Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.33K subscribers
12.2K photos
858 videos
59 files
3.69K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#Davlat_imtihonlari

⚡️Ayni damda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida 9-11 -sinf o'quvchilari uchun yakuniy Davlat imtihonlarining 1-kuni bo'lib o'tmoqda !

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
👍18👌1
Forwarded from Zamin Foundation
Ziroat Mirziyoyeva Nukusdagi Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabida ochilgan "Zamin Creative" ijod studiyasiga tashrif buyurdi.
Yangi studiyaning tavallud kuniga bag‘ishlab Toshkentdagi "Zamin Creative" ishtirokchilari o‘ziga xos ijodiy "sovg‘a"larini tayyorlab keldilar. Yaqinda bu yerda sayyor mahorat saboqlari o‘tkazilgan edi. Ulardan ilhomlanib, bolalar o‘zlarining ilk ishlarini namoyish etdilar.
Nukusdagi ijod studiyasi uchta soha: media, dizayn va teatr san’atini qamrab oladi. Bu joy odamlar inklyuziv muhitda, professional pedagoglar rahbarligida o‘z ijodiy salohiyatini kashf etishlari mumkin bo‘lgan noyob maskandir.
__

Зироат Мирзиёева посетила инклюзивную творческую студию Zamin Creative, открывшуюся в Нукусе в творческой школе имени Ибройима Юсупова.
На день рождения новой студии, подготовив свои небольшие творческие «подарки», приехали участники Zamin Creative из Ташкента. А так как совсем недавно здесь прошёл выездной мастер-класс, вдохновленные ребята тоже представили свои первые работы.
Творческая студия в Нукусе объединяет три творческие сферы: медиа, дизайн и театральное искусство. Это уникальное место, где люди в инклюзивной среде смогут раскрыть свой творческий потенциал под руководством профессиональных педагогов.

Zamin | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube