IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.55K photos
677 videos
50 files
2.68K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#imtihon_taassurotlari

2023-yilda bo’lib o’tgan imtihonlar o’ziga xos va kutilmagan savollarga boy bo’ldi. Dastlabki yillarda Prezident va Al-Xorazmiy maktablari kirish imtihonlarida kuchli raqobat kuzatilgan bo’lsa, bu yildan boshlab Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish uchun ham kuchli raqobat muhiti paydo bo’ldi.

Bundan keyin, bu maktablarga o’quvchilarni tayyorlash jarayonida keskin o’zgarishlar qilish talab qilinmoqda:

Birinchi navbatda ota-onalar farzandlarini ertaroq tayyorgarlikka berishi lozim. Imtihonga yaqin vaqt qolganda tayyorlanish o’zini oqlamayapti. Imkon boricha 3-sinfdan boshlab tayyorgarlik ko’rish tavsiya qilinadi.

O’quvchilar bilan o’z sinf darsligidagi fikrlashga doir misollar ustida ko’proq ishlash yaxshi natijaga olib keladi. Katta sinflar kitoblarini yaxshi o’zlashtirgan ammo boshlang’ich sinf darsliklariga e’tibor bermagan o’quvchilar ham past natija ko’rsatishdi. (2023-yil Prezident, al-Xorazmiy va Ixtisoslashtirilgan maktab imtihonlarida 2-3-4-sinflar kitoblarida berilgan savollar namunasidagi bir qancha savollar tushdi)

Faqat namunaviy savollar asosida tayyorgarlik ko’rish ham o’zini oqlamay qo’ydi. Bundan keyin o’quvchilarni huddi fan olimpiadalariga tayyorgarlik ko’rilgani kabi barcha turdagi savollarga chuqurroq yondashgan holda tayyorlash lozim. Sondan ko’ra sifatni ustun qo’yish yaxshiroq natijaga olib kelmoqda.

Ota-onalar va faollar Al-Xorazmiy maktabi imtihonini bir smenada o’tkazish, boshqa maktablar imtihonlari smenalaridagi savollarning teng kuchli bo'lishi va takrorlanmasligini talab qilib chiqishi lozim. Faqat 1-4-sinflar darsliklari asosida tuzilgan savollar bazasi yetarlicha bo’lmagani uchun o’xshash savollarni o’rganib olgan keyingi smenada kirgan o’quvchining bali yuqoriroq bo’lish ehtimoli bor. Shuningdek, smenalardagi savollarning teng kuchli ekanligi ham tasdiqlanmayapti. Prezident maktabi saralash imtihonida 1-smenadagilar o’rtacha 16,3 ta savolga to’g’ri javob bergan bo’lsa, 3-smenadagilar o’rtacha 11,4 ta savolga to’g’ri javob bergan. (3-smena nisbatan qiyinroq bo’lgan bo’lishi va o’quvchilar natijasi 5 taga tushgan bo’lishi mumkin). Al-Xorazmiy maktabi 2-smenada imtihon topshirgan o’quvchilar natijalari ham boshqa smenalardan ko’ra keskin farq qilgani aytilmoqda.

Farzandlari ta’limiga e’tibor qaratayotgan ota-onalar va o’quvchilariga mukammal bilim berishni maqsad qilgan ustozlarning keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Kanalimizda foydali ma’lumotlar va yangilangan testlarni berib borish orqali Sizlarga kelgusi yil tayyorgarlik jarayonida yordam berishga harakat qilamiz.

👉👉
@PMTESTS
Forwarded from IMA Urganch shahar 1-son IMI (Shuxrat Yusupov U)
Assalomu alaykum hurmatli ota-onalar va o‘quvchilar ‼️‼️

💥💐 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati maktabimizga qabul qilingan barcha o‘quvchilar va ularning ota-onalarini muborakbod etadi.

Maktabimizga qabul qilingan o‘quvchilardan @raximovich5551 profiliga botdan kelgan natijalarni to‘laligicha yuborishini so‘raymiz.

Iltimos faqat Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga qabul qilingan o‘quvchilar o‘z natijalarini yuborsin.

Boshqa savollarga javob qaytarilmasligi mukin.
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

⚡️2022/2023-oʻquv yilida Oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida Ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari yuqori natijalarni qayd etdi

📊 Jumladan:
Sirdaryo viloyati Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati Respublika miqyosida uchinchi oʻrinda – 155,6 ball;
Navoiy shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati Respublika miqyosida sakkizinchi oʻrinda – 147,1 ball.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

📱 @bbaxorazm
#prezident_maktabi
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor

⚡️Agentligimiz tizimidagi Toshkent shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Sayfullo Saidov IELTS imtihonidan 8,5 ballni qo‘lga kiritdi.

Jumladan:
"SAT" imtihonidan 1520 ball;
JLPT (Yapon tili sertifikati) 1-daraja;
"VANDA Science Olympiad-2022" olimpiada oltin medal;
"Immerse Education" insholar tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizning kelgusidagi o‘qish va ishlarida omad tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Oʻquv_seminar
#Yangi_baholash_tizimi

🔸Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining "Tajriba-sinov maktablarida bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida" 2023-yil 16-avgustdagi 248-son hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktorining 2023-yil 18-avgustdagi 90-AF-son buyruqlarida belgilangan vazirlar ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 19-22-avgust kunlari Toshkent shahridagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "O‘quvchilar bilimini baholashning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablarga biriktirilgan trener-o‘qituvchilar" uchun seminar-treninglar tashkil etiladi.

Hozirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8 nafar o‘qituvchisi Toshkent shahriga yetib borishdi.

♻️ Kanalimiz orqali sizni trening jarayonlari bilan tanishtirib boramiz.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Мазкур ўкув йилидан 10-11-синф ўқувчилари ўзи хоҳлаган фанларни танлаб ўқийди

10–11-синфлардаги 14 та мажбурий фанлар такомиллаштирилган янги ўқув режа асосида ўқувчиларга 8 та мажбурий фан ва 2 та танлов фан (кимё-биология, математика физика, тарих-ҳуқуқ, она тили ва адабиёт-чет тили)ни танлаш имконияти яратилади.

Ойлик ҳисоблаш учун бот

Ўқитувчи каналига обуна бўлинг👇
https://t.iss.one/+KzysPSHcaRVlMGQy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Ўзбек халқини пахта қуллигидан озод қилиш президентимиз, дадамнинг орзуси эди» - Саида Мирзиёева

«Ўтган даврда ўзбек халқи пахта қуллигидан бутунлай озод этилди. Бу президентимиз орзуси эди. Бош вазир бўлиб ишлаганида пахта режаси билан яшашга мажбур эдилар. Чунки, давр шундай, юқоридан шуни талаб қилишарди. Вақт ўтиб, давлат раҳбари бўлгач, биринчи навбатда пахта қуллигига барҳам бердилар. Ўқитувчиларни мактабга қайтариб, орзуларига етдилар. Ўзбек халқини пахта қуллигидан озод қилиш президентимиз, дадамнинг орзуси эди»

Kun.uz расмий канали
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Бизга йилига бир миллион икки юз минг ўқувчи ўрни етишмаяпти» - Саида Мирзиёева мактаб таълими билан боғлиқ муаммоларни санаб ўтди

«Янги мактаблар эса туғилаётган болалар сонига мос равишда қурилмаяпти. Бир йилда юртимизда ўртача 35-40 та мактаб қурилаётган бўлса, ҳар йили миллионга яқин бола дунёга келяпти. Минг афсуски, ҳозирда мактаблар етишмаслиги сабабли, бир миллион икки юз минг ўқувчи ўрни етишмаяпти»

👉 https://kun.uz/76706754

Kun.uz расмий канали
#ixtisoslashtirilgan_maktab
#100_foizlik_natija

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Guliston tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatini bitirgan 24 nafar o‘quvchilardan 23 nafari davlat granti va 1 nafari to‘lov kontrakti asosida Respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilindi.

O‘qishga qabul qilingan bitiruvchilarimiz:

Abdullayeva Ismigul
– Toshkent davlat iqtisodiyot Universiteti
Abdumanopov Mardonbek – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Abdunabiyev Ismoiljon – Toshkent davlat transport universiteti
Abdunabiyev Muhammadali – Toshkent davlat Texnika universiteti
Ahmadova Munisa – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Ayubov Elbek – Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
Bahriyev Ozodbek – Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti
Ergashev Azamat – Toshkent davlat transport universiteti
G‘ulomov Farruh – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Xamroqulov Jamshid – Guliston davlat universiteti
Ismatova Sevara – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Jumabekov Diyorbek – Guliston davlat universiteti
Kushbekov G‘ayratjon – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Mamirov Raxmonjon – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Mirzayev Otabek – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Nabixonov A’zamhon – O‘zbekiston Milliy universiteti
Nabixonov Akbarxon – Guliston davlat universiteti
Nuraliyev Azizbek – O‘zbekiston Milliy universiteti
O‘ralov Javohir – Guliston davlat universiteti
Qodiraliyev Shohjaxon – Guliston davlat universiteti
Saidqulov Olmosbek – Toshkent davlat texnika universiteti
Turdibekov Oybek – Toshkent davlat transport universiteti
Xonkelov Bahtiyor – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
Xudoyberdiyeva Ruhshona – Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

O'quvchilarimizning kelgusidagi ishlarida omad, bundanda ulkan zafarlar hamrohligini tilaymiz!

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️OʻQUVCHILARIMIZ HECH QANDAY IMTIYOZSIZ, OʻZ BILIMLARI BILAN XORIJIY VA MAHALLIY OLIY TAʼLIM MUASSASALARIGA OʻQISHGA KIRISHMOQDA

❗️14 ta Prezident maktabini 326 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌎 281 nafari muddatidan oldin nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi. Ularning 51 nafari to‘liq grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
45 nafar bitiruvchilar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga grant asosida oʻqishga qabul qilindi.

❗️9 ta Ijod maktabini 223 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌍 33 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
217 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 83 nafari grant, 134 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

❗️3 ta tayanch (Abu ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi) ixtisoslashtirilgan maktabini 218 nafar oʻquvchi bitirdi.
📊 Shundan:
🌏 31 nafari nufuzli xalqaro universitetlarga qabul qilindi.
187 nafar Xorijdagi nufuzli universitetlarning Oʻzbekistondagi filiallari hamda mahalliy OTMlarga oʻqishga kirgan oʻquvchilarning 66 nafari grant, 121 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Саида Мирзиёева – ҳозир сизларни кўриб туриб, менга алифбони ўргатган биринчи устозимни кўргандек бўлдим.

Мен 1991 йил 1 сентябр куни Тошкент шаҳридаги 71-мактабга бошланғич синфга борганман. Биринчи қўнғироқни, биринчи устозимни, унинг меҳрини ҳалигача эслайман.

@xorazmfaxrim
Forwarded from Hilola Umarova
Davlat granti uchun  ajratilgan o‘rinlarning 77 foizini joriy yilgi maktab bitiruvchilari egallagan

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda kirish imtihonlarida ishtirok etgan (jami 888 511 nafar) abituriyentlarning 303 560 nafari (31,5 foiz) umumta’lim maktablarining joriy o‘quv yilgi bitiruvchilaridir.

❗️ Ushbu bitiruvchilarning 95 497 nafari (25 foizi) joriy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, mahalliy OTMlari talabasi bo‘lgan.

✔️Aslida oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan bitiruvchilarimiz bundan ham ko‘p, har yili o‘rtacha 10-15 foiz (44 000 nafar) bitiruvchi nodavlat va xorijiy oliy ta’lim muassasasi talabasi bo‘lmoqda. Shu bois ayrim bitiruvchilar xususiy va xorijiy OTMlarga kirgan va test sinovlarida ishtirok etmagan.

⚡️Oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Xususan, 2021-yilga nisbatan oliy ta’lim muassasalariga kirgan bitiruvchilar soni 14019 nafarga, 2022-yilga nisbatan esa 9 628 nafarga ortgan  (2021-yil 81478 nafar, 2022-yilda 85 869 nafar bitiruvchi OTMga kirgan).

Bitiruvchilarning oliy ta’lim qabul kvotasi uchun ajratilgan davlat granti o‘rinlarini egallash salmog‘i ham yildan-yilga ortib bormoqda. Joriy yilda davlat granti uchun  34930 ta kvota ajratilgan bo‘lsa, uning 77 foizini (26 884 nafar bitiruvchi) aynan maktab bitiruvchilari egallagan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 3,5 foizga, ya’ni 3 537 taga ko‘p (2022-yilda 23 347 nafar maktab bitiruvchilar grantga kirgan bo‘lib, ulushi 73,5% bo‘lgan).

Bitiruvchilarning bilim samaradorligi ham o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanganligini ko‘rish mumkin. Joriy yilda  o‘rtacha ball 77,1 ni tashkil etib, 2021-yilga nisbatan qariyb 3 balga, 2022-yilga nisbatan esa 1 balga ortgan (2021-yilda 74,2 ball, 2022-yilda 76,3 ball).

Ma’lumot o‘rnida, jami abituriyentlarning o‘rtacha bali 66,7 ni tashkil etgan bo‘lsa, aynan joriy yil bitiruvchilarining o‘rtacha bali 77,1 ballni (+10,4) tashkil etmoqda.

❗️Shuni alohida qayd etish lozimki, maksimal balning 75 foizidan yuqorisini to‘plab, ijobiy natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 68 foiz ulushi joriy yilgi bitiruvchilarga to‘g‘ri kelmoqda. Bu yil 30640 nafar yuqori natija ko‘rsatgan abituriyentlarning 20873 nafari ham maktab bitiruvchilaridir.

Shu o‘rinda minimal o‘tish ball (56,7 ball) dan past natija ko‘rsatgan abituriyentlar soni ham yildan-yilga kamayib borayotganini alohida ta’kidlash lozim. Joriy yilda jami 888 511 nafar abituriyentdan 415 159 nafari (46,7 foizi) 56.7 ballni ham to‘play olmagan bo‘lsa, ular orasida maktab bitiruvchilari 11,7 foizni tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2022-yilga nisbatan qariyb 4 ming nafarga kamaygan.

Natijalar kutilayotgan ko‘rsatkichlardan yiroq bo‘lishi mumkin. Biroq oxirgi yillarni tendensiyasini tahlil qilar ekanmiz, yildan-yilga bitiruvchilar qayd etayotgan natijalarda ijobiy dinamika mavjudligining guvohi bo‘lishimiz mumkin.

✔️Maktab ta’limi sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar juda ko‘p. Bunda faqatgina maktab jamoasi hamda pedagoglarning mehnati bilan cheklanmay, farzandlarimizning bilimli bo‘lishida ota-onalarning ham o‘rni muhimligini aytib o‘tishimiz lozim.

Fursatdan foydalanib, oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlarida yuqori natijalarni qayd etgan barcha bitiruvchilarimiz, ularning ustozlari va ota-onalariga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Qorabog‘da Mirzo Ulug‘bek nomidagi maktab очилди.

Mustahkam do‘stlik va birodarlik ifodasi sifatida mamlakatimiz yetakchisi 2021-yil 31-mart kuni o‘tgan Turkiy kengashning norasmiy sammitida O‘zbekiston Qorabog‘ zaminidagi yodgorliklar, madaniyat va ma’rifat maskanlarini qayta tiklashga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidlagan edi.

Fuzuliy shahrida 960 nafar o‘quvchiga mo‘ljallangan zamonaviy maktab qurilishi Prezidentimiz tashabbusining amaliy ifodasi bo‘ldi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi 1-sonli maktabda 40 ta sinfxona, 6 ta laboratoriya, 2 ta informatika xonasi, 5 ta funksional o‘quv xonasi, majlislar va sport zallari, oshxona, kutubxona mavjud. Futbol maydoni, dam olish va tadbirlar o‘tkazish uchun joylar, yugurish yo‘laklari tashkil qilingan.

Yangi maktab xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, o‘sib kelayotgan ozarbayjonlik o‘g‘il-qizlarni O‘zbekistonning boy tarixi va madaniyatiga, buyuk ajdodlarimizning merosiga oshno qilishga xizmat qiladi.