Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.36K subscribers
12.2K photos
854 videos
57 files
3.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#qabul_2024
#test_namunalari

❗️DIQQAT, TEST NAMUNALARI!

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga kirish istagida bo’lgan oʻquvchilar uchun test savollari namunalari eʼlon qilinmoqda

🌐 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/test-namunalari

📶 Bizni kuzatishda davom eting, test namunalarini eʼlon qilishda davom etamiz!


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍3
#qabul_2024
#spetsifikatsiya

⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA TEGISHLI FANLAR BOʻYICHA 2024/2025-OʻQUV YILI QABUL IMTIHONI MATERIALLARI SPETSIFIKATSIYASI E’LON QILINDI


❗️Unda har bir fandan mazmun sohasi taʼlimiy maqsadlar asosida talab qilinadigan koʻnikmalar va ularning kognitiv darajalari hamda soni aks ettirilgan.

📶 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/qabul-imtihon-materiallari-spesifikatsiyasi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktablarimiz_haqida
#Urganch_shahar_1_son_ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining faoliyat koʻrsatayotgani iqtidorli yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Agentligimiz tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashtirilgan boʻlib, hozirgi kunda bu yerda 456 nafar oʻquvchiga 42 nafar pedagog taʼlim bermoqda.

Taʼlim maskanida:
▫️43 ta oʻquv xonasi,
▫️2 ta informatika xonasi,
▫️3 ta laboratoriya xonasi,
▫️robototexnika xonasi, faollar zali, sport zal va autsorsing tizimida 2 mahal ovqatlanishga moʻljallangan oshxona mavjud. Fan va ijodiy toʻgaraklar tashkil qilingan.

Maktab-internat pedagogik jamoasining maqsadi yoshlarning kelajakda yetuk mutaxassis va komil inson boʻlib yetishishlariga oʻz hissalarini qoʻshishdan iborat.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍19
📣 Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan maktablar rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi joriy etilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Sifatli taʼlimni taʼminlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

2023-2024-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibi joriy etilgan respublikadagi 500 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablarining har biriga 2024-2025-oʻquv yilidan boshlab 2 tadan maktab biriktirilib, yangi tizimning qamrovi kengaytiriladi;

2024-2025-oʻquv yilidan boshlab oʻqitish va bilimni baholashning yangi tartibini samarali joriy etgan, oʻquvchilari ijobiy koʻrsatkichlarni qayd etayotgan umumiy oʻrta taʼlim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ularning tarif stavkasiga nisbatan 40 foizgacha ustama berish tartibi joriy etiladi;

👉 Ustamalar baholash oʻtkazilgan oʻquv yilidan keyin keladigan oʻquv yilidan (1-sentabrdan) boshlab bir kalendar yil davomida toʻlanadi.


Qarorning to‘liq matni

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
👍2
#15_may_Xalqaro_oila_kuni


⚡️Bugun Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga  15- "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan  Urganch shahar tibbiyot birlashmasi vrachi Sattarova  Muborak tashrif buyurib, o'quvchi qizlar bilan suhbat uyushtirdi.

📌Suhbat davomida o'quvchi qizlarga shahsiy gigiena qoidalari, oilada qiz farzand o'rni kabi mavzular yuzasidan ma'lumotlar berdi
.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍6🥰1
# ochiq_dars
#ixtisoslashtirilgan_maktab

📌Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan  maktab- internatining biologiya  fani o‘qituvchisi Nina Qalandarova 9-03 sinf o'quvchilariga  "Irsiy kasalliklar"  mavzusida ochiq dars o‘tkazdi.

⚡️  Darsda o'quvchilar guruhlarga bo'linib ishladilar.

📌🖍Dars davomida o'quvchilar
irsiy kasalliklar haqida qiziqarli va yangi ma'lumotlarga ega bo'lishdi.


🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
👍6