IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.6K photos
678 videos
50 files
2.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami arafasida O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 3-darajali “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandim.

O‘zim harbiy oilada tug‘ilganman. Bu sohaning naqadar mashaqqatli ekanini, Vatan uchun jonini tikib yashash nimaligini juda yaxshi bilaman.

Men dadam bilan, uning sharafli kasbi bilan hamisha faxrlanganman. Bolaligimdan dadam kabi Vatanimga sadoqat bilan xizmat qilishni orzu qilganman.

Mudofaa vazirligi bilan hamkorlikda maktablarimizda ko‘plab loyihalarni amalga oshiryapmiz. Kelgusida ham rejalarimiz aniq.

Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amaliy ko‘mak berib kelayotgan Mudofaa vazirligi rahbariyatiga bugungi e’tirof uchun samimiy minnatdorlik bildiraman.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган байрам тадбирида иштирок этди ва мамлакатимиз аёлларини табриклади. Тантанали равишда давлат мукофотлари топширилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в праздничном мероприятии по случаю Международного женского дня и поздравил женщин нашей страны. Состоялось торжественное вручение государственных наград.

#Mirziyoyev #marosim #8mart #taqdirlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Bugun poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan uchrashuv tadbiri tashkil etildi.

❗️Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, tegishli vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, sovrindor xotin-qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

📍 Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimiz ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotida faol qatnashib kelayotgan xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator ishlar olib borilmoqda.

Xususan, davlat organlari va tashkilotlari tomonidan olib borilayotgan turli sohalarga doir islohotlarda ayollarning o‘rni va ishtiroki ortib bormoqda.

Tadbirda so‘z olgan vazir Hilola Umarova ta’lim jarayonlaridagi o‘zgarishlarni amaliyotga tatbiq etishda tizimda mehnat qilib kelayotgan yuz minglab ayol pedagoglarning o‘rni katta ekanligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Farzandlarimizning har tomonlama barkamol va vatanparvar shaxslar bo‘lib kamol topishida bu zahmatkash insonlarning o‘rni beqiyos.

✔️Vazir Prezidentimizning tegishli qarori bilan joriy yilda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan xotin-qizlarni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir so‘nggida ushbu taqdirlangan xotin-qizlarga vazirlikning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM