IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.29K subscribers
8.93K photos
689 videos
51 files
2.77K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Умумий ўрта таълим мактабларининг битирувчи ёшларига табрик

Поздравление выпускникам общеобразовательных школ

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga tabrigi e’lon qilindi

“Men siz, aziz farzandlarimdan bir narsani so‘rayman: tinimsiz o‘qib, izlanib, zamonaviy bilimlarni egallashdan aslo to‘xtamang! Doimo vaqtning qadriga yetib, muntazam bilim va tajribangizni oshirib borsangiz, qat’iy belgilab olgan reja va maqsadlaringiz sari dadil harakat qilsangiz, albatta kelgusida katta muvaffaqiyatlarga erishasiz.   

Sizlarning doimo marrani baland olib, yagona kuch bo‘lib harakat qilishingizga ishonaman. Sizlar bunga albatta qodirsiz.

Ana shunday sharafli va mas’uliyatli yo‘lda barchangizga ulkan yutuq va muvaffaqiyatlar, shaxsiy hayotingizda baxt va omad tilayman.

Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tamomlaganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.

Mustaqil hayotdagi qadamlaringiz qutlug‘ va barakali bo‘lsin, aziz o‘g‘il-qizlarim”, deyiladi Prezident tabrigida.
Forwarded from Xushnudbek.uz
Ertaga “So‘nggi qo‘ng‘iroq”. U qanday o‘tishi kerak?

Maktablarda 2022-2023-o‘quv yilini yakuniga bag'ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertaga - 25-may kuni bo‘lib o'tadi.

Vazirlik tavsiyalariga ko‘ra:

"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;

unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;

maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi.


👉 @xushnudbek 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tabrik

Aziz bitiruvchilar, qadrli o‘g‘il-qizlar!

Mana, hayotingizdagi eng hayajonli va unutilmas kun ham yetib keldi — siz maktabni tark etyapsiz.
Maktablarimizning aziz bitiruvchilari!

Sizlarni maktablarimizni muvaffaqiyatli tamomlab, begʻubor oʻquvchilik yillaringizni ortda qoldirib mustaqil hayot sari ilk qadam tashlayotganingiz bilan chin dildan tabriklayman.

Mustaqil hayot goʻzal va jozibali, albatta. Shu bilan bir qatorda sizdan katta masʼuliyat va ulkan shijoat ham talab etadi. Ishonamanki, jonajon maktablaringizda mehribon ustoz-murabbiylaringizdan olgan taʼlim-tarbiyangiz hayot yoʻllaringizni oʻchmas mashʼala misol hamisha yoritib turadi.

Maktabni tamomlamasdan turib Garvard, Chicago, California, Pennsylvania, Cardiff, Arizona, Nottingham kabi dunyoning nufuzli Oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilinganingiz bilan tabriklayman.

Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni joriy yilda 4293 nafar yigit-qizlarimiz tamomlamoqda. Prezidentimiz aytganlaridek, sizdek tirishqoq va intiluvchan farzandlarimiz – bizning ishonchimiz va tayanchimiz, Yangi Oʻzbekistonning oltin fondi, bebaho xazinasidir.

Qadrli oʻqituvchi va ustozlarimiz!

Shunday hayajonli daqiqalarda Sizlarning sharafli va masʼuliyatli kasbingizga sadoqat va fidoiylik bilan yondashib, har bir oʻquvchini oʻz farzandingizday bilib ularga bilim berganingizni alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman.

Muhtaram muallim va murabbiylar Sizlarning zamon bilan hamnafas fikrlashingiz, oʻz ustingizda tinimsiz mehnat qilayotganingiz, izlanish va talabchanligingiz, qolaversa, mashaqqatli xizmatlaringiz sabab oʻquvchilarimiz barcha sohalarda yuksak marralarni qoʻlga kiritib kelmoqda.

Aziz oʻquvchilar!

“Soʻngi qoʻngʻiroq” sadolarini katta hayotga kirish uchun chalingan bong deb qabul qiling.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganlaridek, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi Oʻzbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

Oʻrganish va izlanishdan aslo charchamang!

Barchangizga oʻqish va ishlaringizda omad tilayman.

Alisher Ubbiyev,
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari
agentligi direktori