IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.29K subscribers
9.06K photos
691 videos
51 files
2.8K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
# Project "School trip to Khiva"
Sayohat loyiha asosida

#Ixtisoslashtirilgan_maktab_internati

📝 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 5-01 va 5-02 sinf o'quvchilari loyiha asosida qadimiy shahar Xivaga  sayohatga chiqdilar.

📌O'quvchilar sayohat davomida nafaqat tarixiy obidalar va manbalar haqida o'rgandilar, balki ular gid va tarjimonlik qobiliyatlarini oshirdilar.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#Hokim_olimpiadasi
#Olimpiada

📌24-mart kuni Yangibozor tumanida bo'lib o'tgan "Viloyat hokimi olimpiadasi"da Urganch shahar 1-ixtisoslashtirilgan makltab-internatining 5 -sinf o'quvchisi Atajanov Iskandar matematika fanidan faxrli🥉3-o'rinni qo'lga kiritdi.

📌Iskandarni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu g'alaba bilan muborakbod qilib, o'quvchimizning kelgusi o'qishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

📌Iskandarga maktab-internatining tajribali va jonkuyar ustozi Sharipov Kamoliddin matematikadan saboq berib kelmoqda.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube
DIQQAT E'LON!

Ertaga Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi o'tkaziladi.

Viloyat bosqichiga olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida g'olib bo'lgan 3 nafargacha o'quvchilar ishtirok etishishlari belgilangan. (1-2-3-o'rinni olganlar)
Fizika va Kimyo fanlaridan kalkulyator olib kirishlariga ruxsat beriladi. Olimpiadaning viloyat bosqichiga keladigan o'quvchilar ertaga soat 8-30 da Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga mas'ullar bilan yetib kelishlari so'raladi. (Mo'ljal: Urganch Gipermarket yon tomoni)

Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi
Forwarded from Sardor Bazarbaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Viloyat hokimi olimpiadasining 3-turi o‘tkazildi!

Olimpiadaning 3-turi Yangibozor tumanida matematika (5-6 sinf va 7-8 sinf) va biologiya fanlaridan (7-8 sinf) o‘tkazildi. Jami 300 ga yaqin o‘quvchilar bilimlar jangida kurash olib borishdi.

G‘olib o‘quvchilar mos ravishda 5, 4, 3 million so‘m pul mablag‘lari bilan taqdirlanadi.

Umumiy natijalar bilan ushbu havola orqali tanishingiz mumkin.

Olimpiada 2023-yil davomida viloyatning barcha tuman va shahar hokimliklari homiyligida har oyda muntazam ravishda viloyat miqiyosida o‘tkaziladi.

Yil yakunida esa "Viloyat hokimi kubogi" o‘tkaziladi.

Olimpiadaning keyingi turi 8-aprel kuni Xonqa tumanida matematika va fizika fanlaridan o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV biz_haqimizda


🎤 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati Xorazm telekanalining " Yoshlar vaqti" ko'rsatuvida.

@XorazmTELEKANAL 23.03.2023

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun Sirdaryo viloyatining 300 dan ortiq maktab direktorlari bilan uchrashib, zamonaviy maktab rahbari oldidagi vazifalar haqida gaplashdik.

Direktorlar meni eng koʼp oʼylantiradigan, taʼlimdagi ogʼriqli nuqtalardan biri. Koʼp yillar maktabda direktor boʼlganim uchun bu lavozimning mashaqqatini bilaman. Taʼlimda faqat sizlar bilan oʼzgarish qila olishimiz mumkin.

Har biringizdan birinchi navbatda halollik talab qilaman. Halol boʼlmagan insonga taʼlimda oʼrin boʼlishi mumkin emas. Halol maktab direktorining faoliyatiga hech kim toʼsqinlik qilishiga yoʼl qoʼymayman. Direktor halol boʼlsa, uning yonida men turaman!

Siz bilan biz oʼqituvchilarning jamiyatdagi obroʼ va nufuzini yuksaltirishimiz kerak. Bugun nima uchun istagan ota-ona maktabga kelib, oʼqituvchiga gapirishga haddi sigʼyapti? Oʼz hurmatini, qadr-qimmatini bilgan oʼqituvchiga hech kim ortiqcha gapirishga haddi sigʼmaydi. Oʼqituvchilarning nufuzini koʼtarish esa siz-u bizning vazifamiz. Maktabga zamonaviy direktor rahbarlik qilsa, buni ota-ona ham sezadi. Shu bois lavozimingizni suiisteʼmol qilmagan holda maktabingizda taʼlim sifatini koʼtarishga oʼzingiz harakat qiling.

Viloyatda 325 ta maktab bor. Bu degani, shuncha rahbar va bir-biridan farq qiluvchi shuncha muhit degani. Shunday maktablar borki, infratuzilmasi yaxshi emas, lekin u yerdagi muhitni birorta zamonaviy maktabdan topa olmaysiz.

Yangilikni oʼzimizdan boshlashimiz kerak. Biz esa vazirlik jamoasi bilan birgalikda sizlar bilan yelkama-yelka ishlaymiz.

Biz bir kemadamiz - ziyolilar kemasida. Bu tizimda muammo boʼlmasligi uchun oʼz ustimizda tinimsiz ishlashimiz lozim.

Ishimiz ham, jamoamiz ham oilamiz, har ikkisi tinch boʼlsa, koʼnglimiz xotirjam boʼladi. Shunday ekan, barchamizga doimo oiladan oilaga yorugʼ yuz bilan borish nasib qilsin.
Forwarded from Alisher Sadullaev
Prezidentimizning qarori bilan yoshlarning chet tillarini o‘rganishiga alohida e’tibor qaratayotganimizdan xabaringiz bor. Buning natijasida 18 turdagi xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha yuqori natijaga erishgan 13 084 nafar yoshning imtihon xarajatlari kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb 23 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. Birgina IELTS bo‘yicha 9 770 nafar yoshga kompensatsiya to‘landi.

Bu tizimning qulayligi — barchasi onlayn. Ortiqcha ovoragarchilik yo‘q. Hujjatlar my.gov.uz orqali onlayn topshiriladi. Tasdiqnomadan so‘ng esa Xazna mobil ilovasi orqali imtihon pullarini onlayn qaytarib olsa bo‘ladi. Ilovani yuklab olish: iOS | Android

@alisher_sadullaev
Тиллодан қиммат сўзлар!

1. Китоб ўқишни одат қилган шахслар телевизор экранидан нари кетмайдиган кишиларни бошқара олишади.
2. Қанча кўп китоб ўқисанг, бировларга шунча кам тақлид қиласан.
3. Одамлар икки тоифага, хусусан: китоб ўқийдиганлар ва китоб ўқийдиганларнинг оғзига қараб юрадиганларга бўлинади.
4. Киши ақлли бўлиб қолиши учун 10 та китоб кифоя. Ўша ўнтани топиш учун эса минглаб китобларни ўқиб чиқиши керак бўлади.
5. Ўрта ҳол инсонларнинг уйида катта телевизори бор. Бойларнинг уйида эса, катта кутубхона.

#bilasizmi

Ифторликда нега айнан хурмо билан оғиз очилади?

🔸Оғиз очиш пайтида қорин очқаб, бадан кўп таом истаб турган ҳолатда хурмо биринчи бўлиб ошқозонга етиб борса, мияга тўқлик ҳиссини жўнатади. Натижада ҳолсизланиб турган ошқозонга енгил ва тез ҳазм бўлувчи мева жойлашади.
🔸Хурмодаги калий миқдорининг юқорилиги боис асаб тизими ўзига келади.
🔸Очликнинг сўнгги соатларида қонда қанд миқдори кўтарилади. Натижада ҳолсизлик, дангасалик, диққатни жамлай олмаслик каби ҳолатлар авж олади. Хурмо эса қондаги қанд миқдорини пасайтиради.
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️ Barcha Xorazm ahlini mutlaqa bepul bo’lgan konsert dasturiga chorlaymiz!

Ertaga 26-mart kuni soat 11:00da, Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi majmuasi oldida!

Eslatib o’tamiz konsert dasturi mutlaqa BEPUL!

@otm_xorazm
🏢 Urganch shahridagi 12-sonli maktabda  "Keguru-2023" Xalqaro matematika tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🌈Tanlovda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 5-02-sinf o‘quvchilaridan Yusupov Azizbek va Xo‘jayev Javohirlar faol qatnashdilar.

📌📌📌 Tanlov natijalari Olympia.uz saytida tez orada e'lon qilinadi.O‘quvchilarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
🏢 Urganch shahridagi 12-sonli maktabda  "Keguru-2023" Xalqaro matematika tanlovi bo‘lib o‘tdi.

🌈Tanlovda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabning 5-01-sinf o‘quvchilaridan Maqsudbekov Kamronmirzo faol qatnashdi.

📌📌📌 Tanlov natijalari Olympia.uz saytida tez orada e'lon qilinadi.O‘quvchilarimizdan yuqori natijalar kutib qolamiz

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
#Olimpiada

📌25-mart kuni Urganch shahrida Al-Xorazmiy olimpiadasining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 8-sinf o'quvchisi Muxammedova Farangiz biologiya fanidan faxrli 🥇1-o'rinni qo'lga kiritdi.

📌Farangizni, uning ota-onasi va ustozlarini ushbu g'alaba bilan muborakbod qilib, o'quvchimizning kelgusi o'qishlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

📌Farangizga maktab-internatining tajribali va jonkuyar ustozi Dilnura Xo'jayazova biologiya fanidan saboq berib kelmoqda.

🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹🔹
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube
Forwarded from Гулом Ахмедов
#Tanlov
#Qushlarni_asraylik

❗️Tabiat resurslari vazirligi 1-aprel — "Xalqaro qushlar kuni" munosabati bilan ''Qushlarni asraylik'' Respublika tanlovini e'lon qildi.

⚡️ 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan ushbu tanlov shartlari juda ham oddiy. Shinam va chiroyli qush uyasini yasang hamda g'olib bo'ling. Ishtirok etish uchun @uzecoilm_bot orqali ro'yxatdan o'ting.

📝 Ro'yxatdan o'tish 30-mart kuni yakunlanadi. Tanlov 1-aprel kuni Respublikamizning barcha hududlaridagi istirohat bog'lari va jamoat parklarida o'tkaziladi. Toshkent shahri bosqichi Botanika bog'ida bo'lib o'tadi.

📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun:
+998996339942 va https://teletype.in/@uzecoilm/qushlarkuni

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube