Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati
2.37K subscribers
12.2K photos
857 videos
59 files
3.67K links
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son IMI ning matbuot xizmati.
🏢Urganch 1-son IMI faoliyati;
🏆Erishilgan yutuqlar;
📚Ta'sirchan-tarbiyaviy ma'lumotlar;
👍Maktab, viloyat va Respublika

Tel: +998622232031
Download Telegram
#trening


🇺🇿Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab -internatida psixolog Laylo Otajanova 5-6-sinf o'quvchilari bilan " Mantiqiy va mexanik xotirani o'rganish" metodikasini o'tkazdi.

📌📌Maqsad: ikki qatordan iborat so'zlar qatorini esda olib qolish orqali mantiqiy va mexanik xotirani tadbiq etish.

📌Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!👇👇

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
👍7
Forwarded from Hilola Umarova
Oʼzbekiston Qahramoni, taʼlim sohasi fidoyilaridan biri, jonkuyar pedagog, ustoz Muhabbat Sharopova bilan uchrashish baxtiga muyassar boʼldim.

Toʼgʼrisini aytganda, ustozning 74 yoshda professor ilmiy unvonini olganliklari haqida eshitib hayratimni yashirolmadim. Bu fidoyi insonning yuragi hozir ham yoshlardek shijoat va kuch-gʼayratga toʼla ekanligidan havasim yanada ortdi. Shunday fidoyi ustozlarimiz bugun taʼlimning ustunlaridir.

Suhbat davomida ustozning 1985-yil Qashqadaryo viloyatida matematikaga ixtisoslashgan yagona sinf ochish uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelgani, 6 oylab maosh olmay mehnat qilganini tinglab, sohaga doir bugungi islohotlarning negizini anglash qiyin emas.

Ixtisoslashgan maktablarning respublikamizning har bir tumanida tashkil etilayotgani, Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan maktab taʼlimi va tizimni har tomonlama rivojlantirishga eʼtibor qaratilayotganidan mamnun ekanligini aytganida biz toʼgʼri yoʼlda ekanligimizga yana bir bor amin boʼldim.

“Bugungi kun oʼqituvchilari uchun barcha sharoitlar bor. Biz eng kuchga toʼlgan vaqtimiz — yilning 3-sentabridan paxta terishga ketib, 9-dekabrda qaytar edik. Hozir oʼqituvchilar uchun yaratilgan sharoitlarni koʼrib, qaniydi 30-40 yoshimga qaytib qolsam”, — deydi Muhabbat Sharopova.

52 yildan beri oʼn minglab oʼquvchilarga taʼlim berib, ularning erishgan yutuqlari haqida quvonib gapirayotgan Muhabbat Sharopova qiyofasida haqiqiy ustoz siymosini koʼrdim. Va har bir ustoz oʼz ishini mana shunday sevishini, kasbi ortidan shunday gʼurur va iftixor bilan gapirishini istagan boʼlardim.

Ustoz bilan bugungi taʼlimdagi oʼzgarishlar haqida suhbatlashib, oldimizda turgan vazifalar borasida maslahat va tavsiyalarini oldim.
👍10
# memorandum

⚡️Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining maktab maslaxatchisi Sardor Masharipov 10-01 sinf o'quvchilari bilan " UzXCMG" ma'suliyati cheklangan jamiyat ko'rinishidagi qo'shma korxonaga tanishtiruv uyushtirdi.

⚡️O'quvchilar korxona faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
👍8
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#maktab_hayoti

🇺🇿Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab- internati faoliyatidan.

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
👏25👍5👌2
#mutolaa

Kitob — sehrgar.
Kitob dunyoni qayta qurdi. Unda odamzodning aqli mujassam, u kishilik tafakkurining mahsuli.
Kitobsiz olam-yovvoyi olamdir.

N.A.Morozov

https://t.iss.one/Urganch_IMI
👍12
Audio
#Mutolaa

Hikoya: Qiymat bilmaganga mehnat sarflama
Asar nomi: Seni jannatda kutaman turk hikoyalari to‘plami
Matnni Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati biologiya fani o'qituvchisi S.Jumaniyozova o‘qidi.

https://t.iss.one/Urganch_IMI
👍14👏4
#bilib qo'ygan yaxshi

Yakshanba (forscha-tojikchadan yak — „bir“ va shanbashanba va dushanba orasidagi haftaning yettinchi va soʻnggi kunidir. Xalq ichida „bozor kuni“ deb ham yuritiladi.

Yakshanba-"bozor kuningiz" barokotlarga to'la bo'lsin va mazmunli o'tsin☺️

https://t.iss.one/Urganch_IMI
👍8
#Yangiliklar

🕌 ICHAN-QAL'A DUNYONING 9 TA AJOYIB QAL'A SHAHARLARI QATORIGA KIRDI

📈 Reyting eng nufuzli sayohat jurnallaridan biri – “Wanderlust travel magazine” tomonidan tuzilgan.

Mualliflar Ichan-Qalʼani “masjidlar, saroylar va minoralar labirinti” deb atagan va 5-o‘ringa qo‘ygan.
____

🌐 Telegram | Facebook
👏8
XORAZM | Ixtisoslashtirilgan maktablar
#Yangiliklar 🕌 ICHAN-QAL'A DUNYONING 9 TA AJOYIB QAL'A SHAHARLARI QATORIGA KIRDI 📈 Reyting eng nufuzli sayohat jurnallaridan biri – “Wanderlust travel magazine” tomonidan tuzilgan. Mualliflar Ichan-Qalʼani “masjidlar, saroylar va minoralar labirinti”…
#назм

Римда деманг маданият ўчоғи, олтин мерос минг йилдаям ўлмағай, Рим деганнинг қадим баланд қўрғони, Хоразмнинг бир тошича бўлмағай.

Ажал агар келмас экан бошига,қирғинларда ботир зоти ўлмағай,
Оврўпанинг жами ботир зўрлари,Жалолиддин бир шаштича бўлмағай.

Йиғиб келинг барча саньат турини,тўпланг дунё ҳофизлари зўрини,барча дуне раққослари бир бўлса,
Хоразмнинг Лазгисича бўлмағай.

Илму ирфон даҳолари бир бўлса,билган илму китоблари сир бўлса,олам узра олимларнинг барчаси,
Хоразмийнинг ковушича бўлмағай.

Машҳур деманг Фарангларнинг шаҳрини,
Қадим юртнинг бир хасича бўлмағай, йиғиб келинг кенг дунёлар кўшкини, Хоразмнинг Хивасича бўлмағай!

Темурмалик Бердихон

https://t.iss.one/Urganch_IMI
👍5
Forwarded from GrantGO
Dunyo bo'ylab 18 yoshdan yuqori bo'lgan innovator yoshlar uchun Create the Future Design Contest tanlovi. G'oliblar Nyu-Yorkdagi taqdirlashga taklif etiladi

Talablar
— Nomzodlar 18 yosh yoki undan yuqori bo'lishi kerak. Jamoa bo'lib ishtirok etsa, jamoa sardori 18 yosh yoki undan yuqori bo'lsa bas. Qolgan ishtirokchilarning yoshi ahamiyatga ega emas;
— Tanlovga har bir kategoriya boʻyicha istalgan miqdorda ishlarni topshirish mumkin. Lekin ishlar bir birini takrorlamasligi va oʻziga xos boʻlishi kerak va b.

Foydali tomonlari
— Grand Prize mukofoti — COMSOL va Mouser Electronics tomonidan 25 000 AQSh dollari taqdim etiladi;
— Har bir mintaqadan mintaqaviy g'oliblarga HP va NVIDIA kompaniyasining ish stansiyasi kompyuteri;
— Onlayn ovoz berish orqali aniqlangan eng mashhur o'ntalikka magnitli to'plamlar topshiriladi.

TOP 100 ta ishtirokchiga sertifikat beriladi!

Oxirgi muddat
02.07.2023 09:59

Batafsil
https://grantgo.uz/go/41908

#tanlovlar #mukofot #AQSh

Telegram | Facebook | Instagram
👏5
#BIZNING_SHUNDAY_ O'QUVCHILARIMIZ_BOR



⚡️⚡️Maktabimiz o'quvchilari ingliz tilini bilish bo'yicha Milliy  sertfikarlarni  qo'lga kiritmoqdalar.

Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimadagi Urganch shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11- sinf o‘quvchisi Raxmatullayeva Aziza  ingliz tilini bilish bo'yicha Milliy sertfikatning B2 darajasini qo'lga kiritdi.  O'quvchimizni kelajakdagi rejalariga zafarlar tilab qolamiz!

🌐 Telegram | 🌐 Facebook  |🌐 Youtube
👍11