IMA Urganch shahar 1-son IMI
2.33K subscribers
8.49K photos
676 videos
50 files
2.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#seminar_trening

🏫Xiva shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashgan maktablar direktorlari va direktor o'rinbosarlari uchun "Monitoring - zamonaviy maktab liderining instrumenti" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda maktab direktorlari uch chorak davomida birinchi marta qo'llanilgan BSB va ChSB sinovlarining tahlilini ham birgalikda o'rgandilar va yangi o'quv yilida yangi strategik rejalarni amalga oshirishni asosiy vazifa qilib belgilab oldilar.

⬇️Xiva shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi
sahifalari:
telegram | instagram | facebook | you tube
#Seminar_trening

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ta’limda boshqaruv” mavzusidagi seminar-treninglarga start berildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarma boshliqlari, ularning o‘rinbosarlari hamda mas’ullar ishtirok etishmoqda.

❗️Tadbir avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova so’zga chiqib, bu kabi treninglarning ahamiyati hamda ta’limda boshqaruvning to’g’ri yo’lga qo’yilganligi naqadar muhimligi haqida so’z yuritdi.

⚡️ Shundan so’ng, seminar-treninglarning amaliy qismiga start berilib, vazir “motivatsion kouching”larni boshlab berdi.

Unda hududiy rahbarlarning ish faoliyatini yo’lga qo’yish, samarali boshqaruv tizimini shakllantirish kabi mavzularda so’z bordi.

📌 Kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun sho’balarga bo’lingan holda seminar-treninglar bo’lib o’tadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#2_kun

🔴 “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish” mavzusidagi Respublika o‘quv-seminari davom etmoqda.

📍 Bugun tadbir avvalida ishtirokchilar o’rtasida bo’lib o’tgan “Zakovat” o’yinining g’oliblari taqdirlandi.

✔️Shundan so’ng, boshqaruv xodimlarida ijobiy va samarali boshqaruv usullarini shakllantirish, faoliyat doirasida nizoli vaziyatlardan chiqish, strategiyalarni tanlash va xodimlar bilan do’stona munosabatlarni o’rnatish bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish yuzasidan amaliy trening boshlandi.

Shuningdek, o’quv seminari davomida spikerlar tomonidan quyidagi yo’nalishlarda ma’ruzalar bo’lib o’tdi:

✔️ Uzluksiz ma’naviy tarbiya konsepsiyasida belgilangan kompetensiyalar,
✔️
Umumta’lim maktablarida diniy-ma’rifat va dunyoviy axloq asoslarini o‘qitish,
✔️
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, yoshlar to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlarni elektron platformaga kiritib borish, ular bilan samarali ishlash.

❗️ Ishtirokchilar umumta’lim maktablarining yangi tahrirdagi “Odob-axloq qoidalari”ni muhokama qilib, o’z takliflarini bildirishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#Seminar_trening

SEMINAR-TRENING: “OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNI TA’MINLASHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH”

🔴 Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan vazirlikning hududiy boshqarmalari va tizim tashkilotlar matbuot kotiblari uchun Respublika o‘quv-treningi bo’lib o’tmoqda.

✔️ Treninglar davomida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo’lim boshlig’i Sadoqat Aslanova tomonidan qonunchilikdagi yangiliklar va faoliyatda ochiqlikni ta’minlashda axborot xizmatining o’rni haqida so’z yuritildi.

Shundan so’ng, ishtirokchilar amaliy interaktiv mashg’ulotlarda qatnashib, sohani yanada rivojlantirishga oid takliflarini berib o’tishdi.

❗️ Shuningdek, o’quv seminari doirasida mobilografiya, sifatli foto va videokontentlar yaratish haqida amaliy treninglar tashkil etildi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
📱Telegram | 📹Youtube | 📒Facebook | 📸Instagram
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar
#1_kun

⚡️ Xorazm viloyatida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar uchun 15- avgust kuni o‘quv-treninglar start oldi.

Xiva shahridagi Prezident maktabida tashkil qilingan ushbu seminarda barcha fanlar bo'yicha pedagoglarga yangi baholash tizimining yutuqlari va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, o‘quvchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish hamda takomillashtirilgan mahalliy fan dasturlari va qo‘llanmalaridan samarali foydalanish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berilmoqda.

📸 Fotolavhalarda 1-smena dars jarayonlaridan lavhalar.

🌐 Telegram | Facebook
#Seminar_trening
#Angliya

O’ZBEKISTONLIK MAKTAB DIREKTORLARI ANGLIYADAGI MAKTABLARDA DIREKTOR BO’LISHADI

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Direktorlar uchun maktablarni rivojlantirish dasturi” tashkil etilgan bo’lib, g‘oliblar Angliyaning Portsmut universitetida malaka oshirish imkoniyatini
qo‘lga kiritishadi.

🔴 Bugun mazkur dasturning so‘nggi bosqichi sifatida seminar-trening jarayonlari bo’lib o’tmoqda.

❗️Trening Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti Ta’lim, tillar va lingvistika bo‘limi boshlig‘i, professor Stiven Korbett tomonidan o’tkazilmoqda.

⚡️ Ma’lumot uchun, Angliyaning Portsmut universiteti bilan hamkorlikdagi mazkur dastur 1-marta o’tkazilayotgan bo’lib, o‘z ichiga quyidagi 3 ta shartni qamrab oladi:
 
Hujjat topshirish. Nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi lozim (kamida B2 daraja).
 
Yozma ish
 
Suhbat

Ushbu tanlovda g’olib bo’lgan 28 nafar direktor Angliyaning Portsmut shahriga 2 hafta davomida malaka oshirishga yuborilishi rejalashtirilmoqda.

❗️G’oliblar dastur doirasida Angliyadagi Portsmut universitetida treninglarda ishtirok etishadi va 2 kun davomida Angliyadagi maktablarda direktor sifatida ham amaliyot o’tashadi.

Ular keyinchalik Angliyada o’rgangan tajribalarini boshqa maktab direktorlari bilan bo’lishishlari ko’zda tutilgan.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📆 Shu yilning 28-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari respublika boʻyicha 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablar oʻquv dasturi, baholash tizimi joriy etilishini alohida taʼkidlab oʻtgan edi.

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda yoʻlga qoʻyilgan oʻquvchilarning bilimini formativ va summativ baholash tizimini respublikamizning 500 ta umumtaʻlim maktablarida tajriba-sinov tartibida joriy etish maqsadida barcha hududlarda Agentlikning masʼul xodimlari tomonidan oʻquv-seminarlari boʻlib oʻtmoqda.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

🗺Nukus shahridagi Prezident maktabida o‘tkazilgan "Xavfsiz va sog‘lom muhit – sifatli ta’lim asosidir!" nomli seminar-treningdan videolavha.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar_trening

📌Bugun, Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari (v.v.b) A.Bekberganov seminar-trening o'tkazdi.

🎯
Seminar -trening mavzusi: Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarda joriy etilgan baholash tizimi , BSB va CHSB tahlillari to'g'risida.

💫
Seminar-treningda maktab-internatining barcha pedagoglari qatnashdi.
🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram
#Seminar_trening

🔴 Ayni damda poytaxtimizda “Umumta’lim maktablarida tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tizimli muammolar va ularni bartaraf etish, istiqboldagi rejalar” mavzusida tashkil etilgan o‘quv seminari davom etmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamentining rahbari Odil Abdurahmonov, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov, ziyolilar, mamlakatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etishdi.

Xayriddin Sultonov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi:


Yoshlarimizni ma'naviy tahdidlardan asrash, ularni kamolotga yetkazishda eng katta mas'uliyat aynan ustozlarimiz yelkasiga yuklanadi. Zero, ta'lim tarbiya bilan chambarchas bogliq jarayondir

Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri:

Bugungi seminar orqali maktablardagi tarbiyaviy ishlarni zamonaviy metodlarda tashkil etish, bunga mas’ul rahbarlarning ish uslubi, malakasini oshirishni niyat qilganmiz.

❗️Shuningdek, tadbir davomida vazirlik tomonidan tayyorlangan “Ota-ona – murabbiy” kitobi taqdimoti ham tashkil etildi.

👉 Batafsil: https://uzedu.uz/y3/news/1576

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening

15-avgust kuni Urganch shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida Xorazm viloyati "Direktorlar kengashi" tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimini muvofiqlashtirish bo'limi boshlig'i, respublika "Direktorlar kengashi" koordinatori Xusanov Xasanxon Xusanovich boshchiligida o'quv seminar o'tkazildi.

🔘 Menejerlik sertifikatiga ega, amalda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida direktor lavozimida ishlayotgan kadrlar va shu maktablarning ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari bilan "Zamonaviy ta'limda zamonaviy direktorlar" mavzusida o'tkazilgan ushbu treningda shaxsiy tartib va intizom, professionallik, vatanparvarlik, milliy zehniyat, ta'lim va tarbiya, xalqaro baholash dasturlari hamda kadrlar salohiyatini rivojlantrish va tizimli ish tashkil qilish mavzulari yuzasidan fikrlar almashildi.

🌐 Telegram | Facebook
#Kasbga_yo’naltirish
#Seminar_trening

🏢 Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida maktab-internat psixologi hamda maslahatchisi tomonidan "ZAMONAVIY KASBLAR" mavzusida seminar trening o'tkazildi.

🔳Ushbu seminar treningda o'quvchilarga👇

▶️Zamonaviy kasblar
▶️Kasblar alifbosi  nomli mashg'ulotlar
▶️Fikrni davom qildrish kabi mashg’ulotlar o’tkazildi.

✔️Ushbu treningdan maqsad: o'quvchilarni kasbga yo'naltirish, zamonaviy kasblar bilan tanishtirish.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook |🌐 Youtube | 🌐 Instagram