⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️#Kasblar_olamiga_sayohat
#Mening_kelajakdagi_kasbim
🏭 Metallurgning bir ish kuni!
➡️ Xabaringiz bor,
Prezidentimiz tomonidan tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqib, endilikda o‘quvchilarga maktabning o‘zida
64 xil kasb va hunar o‘rgatilishi bo’yicha
vazifa qo’yildi.
◀️ Biz o’quvchilarga zamonaviy kasblarni tanishtirish maqsadida
kasblar olamiga bo'lgan
virtual sayohatimizni davom ettiramiz.
⚙️ Metallurg — metal qazib olish va uni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan og‘ir sanoat mutaxassisi sanaladi.
👤 Bugun biz metallurgiya sohasida faoliyat yuritayotgan
og‘ir sanoat texnologi misolida ushbu kasb egasining faoliyati bilan tanishamiz.
➡️ Ogʻir sanoat texnologi – bu maʼlum bir mahsulotni ishlab chiqarish ketma-ketligini aniqlaydigan mutaxassis boʻlib, ishlab chiqarishni baholaydi va oqilona texnologik qarorlarni tanlash toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
📍 Ma’lumot uchun: 🗓 2020-yilning 4-dekabr sanasi Oʻzbekiston metallurgiya sanoati tarixida muhim tarixiy kun sifatida muhrlanib qoldi. Sababi aynan shu kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
Toshkent metallurgiya zavodi (TMZ) faoliyatiga start berildi. Bu zavod Oʻzbekistondagi eng yirik va zamonaviy sanoat korxonalaridan biriga aylandi.
🔔 Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar faoliyati bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.
📣 Eslatib o'tamiz: Bundan oldingi
videorolik orqali "
Kimyogar texnolog"ning bir kunlik ish faoliyati bilan tanishtirib o'tgan edik.