Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.36K subscribers
12.2K photos
854 videos
57 files
3.66K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
O‘quvchilarimizga Xalqaro g‘alaba muborak bo‘lsin!

Birlashgan Arab Amirliklarining Al-Ayn shahrida 80 mamlakatdan jami 310 nafar o‘quvchi ishtirok etgan 34-Xalqaro biologiya olimpiadasida 3 nafar o‘quvchimiz bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Shu munosabat bilan terma jamoamizni, shuningdek, g‘oliblarimiz - Toshkent shahridagi 274-maktabning 11-sinf o‘quvchisi Behruz Tursunov, Buxoro viloyatidagi 3-maktabning 10-sinf o‘quvchisi G‘olibjon Sharifov hamda Toshkent pediatriya tibbiyot instituti akademik litseyining 2-bosqich o‘quvchisi Muhammadibrohim Egamberdiyev hamda ularning ustozlari va ota-onalarini ushbu g‘alaba bilan samimiy muborakbod etaman.

Aziz o‘quvchilar, ilm olishdan, izlanishdan aslo to‘xtamang.

Xalqaro olimpiadalarda qatnashayotgan qolgan o‘quvchilarimizga ham omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolaman!
👍9👏2
#imtihon_2023
#ijod_maktablari

⚡️ Ayni paytda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur bosqich ijodiy imtihon bosqichi bo‘lib, unda talabgorlardan ijodiy matn yaratish talab etiladi.

✔️ Eslatib o‘tamiz, Ijod maktablarining imtihonlari joriy yilning 11-iyuldan 16-iyul kuniga qadar bo'lib o‘tadi. Imtihon vaqtlari talabgor ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.

🔹 Fotosuratlarda ijod maktablardagi ijodiy imtihon jarayonlari aks etgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3
#bu qiziq


Dunyoda eng kam uchraydigan meva va sabzavotlar

Bugungi kunda odamlarni kamyob mahsulotlar bilan ajablantirish juda qiyin. Biroq, biz sizni ko'pchilik eshitmagan, borligini unutgan meva va sabzavotlarning noyob turlari bilan tanishtirishga harakat qilamiz.

1. Kaktus nok (opuntia). U qo‘rg'oqchilikdan qo'rqmaydi, bu kaktusning mevalari xom holda iste'mol qilinadi, ulardan sirop va murabbo ham tayyorlanadi. Mevalar antioksidantlar va vitaminlarga, ayniqsa S vitaminiga boy.

2. Moringa. Bu o'simlikning deyarli barcha qismlari iste'mol qilinadi - qobig'i, po'stlog'i, barglari, urug'lari, ildizlari va hatto gullari. Sabzavot sifatida moringa barglari, ildizlari va pishmagan dukkaklari iste'mol qilinadi. Moringa oqsillarga, A, B va C vitaminlariga, minerallarga boy, ayniqsa, homilador ayollar va emizikli onalar, shuningdek, yosh bolalar uchun foydalidir. Moringa qurg'oqchilikka chidamli.

3. Amarant. Bu o'simlikning pishgan mevalari ham, donalari ham iste'mol qilinadi. Bundan tashqari, amarant barglarini salatlarga qo‘shish, qovurish va go'sht yoki baliq bilan iste'mol qilish mumkin. Yevropa va Shimoliy Amerikada amarant donalarini shokolad yoki guruch bilan to'ldirib gazak tayyorlashadi. Bu yegulik mashhur an'anaviy meksika gazagi hisoblanadi. Amarant tarkibida kleykovina mavjud emas, vitaminlarga boy va yurak-qon tomir kasalliklari va kamqonlikni davolashda yordam beradi.

4. Non mevasi. Pishgan mevalarni xom holda iste'mol qilish mumkin, pishmagan mevalarni esa kartoshka kabi pishirish mumkin. Mevasi oq, tuzilishi nonga o'xshaydi, ta'mga ko'ra kashtanni eslatadi. U juda ko'p kraxmalni o'z ichiga oladi va dieta chog‘ida uni bug'doy uniga almashtirish mumkin.

Ushbu mevalardan qaysi birini tatib ko'rishni xohlaysiz?
👍1
#imtihon_2023

⚡️Bugun, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarida 1-bosqich imtihonlari bo‘lib o‘tdi.

📌 Ijod maktablari uchun kirish imtihonlari davlat tilida (Qoraqalpog‘iston Respublikasida qoraqalpoq tilida), Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabida esa, chet tilida o‘tkaziladi.

📍Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#imtihon_2023

⚡️Agentligimiz tizimidagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabiga o‘qish istagini bildirgan talabgorlar ijodiy imtihonlarning birinchi saralash bosqichida o‘z bilimlarini sinab ko‘rdilar.

📌 2023-2024-o‘quv yilida 405 nafar talabgor ijod maktabida o'qish uchun onlayn ariza topshirgan.

📍Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube