “Elementar matematikaning tanlangan masalalari”. 

💫 O‘quvchilar ushbu darsdan juda ko‘p ma’lumotlar va o‘z savollariga javoblar olishdi. O‘zaro hamkorlik davom etmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Speech_time
#Ertalabki_saflanish
#Ixtisoslashtirilgan_maktab

🔰Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida 2022-2023- o'quv yili  tugashi oldidan  4-chorak yakuni bo'yicha ertalabki saflanish o‘tkazildi. Dastlab, pedagog-xodimlar hamda o‘quvchilar Davlat madhiyasini faxr va iftixor bilan kuylashdi.

📌🖍
Saflanish davomida maktab direktori  pedagog-o‘qituvchilar va o'quvchilarni o'quv yilida erishilgan yutuqlar bilan tabrikladi.

📚Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari o'quvchilarga ta'til payti  bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish borasida gapirib, ta'til payti maktabda  to'garaklar bo'lishi haqida tushuntirdi.

⚡️Shundan so'ng, maktab direktori G'.Axmedov STEAM fanlaridan o'tkazilgan olimpiadaning respublika bosqichida ishtirok etgan o'quvchilarni diplom bilan tabrikladi.

📌O‘quvchilarimizga yangi o'quv yilida  omad va zafarlar tilab, yutuqlar ko'payishiga ishonch bildiramiz.


Bizni kuzatishda davom eting:
👇

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#qabul_2023

📢 "Yangi O'zbekiston" universitetiga ikkinchi qabul imtihoni boshlandi!

✔️ Universitetga 2023/2024-o'quv yili uchun o'qishga hujjat topshirgan talabalarni saralab olish maqsadida tashkil etilgan ikkinchi qabul imtihoni yurtimizning barcha hududlarida o'tkazilmoqda.

🔴 O'n to'rtta hududda o'tkazilayotgan imtihonlarni jonli tarzda kuzatish:https://live.newuu.uz

🔴 Imtihon bo'yicha turli faktlar hamda qiziqarli intervyularni tomosha qilish: https://youtube.com/live/QIVxQdXX6ZY?feature=share

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

⚡️Rasman: Abituriyentlar istalgan yo‘nalishini, shuningdek, ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin

Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Majid Karimov Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida abituriyentlarning OTMlarga hujjat topshirishda ta’lim shakllari cheklanmasligi haqida ma’lum qildi.

💬 "Ilgari har bir abituriyent yo‘nalish tanlayotganda 5 tagacha tanlardi. Hozir o‘sha 5 ta yo‘nalish, agar kunduzgi ta’lim shaklini tanlasa, o‘sha doirada cheklanardi.

Agar kechki [ta’lim yo‘nalishi]ni tanlasa, kunduzgiga o‘tolmasdi. Bu yil shunday qilyapmizki, nafaqat ta’lim yo‘nalishlari, balki ta’lim shaklini ham tanlashlari mumkin.

Hozir bilamizki, ta’lim shakli 4 tagacha ko‘paydi: kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy. Talaba o‘zi xohlagan [ta’lim shakli]da o‘qishi mumkin. Bitta yo‘nalishni tanlab, o‘shaning ta’lim shakliga qarab, barchasida ishtirok etishi mumkin. Mana shu yangilik bu yil joriy qilinyapti
," – dedi Majid Karimov.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi O‘zbekiston” universiteti haqida siz bilmagan faktlar

▶️ Mazkur videoda siz universitet missiyasi hamda ta'lim dasturi haqida qisqacha ma'lumot olishingiz mumkin.

Facts you don't know about New Uzbekistan University

In this video, you can get a brief overview of the university's mission and educational program.

#facts #university_mission

⬇️ Biz Ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook